Andijon davlat universiteti a. Zaparov materialalrni kesib ishlash, asboblar va stanoklar
Download 3.35 Mb. Pdf ko'rish
|
MATERIALALRNI KESIB ISHLASH Ўқув қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-§. Kesib ishlash va ishlov berishdagi harakat turlari.
Nazorat savollari.
1. Mexanik supportli birinchi tokarlik stanogi kim tomondan qachon yaratilgan? 2. Metal kesish sohasida izlanish olib borgan o’zbek olimlaridan kimlarni bilasiz? 3. O’zbekistondagi birinchi mashinasozlik zavodi qachon qurilgan? 4. Hozirgi kunda fanning oldida turgan asosiy vazifalar nimalardan iborat? 5. Materiallarni kesib ishlash usulining o’ziga xos hususiyatini ayting. 21 2-bob. KONSTRUKSION MATERIALLARNI KESIB ISHLASH HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR 1-§. Kesib ishlash va ishlov berishdagi harakat turlari. Metallarni kesib ishlashni quyidagi turlariga bo’lish mumkin: Yo’nish - tokarlik stanogida keskichlar orqali amalga oshiriladi. Parmalash - parmalash stanogida parmalar yordamida ochiq va berk teshiklar hosil qilish jarayoni. Parmalashning davomi zenkerlash va razvertkalash bo’lib, teshiklar yuza tozaligi va aniqligini oshirish maqsadida amalga oshiriladi. Frezerlash - ko’p tig’li kesuvchi asbob yordamida turli yuzalarni frezerlash stanoklarida ishlov berish jarayoni. Randalash - (o’yish) ilgarlanma qaytar harakatli stanoklarda keskichlar yordamida tekis yuzalar, ariqchalar va shlisa pazlariga ishlov berish jarayoni. Jilvirlash - Abraziv asboblar yordamida turli yuzalarga ishlov berish 6 . a) keskich b) freza S3 S1 S1 S2 v) g) parma randa S3 S3 S2 S1 e) jilvir tosh 6 «MetalCuttingTheoryandPractice» DavidA.Stephenson, John S . Agapiou 30-55 pg 22 1-rasm. Kesib ishlash turlari. Metallarni kesib ishlash usullarining chizmalari bilan tanishib chiqar e`kanmiz, bu jarayonlar bir necha oddiy harakatlarning qo'shilishidan tashkil topganligini ko'ramiz. Masalan, tokarlik stanogida qirindini ajratish uchun zagogovkaning aylanma harakati bilan keskichning unga nisbatan ilgarilanma harakati qo'shiladi. Metallarni kesib ishlashning hamma usullariga oid harakatlar asosiy va yordamchi harakatlarga bo'linadi. Asosiy harakat e`sa o'z navbatida muhim va surish harakatiga ajratiladi. Muhim harakat. Muhim harakat deb, bevosita kesish jarayonini ta`minlovchi harakatga aytiladi. Bu harakatni kesish harakati, tezligini e`sa kesish tezligi deb ham yuritiladi. Surish harakati. Surish harakati deb, tayyorlamani yangi-yangi qatlamlarini qamrab qirindi ajratishni ta`minlovchi harakatga aytiladi. Masalan, tokarlik stanogida tayyorlamaning aylanishi muhim harakat, ya`ni aylanish tezligi bo'lib, keskichning ilgarilama harakati surish harakati bo'ladi. Yordamchi harakat kesib ishlash jarayoni bilan bevosita bog’liq bo’lmaydi. Keskich va tayyorlamani o’rnatish, sozlash jarayonlari bilan bog’liq bo’ladi. Download 3.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling