Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi
Fan bo‘yicha talabalarning bilim ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi
Download 7.12 Mb.
|
Farmatsevtik texnologiya majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Fan bo‘yicha talabalarning bilim ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi.
Talaba: -tarozini metrologik tavsifini hamda uni tuzatish va ishlata olishni; -kichik mexanizatsiya asboblari va anjomlari bilan ishlashni; -kerakli hisob-kitoblarni qilishni; -hajm o‘lchov asboblarini tasnifi, tavsifi va ishlash qoidalarini bilishni; -dori turlarini berish va jihozlashni; -dorilarni saqlash sharoitlari va saqlash muddatini; -laboratoriya va korxona sharoitida ish joyini tashkil qilishni; -mutaxassislik bo‘yicha muammolarni yechishda me’yoriy-texnik hujjatlar, ma’lumotnoma va ilmiy adabiyotlardan foydalanishni (DF, reglament, DS va boshqalar). -moddalarning fizik-kimyoviy va texnologik xossalariga binoan bog‘lovchi moddalarni tanlashni; tasavvurga ega bo‘lishi; -farmatsevtik texnologiyasi atamalarini: - zaharli va kuchli ta’sir etuvchi moddalarning dozalarini tekshirish; - dori turlarini tayyorlashning nazariy asoslarini va amaliy usullarini qo‘llash; adabiyotlardan foydalanishni bilishi va ulardan foydalana olishi; dori turlarini tayyorlashda dori turlarini texnologiyasini to‘g‘ri tashkil qilish; retseptni o‘qish, uni yozilishi va rasmiylashtirilishi to‘g‘riligini nazorat qilish; dori turlarini tayyorlash uchun kerak bo‘lgan dori va yordamchi moddalar miqdorini hisoblash; dori turini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan asbob-uskuna va apparatlarni ishlatish, dori tayyorlash texnologiyasini to‘g‘ri tanlash; amaliy ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Talabaning Mustaqil ishi o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan kengaytirilgan ma’lumotlarni yig‘ish, buning uchun axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan keng foydalanish, olingan ma’lumotlarni Mustaqil ravishda ishlab chiqish va aniq dori vositasining sifatini nazorat qilishda qo‘llay olishdan iborat bo‘lib, uning turlari va shakllari turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Mustaqil ishga mo‘ljallangan mavzular va topshiriqlar talabaning Mustaqil ishini tashkil etish bo‘yicha kafedrada ishlab chiqilgan va muntazam yangilanib boradigan uslubiy qo‘llanmalarda keng yoritilgan. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi. Uyga vazifalarni bajarish, qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni Mustaqil o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki Mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning Mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Talabalarni farmatsevtik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida aqliy xujum, qora quti, o‘rgamchik ini, moychechak pedagogik texnologiyalaridan va baliq skeleti, klaster, piramida organayzerlarini tuzish usullaridan foydalaniladi. Mashg‘ulotda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llanishi Download 7.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling