Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


-rasm. AN-3000 infundir apparat


Download 7.12 Mb.
bet82/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

13-rasm. AN-3000 infundir apparat.
Apparat silindrik korpusdan (1) iborat. Bu korpus suv hammomi sifatida ishlatilib uning suv hajmini nazorat qiladigan oyna (9) va elektr qizdirgichi bor. Bu korpus metall kobik (2) bilan koplangan, unga boshqaruv panel (4) joylashtirilgan. Panelda quvvatni o‘zgartirgich (5) signal lampa (6) va extiyot saqlaydigan asbob (predoxranitel) (7) joylashgan. Ishlatilmaganda suv hammomining kamforqasi qopqog‘i bilan yopiladi, ish vaqtida infundir idishi (8) joylanadi. Uning ichida esa teshikli savatchasi, xom ashyoni sikadigan kurilmasi, stakani bor. Teshikli stakanga xom ashyo solinadi. Infundir idishiga esa suv hajmini aniqlovchi oyna belgisigacha suv solinadi.
Kamforqani qopqoq bilan yopib, apparat ulanadi. Bunda quvvat o‘zgargich ―3‖ holatga qo‘yiladi. Bunda quvvat maksimal, ya‘ni 1200 Vt bo‘ladi. Suv hammomidagi suv qaynatgandan (taxminan 30 minutdan keyin) keyin uning kamforqasiga to‘ldirilgan infundir idish o‘rnatiladi, yana qayta qaynatgandan keyin apparat quvvatini ―2‖ yoki ―1‖ holatga o‘tkaziladi (300 yoki 600 Vt), bu suvning bir tekis qaynashi uchun etarli. Belgilangan vaqtdan keyin apparat o‘chiriladi. Infundir idishni suv hammomining kamforqasidan olib xona haroratigacha sovitgandan keyin xom ashyodan ajratma qoldig‘i siqib olinadi. Bu apparatda 2 ta infundir idish bo‘lib, birinchisida (a) ajratmani sovitilayotganda, 2-sida (b) boshqa ajratmani tayyorlash mumkin. Bu esa ishda ancha kulaylik tugdiradi. Apparatning hamma qismlari (ya‘ni ajratma tegib turadigan) indeferent, korroziyaga chidamli materialdan ishlangan.
Damlama va qaynatmalarga sovitish vaqtining ta‘siri
Damlamalar to‘la sovutilgandan keyin (ya‘ni 45 min) suziladi. qaynatmalar uchun sovitish kam ahamiyatga ega, shuning uchun 10 min. dan keyin suziladi. Lekin oshlovchi moddalar saqlagan o‘simliklar (toloknyanka, zmeevik, dub) xom ashyosidan olingan qaynatmalarni tezda sovutmasdan suzib olish kerak. CHunki ular sovitilganda loyqalanib qoladi.
Dorixonada ko‘p uchraydigan angishvonagul va bahorgi adonis o‘simliklaridan tayyorlanadigan damlamalardir. Bu guruhga kiruvchi o‘simliklardan damlama tayyorlashda qo‘yilgan talablarni to‘la bajarish kerak. Bu talablarga maydalik darajasi, ma‘lum vaqt mobaynida damlash, issiqlik darajasi, damlash tartiblari aniq bajarilishi kiradi. Yurak glikozidlari issiqlikka chidamsiz bo‘lgani uchun eritma issiqlik darajasini oshirib yuborishi, glikozidlarni geninlarga parchalanishiga olib keladi, bu geninlar kam biologik faollikka ega. Sovitish vaqtini qisqartirish angishvonagul ajratmasiga suvda erimaydigan digitoksinni o‘tishini, adonisda esa adonitoksinni ajratma tarkibiga o‘tishini kiyinlashtiradi. Angishvonagul va adonis damlamalarini tayyorlash uchun olingan angishvonagul bargi va adonis o‘ti biologik faol moddalar saqlash jixatidan XDF tegishli moddalar talabiga javob berishi kerak. Agar saqlaydigan moddalari ko‘p bo‘lsa, o‘simlik kam miqdorda olinadi, ta‘sir etuvchisi kam bo‘lsa, bu o‘simlikdan damlama tayyorlanmaydi.
9- jadval 31

Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling