Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


Suv shimish koeffitsienti


Download 7.12 Mb.
bet80/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

Suv shimish koeffitsienti
Xom ashyodan damlama yoki qaynatma tayyorlash uchun kerak bo‘lgan suvning miqdori turlicha olinishi mumkin. Masalan:
Rp.: Infusi rhizomatis cum radicibus Valerianae 6,0—120,0 D.S. 1 osh qoshiqdan 3 marta ichilsin.
Xom ashyodan dorixatda ko‘rsatilgan miqdordagicha suv solib, ajratma olinib, berilgan hajmgacha suv bilan etkaziladi. Bunda yana suv qo‘shishimizning sababi shuki, suvning bir qismi xom ashyoda ushlanib qoladi. Lekin suv qo‘shish bilan biz olingan ajratmani suyultirgan bo‘lamiz. SHuning uchun ana shu xom ashyoda ushlanib qoladigan suvni ham oldindan hisoblab tavsiya qilinadi. Suvning ko‘shimcha miqdori damlama va qaynatmalar tarkibidagi ta‘sir etuvchi modda miqdorini ancha ko‘paytiradi. Tutib kolinadigan suv miqdori o‘sha xom ashyoning morfologik va anatomik xususiyatlariga va xom ashyoning maydalik darajasiga bog‘liq. XI DF da turli o‘simliklar xom ashyosi uchun suv shimish koeffitsienti keltirilgan. Agar o‘simliklar xom ashyosi uchun suv shimish koeffitsienti berilmagan bo‘lsa, u holda barg, gul o‘tlar uchun —2,0, po‘stlok, ildiz, poya uchun —1,5 va meva urug‘lar uchun —0,5 deb olinadi.
8-jadval
Har xil turdagi o‘simlik xom ashyolarining suv shimish koeffitsienti

Xom ashyo turi

Suvni shimish koeffitsienti

Xom ashyo turi

Suvni shimish koeffitsienti

Yalpiz bargi

2,4

Chuchukkimyo ildiz va ildizpoyasi

1,7

Sano bargi

1,8

Erman po‘slog‘i

2,0

Ayikquloq

1,4

Frangula Po‘slog‘i

1,6

Mavrvk bargi

3,3

Moychechak guli

3,4

Adonis er ustki qismi

2,8

Na‘matak mevasi

1,1

Dalachoy er ustki qismi

1,6

SHoxkuya

2,3

Marvarudgul er ustki qismi

2,5

Poligala ildizi

2,2

Sushenitsa er ustki qismi

2,2

Chayon o‘ti bargi

1,8

Arslonkuyruk er ustki qismi

2,0

Poligala ildizi

2,2

Valeriana ildiz va ildizpoyasi

2,9

Zmeevik ildiz va ildizpoyasi

2,0


Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling