Andijon davlat universiteti a. Zaparov materialalrni kesib ishlash, asboblar va stanoklar


Download 3.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/60
Sana18.10.2023
Hajmi3.35 Mb.
#1709131
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   60
Bog'liq
MATERIALALRNI KESIB ISHLASH Ўқув қўлланма

 
 
3-§.Keskich elementlari va geometriyasi. 
Keskich metall ishlash sanoatida eng ko’p tarqalgan asbobdir. Keskichdan
bajariladigan ish turiga qarab, xilma-xil stanoklarda detallar ishlashda 
foydalaniladi. 
Nazariya va tajribalarga asoslanib, keskich tig’i burchaklarining optimal 
qiymatlari va tig’ning shakli topildi. Kesish burchaklarining to’g’ri tanlanishi 
kesnsh prosessini osonlashtirishga, qirindining to’g’ri ajralishi va chiqishiga 
yordam beradi, uning natijasida esa energiya sarfi kamayadi, asbobning xizmat 
qilish muddati va stanokning ish unumi ortadi. 
Keskich ikki qismdan: kallak, ya’ni ish qismidan va kes kichni supportga 
yoki tutkichga maxkamlash uchun xizmat qiladigan tana, ya’ni sterjendan iborat
Keskich kallagi elementlarining nomlari - shaklda keltirilgan. 
1. Oldingi yu z a. Keskichning qirindi chiqadigan yueasi oldingi yuza deb 
ataladi. 
2. 
Asosiy va yordamchi ketingi yuzalar. Keskich ning 
yo’nilayotgan buyumga qaragan yuzalari ketingi yuzalar deb ataladi. 
3. 
Kesuvchi qirralar. Bu qirralar oldingi hamda ketingi
yuzalarning kesishuvidan hosil bo’ladi va asosiy ishni bajaradigan asosiy 
kesuvchi qirra bilan yordamchi kesuvchi qirraga 
bo’linadi. 
4. 
Keskichning uchi. Kes kich kallagining bu elementi asosiy 
kesuvchi qirra bilan yordamchi kesuvchi qirraning tutashuv joyidan iborat. 
5. 
Keskich kallagining balandligi. Keskich uchi dan tayanch 
3-rasm. Surish turlari, a-b
o’ylama, b-kщndalang, v-burchak ostida, g-gorizontal
d-vertikal 


25 
yuzasigacha bo’lgan va shu yuzaga perpendikulyar holda o’lchangan masofa 
keskich kallagining balandligi deb ataladi va h harfi bilan belgilanadi. 
Keskich kallagining balandligi musbat bo’lishi ham manfiy bo’lishi ham 
mumkin 
6. Keskich kallagi ning uzunligi. Qeskich uchidan
charxlanish yuzasining chiqish chizig’igacha bo’lgan va keskich
tanasining bo’ylama yoqlariga parallel tarzda o’lchangan masofa keskich 
kallagining uzunligi deb ataladi va l harfi bilan belgilanadi.
Keskichning asosiy burchaklari keskich asosiy kesuvchi qirrasining 
asosiy tekislikka tushirilgan proektsiyasiga perpendikulyar bo`lgan asosiy 
kesuvchi tekislikda o`lchanadi. Asosiy ketingi yuza bilan kesish tekisligi 
orasidagi burchak asosiy ketingi burchak (

) deyiladi. (2.4-rasm). 
Oldingi yuza bilan asosiy ketingi yuza orasidagi burchak o`tkirlik burchagi (

) deyiladi. 
Kesish tekisligiga perpendikulyar holda asosiy kesuvchi qirra orqali 
o`tkazilgan tekislik bilan keskichning oldingi yuzasi orasidagi burchak 
oldingi burchak (

) deyiladi. 
Keskichning oldingi yuzasi bilan kesish tekisligi orasidagi burchak 
kesish burchagi (

) deyiladi.





Asosiy kesuvchi qirraning 
asosiy 
tekislikka tushirilgan proektsiyasi bilan 
bo`ylama surish yo`nalishi orasidagi 
burchak plandagi asosiy burchak (


deyiladi. 
Kesuvchi qirralarning 
asosiy 
tekislikka 
tushirilgan 
proektsiyalari 
orasidagi 
burchak 
keskich 
uchining 
plandagi burchagi (

) deyiladi. 


26 
YOrdamchi kesuvchi qirraning asosiy 
tekislikka tushirilgan proektsiyasi bilan 
bo`ylama surishga teskari yo`nalish orasidagi burchak plandagi yordamchi 
burchak (
1

) deyiladi. Bu burchaklar yigindisi
ga teng. 
Keskichning uchi orqali asosiy tekislikka paralell holda o`tkazilgan 
chiziq bilan asosiy kesuvchi qirra orasidagi burchak asosiy kesuvchi 
qirraning kiyalik burchagi ( 

) deyiladi. 

burchak keskichni ketingi
yuzasini yo`nilayotgan yuzaga ishqalanishini kamaytiradi va
kesish jarayonini osonlashtiradi. Amalda 

burchak 6-12° qilib olinadi. 

burchak kichirayishi bilan kesish osonlashadi, lekin keskichning 
puxtaligi kamayadi.

burchakni 54° dan 94° gacha etib tayyorlash tavsiya 
etiladi. 

burchak qancha katta bo`lsa, kesish jarayoni shuncha oson boradi, ammo 
keskich 
puxtaligi 
kamayadi 
va 
kesish 
zonasidan 
issiqlik 
ni 
chetga 
ketishi 
yomonlashadi. Mo`rt va qattiq materiallar 
uchun oldingi burchak + 5° dan -10° gacha, 
qovushoq, yumshoq materiallar uchun + 30° 
gacha etib tayyorlanadi. 

burchak kesish jarayoniga katta ta’sir ko`rsatadi. 
burchak qanchalik 
kichik bo`lsa, kesish kuchi shuncha kam bo`ladi. Lekin bu burchak kichik 
bo`lganda keskich tez yoyiladi. Kesish burchagi 60° dan 100° gacha qilib 
olinadi. 
0
1
180







4-rasm. Keskichning asosiy
qism va elementlari. 
5-rasm. Keskichning geometrik 
ko`rsatkichlari. 


27 

burchak ish turiga, tayyorlamaning qattiqligiga va stanokning 
bikirligiga qarab tanlanadi. Amalda kesish jarayonida plandagi asosiy 
burchakning quyidagi qiymatlaridan foydalaniladi.


30,45, 60, 75, 90. 
1

burchak keskichning yordamchi ketingi yuzasini yo`nalayotgan yuzaga 
ishqalanishini kamaytirish uchun xizmat qiladi.
1

burchak qiymatining 
ortishi keskich keskich kallagini zaiflashtiradi va asbobning issiqlik
tarqatish xususiyatini pasaytiradi.
1

burchak 5° dan 30° gacha qilib 
olinadi.

burchak tanlab olingan 

va 
1

burchaklardan kelib chiqadi. 

burchakning vazifasi qirindi chiqishini yaxshilash va keskich turg`unligini 
oshirishdan iborat. Bu burchak musbat bo`lganida qirindi yo`nilgan yuza 
tomon chiqadi, bunga esa tozalab yo`nishda yo`l qo`yib bo`lmaydi. Tozalab 
yo`nishda 

0 dan – 4° gacha, xomaki yo`nishda esa 0 dan – 5° gacha etib 
tayyorlanadi. Keskich uchiga yo`nilayotgan yuza zarb bilan uriladigan 
xollarda qiyalik burchagi + 10° dan + 25° gacha bo`lgan keskichlar 
ishlatiladi
8


Download 3.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling