Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


-mavzu. Farmatsevtik texnologiya fani, asosiy termin va tushunchalari, me‘yoriy hujjatlar. Poroshoklar, ularning umumiy texnologiyasi


Download 7.12 Mb.
bet362/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   358   359   360   361   362   363   364   365   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

1-mavzu. Farmatsevtik texnologiya fani, asosiy termin va tushunchalari, me‘yoriy hujjatlar. Poroshoklar, ularning umumiy texnologiyasi


Farmatsevt texnologiyasi fani, unda qo’llaniladigan asosiy termin va tushunchalar. Dori moddasi, dori turi va dori preparati tushunchalari. Dorilarni tayyorlashga, sifatini baholashga taallu-li me‘yoriy hujjatlar bilan tanishtirish. Dori tayyorlash jarayonida foydalaniladigan asbobuskunalar, ishlash prinsiplari. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 27 martdagi 17-son buyrug’i bilan tanishish. Poroshoklarta‘rifi, tasnifi. Dorixona sharoitida poroshoklar tayyorlashda ishlatiladigan asbob uskunalar. Poroshoklarni tayyorlashning umumiy texnologik bosqichlari.

2-mavzu. Poroshoklarning xususiy texnologiyasi (to’zg’uvchi, bo’yovchi va -iyin maydalanuvchi moddalar, ekstraktlar va efir moylari bilan poroshoklar tayyorlash misolida)


Murakkab tarkibli poroshoklar tayyorlash usullari.. Bo‘yovchi, qiyin maydalanuvchi, to‘zg‘uvchi moddalar ro’yxati, ular bilan poroshoklar tayyorlashning o`ziga xosligi. Ekstraktlar tarifi, tasnifi. Suyuq,quyuq va quruq ekstrakt bilan poroshoklar tayyorlashning o’ziga xos tomonlari. Efir moylari ishtirokida poroshoklar tayyorlash qoidalari. Poroshoklarni jihozlash va sifatini tekshirish.

3-mavzu. Zaharli va kuchli ta‘sir etuvchi moddalar ro’yxatiga kiradigan dorilar bilan ishlash qoidalari, ular bilan murakkab poroshoklar tayyorlash


O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 1996 yil 17 iyundagi 489-son buyrug’i. Zaharli va kuchli ta‘sir etuvchi moddalar ro’yxatiga kiradigan dorilar bilan ishlash qoidalari. Zaharli va kuchl0i ta‘sir qiluvchi moddalar bilan murakkab poroshoklar tayyorlashning o’ziga xosligi. Trituratlar tushunchasi. Trituratlar tayyorlash texnologiyasi. Trituratlardan foydalangan holda poroshoklar tayyorlash, ularni qadoqlash qoidalari, yorliqlash va sifatini tekshirish.

4-mavzu. Yig’malarning tayyorlanish texnologiyasi, sifatini baholash


Dorixona sharoitida Yig’malar texnologiyasi. Yig’mlar tarifi, tasnifi, retsept yozish qoidalari. Yig’malar texnologiyasi (maydalash, elash, aralashtirish, dozalash). O‘simlik xom ashyosiga o‘yilgan talablar. Dori moddalarni (tuzlar, efir moylari, spirtli eritmalar) Yig’malar tarkibiga kiritish qoidalari. Yig’mlarning mualliflik tarkiblari. Dozalangan yig‘malar. Yorliqlash. Yig’mlarlarni qadoqlanish, sifatini tekshirish va saqlash.

Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   358   359   360   361   362   363   364   365   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling