Andijon davlat universiteti a. Zaparov materialalrni kesib ishlash, asboblar va stanoklar


Download 3.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/60
Sana18.10.2023
Hajmi3.35 Mb.
#1709131
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   60
Bog'liq
MATERIALALRNI KESIB ISHLASH Ўқув қўлланма

O’simtaning hosil bo’lishi. Plastik metallarni muayyan sharoitlarda
kesib ishlashda kesuvchi asbobning oldingi yuzasida, kesuvchi qirada va uning
ostida o’simta hosil bo’ladi. O’simta kesilayotgan metalldan tashkil topgan va 
10
«MetalCuttingTheoryandPractice» DavidA.Stephenson, John S. Agapiou 416-420 pg 


34 
o’tmaslangan cho’qqili maolum burchak ostida pona shakliga ega bo’ladi (10-
rasm). 
O’simtaning o’lchamlari
va shakli kesish sharoitiga 
bog’liq bo’ladi. U maolum 
geometrik 
o’lchamlarga 
ega bo’lgan hajmda hosil 
bo’lishi, 
shaklini 
o’zgartirishi va butunlay
yo’qolib ketishi mumkin.
O’simta aksariyat hollarda 
keskich, 
freza 
va 
parmalarda hosil bo’lishi mumkin.
Rus olimi YA.G.Usachev birinchi bo’lib o’simta hosil bo’lish jarayonini 
fizik nuqtai nazardanchuqur tekshirib quyidagi xulosaga keldi: o’simta-
deformatsiyalangan metall turg’unligidir. Olimlarning keyingi izlanishlari bu
xulosani tasdiqlab berdi.
O’simta yuqori bosim va harorat hamda katta ishqalanish kuchlari ta’sirida 
hosil bo’ladi. O’simtaning tarkibi ishlov berilayotgan material va qirindi
tarkibidan keskin farq qiladi. 
O’simtaning 
qattiqligi ishlov berilayotgan materialning dastlabki 
qattiqligidan 2-3 marta katta bo’ladi, bu o’simtaga shu metalni kesish imkonini
beradi. O’simta hosil bo’lishi bilan oldingi yuzaning shakli o’zgaradi, xaqiqiy 
oldingi burchak kattalashadi, bu ishlov berishda plastik deformatsiya darajasini
kamayishiga yordam beradi, issiqlik hosil bo’lishini pasaytiradi. Kesish kuchi va 
quvvati kamayadi, qirindining o’simta bo’yicha sirpanishi natijasida ishqalanish 
kuchlari kamayadi. 
YUqori qattiqligiga qaramasdan, o’simta tanasi vaqti-vaqti bilan to’laligicha 
yoki qisman emiraladi va uni hosil bo’lish jarayoni takrorlanadi. O’simtaning 
zarrachalari ishlov berilgan yuza bilan birikib ketadi. O’simtaning davriy hosil 
10-rasm. O’simta hosil bo’lish chizmasi 


35 
bo’lish va emirilishi qirindi hosil bo’lish jarayonining barqororligiga ta’sir 
o’tkazadi. O’simtaning kattaligi va uning smirilish chastotasi kesish maromiga 
bog’liq bo’ladi. O’simta po’latlarga ishlov berishida 0,1 dan 1,5 m/sek gacha 
bo’lgan tezliklar oraliida kuzatiladi. 
O’simta 0,4 - 0,5 m/sek tezlikda maksimal kattalikka erishadi. Kichik 
tezliklar oldingi yuzada harorat va ishqalanish kuchlari katta bo’lmasa o’simta 
hosil bo’lmaydi. Xuddi shuningdek katta tezliklarda ham o’simta hosil bo’lmaydi,
chunki harorat yuqori bo’lib, ishqalanish kuchi kamayadi va metall juda plastik 
bo’lib qoladi.
O’simta ishlov berilgan yuzada notekisliklarni hosil bo’lishiga ta’sir etadi, 
o’simtaning emirilgan qismlari yuza adir-budirligini oshiradi. SHuning uchun toza 
ishlov berishda o’simtaning hosil bo’lishi - o’rinsiz xodisadir. 
Ikkinchi tomondan o’simta oldingi yuzani va kesuvchi qirrani emirilishini 
ximoya qiladi, bu kesuvchi asbobninig ishlash vaqtini oshiradi. SHuning uchun 
qora ishlov berishda, ishlov berilgan yuza tozaligi ahamiyatga ega bo’lmasa, 
o’simtani hosil bo’lishi o’rinli hisoblanadi. 
O’simta to’xtab-to’xtab kesishda, hosil bo’lishga ulgurmaydi,shuningdek, mo’rt 
metallarni, masalan kul rang cho’yanni kesishda elementli va siniq qirindi hosil 
bo’lganda ham paydo bo’ladi. O’simtani hosil bo’lishni bartaraf etish mumkin: 
buning uchun kesuvchi asbobni puxta charxlab, oldingi burchakni kattalashtirish 
kerak. 
O’simtani bartaraf etish uchun haroratni va ishqalanish kuchlarini 
pasaytiruvchi sovutish-moylash suyuqliklarini qullash zarur. Kesish zonasini 
su’niy yo’l bilan sovutilsa ham bo’ladi. 
YUmshoq va o’rta qattiqlikdagi konstruksion po’latlarni, juda kichik qalinlikda ( 
a=0,004-0,060 mm ) V=0,15-5 m/sek tezlik va t=0,1-1mm chuqurliklar kesib 
ishlansa turg’un o’simta hosil bo’ladi. Uning barqororligi quyidagicha 
tushuntiriladi: kesish kuchi juda ham kichik bo’ladi shuning uchun oldingi yuzadan 
o’simtani surib yuborishga etmaydi: Bunda o’simta aniq ifodalangan arrasimon 
shaklga ega bo’lib, kesish tezligiga bog’liq holda o’simtaning oldingi burchagi 


36 

=22
0
dan 

=37
0
gacha bo’lgan chegarada o’zgaradi. O’simtaning orqa burchagi 
esa nolga teng bo’ladi. 
O’simta cho’qqisining yumaloqlanish radiusi kesuvchi asbobning kesuvchi 
qirrasining yumaloqlanish radiusi bilan o’lchovdoshdir /

x
=8-15 mkm /. Kesish 
jarayonida o’simtaning yumaloqlanish radiusini o’zgarmasligiga erishilsa, o’simta
kesuvchi pona singari kesuvchi asboblarga nisbatan eng yaxshi kesish 
xususiyatlariga ega ekanligini taokidlash mumkin. Bu kesilayotgan qatlamning 
juda kichik qalinlikda kesish uchun sharoit yaratadi. Bu holda ishlov berilgan 
yuzaning adir budirligi R
a
=2,5...1,25MKM bo’ladi, odatda yarim toza va toza 
yo’nalishida hosil bo’ladi.
Po’latlarni kichik tezlikda kesib ishlashda o’simta har doim ham yo’q 
bo’lmaydi. O’simta kesilayotgan qatlamning kichik qalinligida ( a<0,15 mm ) 
juda kichik bo’lgan kesish tezligida (V=0,015 m/cek) hosil bo’lishi mumkin.
SHuningdek, kulrang cho’yanni kesishda ham o’simta hosil bo’lishi kuzatiladi
11


Download 3.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling