Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


Download 7.12 Mb.
bet77/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

15 - Ma‘ruza.
MAVZU 15. Suvli ajratmalar, ularni olish jarayoniga ta‘sir qiluvchi omillar.
Qo’llaniladigan asbob-uskunalar.
Ma‘ruza maqsadi: Suvli ajratmalarga Davlat Farmakologiyasi tomonidan qo‘yilgan talablarni o‘zlashtirish. Infundir apparatini tuzilishi va ishlash prinsipini bilish. Damlama tayyorlash va ularga dori moddalarini qo‘shish tartibini o‘rganish.
.
Reja:

  1. Suvli ajratmalarning afzallik va kamchiliklari

  2. Suvli ajratmalardan biofaol moddalarni ajralishiga ta‘sir etuvchi omillar: - maydalik darajasi

  • Ajratmaning PH muhiti

  • Xom-ashyo suv shimish koeffitsienti

  • Konsentratsiyalar farqi

  • Maxsulot nisbati

  • Sovtiish vaqti

  • xarorat tasiri

  1. Damlama va qaynatmalarning olish bosqichlari

  2. Damlama va qaynatmalarning olishning nazariy asoslari

Tayanch atama va iboralar: suvli ajratmalarning, maydalik darajasi, xom-ashyo suv shimish koeffitsienti, maxsulot nisbati, konsentratsiyalar farqi, xarorat tasiri, molekulyar diffuziya, konvent diffuziya.
Damlama va qaynatmalar (infusum, decoctum)
Damlama va qaynatmalar rasmiy dori shakli bo‘lib XDF ularning tayyorlash reglamenti umumiy maqola shaklida beriladi.
Ishlatiladigan damlama va qaynatmalar — suyuq dori shakllariga kirib, dorivor o‘simliklarning turli qismlaridan olinadigan suvli ajratmalar va quruq, suyuq ekstraktlar, suvli eritmalardir. Damlama (infusum) va qaynatma (decoctum) lar oddiy ajratmalar bo‘lib, murakkab apparatlar va kimmatbaho yoki topilishi kiyin ajratuvchilar talab kilmaydi. SHu sababli juda kadim zamonda (Galendan avval) ishlatilgan dori shakli bo‘lishiga karamay, xozirgi davrda ham keng qo‘llaniladi. Xozir damlama va qaynatmalar to‘grisidagi xulosalar kengaygan bo‘lib, ekstrakt konsentratlarining eritmalari ham shu nom bilan ataladi.
Suvli ajratmalarni tayyorlash jarayonlarining nazariy asoslari juda murakkab. Ta‘sir etuvchi moddalar o‘simlik xom ashyosidan, o‘simlikning har xil qismlaridan ajratilib, ular to‘kima tuzilmalaridan iborat. To‘kimalar bir-biri bilan birlashadi, ularning o‘lchami bir necha mkm bo‘ladi, xujayralar oraligida xujayralararo bo‘shlik ham bor. Kletchatkaga gidrofil moddalar yopishganidan suv o‘simlik xom ashyosini namlaydi. Kletchatka bilan o‘ralgan o‘simlik tarkibidagi moddalar har xil fizik-kimyoviy xususiyatlarga ega. O‘simliklarning gistologik tuzilishi har xil bo‘lganligi ajratma tayyorlashda hisobga olinishi kerak. Suvli ajratmalarning afzalliklari:

  1. juda keng tarqalgan dori shakli;

  2. tayyorlanishi oddiy;

  3. ajratuvchisi arzon;

  4. kompleks moddalarni eritadi; 5) oson dozalarga bo‘linadi;

  1. saqlash uchun kulay;

  2. murakkab jihozlash materiallarini talab etmaydi; Kamchiliklari:

  1. bu dori shaklini saqlash muddati kam bo‘lib, 2 sutkadir;

  2. tez buzilib qoladi;

  3. dorixonadan standart bo‘lmagan dori chiqariladi; 4) tayyorlash jarayoni ko‘p vaqtni oladi.

Suvli ajratmalarni tayyorlaganda standart xom ashyolar, maydalik darajalari NTX va DF talablariga javob beradigan bo‘lishi kerak.
Ajratmalarni suvli ajratmaning hajmiga qarab tanlash zarur.

Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling