Andijon davlat universiteti a. Zaparov materialalrni kesib ishlash, asboblar va stanoklar
Download 3.35 Mb. Pdf ko'rish
|
MATERIALALRNI KESIB ISHLASH Ўқув қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- ASBOBSOZLIK MATERIALLARI
5 BIRINCHI BO’LIM MATERIALALRNI KESIB ISHLASHNING NAZARIY ASOSLARI 1-bob. MATERIALALRNI KESIB ISHLASH, ASBOBLAR VA STANOKLAR FANINING PRЕDMЕTI. ASBOBSOZLIK MATERIALLARI Korxonalarda muhim mehnat qurollari ishlab chiqariladigan etakchi sanoat tarmoйdaridan biri bo’lgan mashinasozlik - texnika taraqqiyotining negizi hisoblanadi. Metallarga mexaniq ishlov berish mashinasozlikdagi umumiy mehnatning qariyb 40 % ini tashkil etadi. Ana shu boisdan metall kesuvchinazariyasi haqidagi fan mashinasozlik, mehnat ta’limi, kasb ta’limi yo’nalishlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. “Materialalrni kesib ishlash, asboblar va stanoklar” fanining predmeti ishlab chiqarishda yangi konstruksion materiallar, zanglamas va issiqbardosh qotishmalar, sintetik materiallarni kesib ishlashning yangi zamonaviy metodlarini o’rganish hamda takomillashtirishdan iborat. Hozirgi kunda kesish jarayoni kinematikasining nazariy asoslari ishlab chiqildi, deformatsiya tezligining harakati va ishlov beriladigan materialni soddalashtirishni hisobga oluvchi qirindini hosil bo’lish chizmalari tuzildi; metalni kesishda va uning o’zgarishi qonunyatlarida ishqalanish koeffisientining tabiati ochildi; kesuvchi asbobning o’tmaslanish nazariyasi tuzildi; yuza qatlamini hosil bo’lish mexanizmi aniqlandi; kesishdagi titrashning asosiy qonuniyatlari ochildi; kesish jarayonida harorat maydonlarini hosil bo’lishi va issiqlik ning taqsimlashi o’rganildi; metallarni kesish bilan ishlov berishning nazariy asoslari qo’yildi; kesish kuchini hisoblash uchun nazariy formulalar tuzildi. Ishlov beriladigan va asbobsozlik materiallarining doirasi borgan sari kengaymokda.Yangi konstruksion materiallarga ishlov berish usullari mukammallashtirilmokda (zanglamaydigan va issiqbardosh po’latlar va qotishmalar, sintetik materiallar va boshqalar), asbobsozlik materiallar, kesuvchi asbobni tayorlash texno’logiyalari, konstruksiyalari mukammallashtirilmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling