Andijon davlat universiteti a. Zaparov materialalrni kesib ishlash, asboblar va stanoklar


Elektroimpulsli ishlov berish usuli


Download 3.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/60
Sana18.10.2023
Hajmi3.35 Mb.
#1709131
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Bog'liq
MATERIALALRNI KESIB ISHLASH Ўқув қўлланма

Elektroimpulsli ishlov berish usuli. 
Bu usul uzoq davom etuvchi impulsli yoy razryadli jarayonga asoslangan. 
Elektroimpulьsli usulning asosiy chizmasi quyidagi rasmda keltirilgan. 
 
44-rasm. Elektroimpulьsli ishlov berish. 
Impulsli generator 1 zanjiriga ishlov berilayotgan material 4, asbob (elektrod) 3 
ulaniladi. Elektrodlar 4 va 3 orasida hosil bo’lgan impulьsi elektr yoyi ta’sirida, elektrod 
mahsulot emi-rila boshlanadi. Bu usulning ish unumdorligi po’latlarni ishlashda 15.000 
mm3/min; qattiq qotishmalarni ishlashda 70—120 mm3/minut atrofida bo’lib, K2=20-
19,2 mkm yuza tozaligani ta’minlaydi. Asosan, bu metoddan shtamplarning shakldor 
uyalarini, pressformalarni, yupqa devorli detallarni, to’r va elaklar tayyorlashda 
qo’llaniladi. 
Elektron mikroskop kashf qilinish jarayonidagi kuzatishlarda nur ta’sirida bo’lgan 
materiallarning isishi, erishi, hatgo butlanishi mumkinligi aniqlangan. Natijada elektron 
nurli stanoklar, payvandlovchi apparatlar, nur bilan metall erituvchi pechlar kashf 
qilindi. Elektron nur bilan ishlov berish, asosan katoddan nurlanib chiqayotgan 
elektronlarning kuchli elektr maydoni ta’sirida tezlashtirilib va fokuslantirilib ishlov 
berilishi kerak bo’lgan detalga yo’naltiriladi. Bu holda elektronlarning kinetik energiyasi 
issiqlik energiyasiga aylanadi. Maxsus elektron qurilmalar kerakli miqdordagi kinetik 
energiyali elektronlarni olish imkoniyatini beradi. Bu usulda quvvati 106 kVt/sm2 va 
maydoni 10~7 sm2 bo’lgan elektonlar oqimini olish mumkin. Bu usul o’ta mustahkam, 
qiyin eruvchi materiallarni yuqori aniklik bilan ishlashlarda qo’llaniladi. 


118 
Elektron 
nurli 
qurilmani 
ishlash prinsipi quyidagi rasmda 
ko’rsatilgan 
(45-rasm). 
Bu 
nurning 
issiqlik 
energiyasi 
ta’sirida 
ishlov 
berilayotgan 
material 6000° gacha qiziydi.
45-rasm. Elektron nurli qurilmani ishlash prinsipi. 
Bu sharoit ushbu usuldan juda kichik razmerli teshiklar parmalashda (diametri
1—10 mk), kesib tushirish, randalash, frezerlash jarayonlarini (1 mk gacha aniqlik 
bilan) amalga oshirish imkonini beradi. 

Download 3.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling