Andijon davlat universiteti a. Zaparov materialalrni kesib ishlash, asboblar va stanoklar


Download 3.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/60
Sana18.10.2023
Hajmi3.35 Mb.
#1709131
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60
Bog'liq
MATERIALALRNI KESIB ISHLASH Ўқув қўлланма

Nazorat savollari. 
1. Mexanik supportli birinchi tokarlik stanogi kim tomondan qachon 
yaratilgan? 
2. Metal kesish sohasida izlanish olib borgan o’zbek olimlaridan kimlarni 
bilasiz? 
3. O’zbekistondagi birinchi mashinasozlik zavodi qachon qurilgan? 
4. Hozirgi kunda fanning oldida turgan asosiy vazifalar nimalardan iborat? 
5. Materiallarni kesib ishlash usulining o’ziga xos hususiyatini ayting. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


21 
 
 
 
2-bob. KONSTRUKSION MATERIALLARNI KESIB ISHLASH HAQIDA 
UMUMIY MA’LUMOTLAR 
 
1-§. Kesib ishlash va ishlov berishdagi harakat turlari. 
Metallarni kesib ishlashni quyidagi turlariga bo’lish mumkin:
Yo’nish - tokarlik stanogida keskichlar orqali amalga oshiriladi. 
Parmalash - parmalash stanogida parmalar yordamida ochiq va berk 
teshiklar hosil qilish jarayoni. Parmalashning davomi zenkerlash va razvertkalash 
bo’lib, teshiklar yuza tozaligi va aniqligini oshirish maqsadida amalga oshiriladi. 
Frezerlash - ko’p tig’li kesuvchi asbob yordamida turli yuzalarni frezerlash 
stanoklarida ishlov berish jarayoni. 
Randalash - (o’yish) ilgarlanma qaytar harakatli stanoklarda keskichlar 
yordamida tekis yuzalar, ariqchalar va shlisa pazlariga ishlov berish jarayoni. 
Jilvirlash - Abraziv asboblar yordamida turli yuzalarga ishlov berish 
6

a) keskich b) freza 
S3 
S1
S1
S2 
v) g) parma 
randa 
S3 
S3
S2
S1 
e) 
jilvir tosh 
6
«MetalCuttingTheoryandPractice» DavidA.Stephenson, John 
S
. Agapiou 30-55 pg 


22 
 
1-rasm. Kesib ishlash turlari
Metallarni kesib ishlash usullarining chizmalari bilan tanishib chiqar
e`kanmiz, bu jarayonlar bir necha oddiy harakatlarning qo'shilishidan tashkil 
topganligini ko'ramiz. Masalan, tokarlik stanogida qirindini ajratish uchun
zagogovkaning aylanma harakati bilan keskichning unga nisbatan ilgarilanma 
harakati qo'shiladi. 
Metallarni kesib ishlashning hamma usullariga oid harakatlar asosiy va 
yordamchi harakatlarga bo'linadi. Asosiy harakat e`sa o'z navbatida muhim va
surish harakatiga ajratiladi. 
Muhim harakat. Muhim harakat deb, bevosita kesish jarayonini 
ta`minlovchi harakatga aytiladi. Bu harakatni kesish harakati, tezligini e`sa 
kesish tezligi deb ham yuritiladi. 
Surish harakati. Surish harakati deb, tayyorlamani yangi-yangi 
qatlamlarini qamrab qirindi ajratishni ta`minlovchi harakatga aytiladi. Masalan,
tokarlik stanogida tayyorlamaning aylanishi muhim harakat, ya`ni aylanish 
tezligi bo'lib, keskichning ilgarilama harakati surish harakati bo'ladi.
Yordamchi harakat kesib ishlash jarayoni bilan bevosita bog’liq bo’lmaydi. 
Keskich va tayyorlamani o’rnatish, sozlash jarayonlari bilan bog’liq bo’ladi. 

Download 3.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling