Andijon davlat universiteti a. Zaparov materialalrni kesib ishlash, asboblar va stanoklar
Download 3.35 Mb. Pdf ko'rish
|
MATERIALALRNI KESIB ISHLASH Ўқув қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kesish haroratini aniqlash usullari.
Issiqlik balansi. Kesish vaqtida ajralib chiqadigan issiqlik qirindi, kesuvchi asbob, detal va atrof muxit o’rtasida taqsimlanadi. Issiqlik balansi tenglamasini quyidagicha yozish mumkin: Q = Q def + Q o + Q k = Q qir + Q det + Q asb + Q atr , bu erda: Q - kesishda hosil bo’luvchi umumiy issiqlik miqdori; Q def - kesilayotgan qatlamning qirindiga aylanishdagi deformatsiyalanish ishidan ajralib chiquvchi issiqlik miqdori; Q o - kesuvchi asbobning oldingi yuzasidagi ishqalanish kuchining ishidan ajralib chiqayotgan issiqlik miqdori; Q k - kesuvchi asbobning ketingi yuzasidagi ishqalanish kuchining ishidan ajralib chiqayotgan issiqlik miqdori; Q qir - qirindi bilan chiqib ketgan issiqlik miqdori; Q det - detalga o’tib ketuvchi issiqlik miqdori; Q asb - kesuvchi asbobga o’tib ketuvchi issiqlik miqdori; Q atr - atrof muxitga chiqib ketuvchi issiqlik miqdori. Kesish haroratini aniqlash usullari. Keskich yuzalaridagi haroratni o’lchash uchun 1912 yili YA.G.Usachev 46 tomonidan birinchi bo’lib su’niy termopara qo’llaniladi. Keskichni ishchi yuzasidan 0,2-0,4 mm masofada tugallanuvchi, diametri 1-3 mm bo’lgan teshikka shisha trubalar bilan izolyasiyalangan mis-konstantan termoporasi joylashtiriladi. Termoparada paydo bo’lgan va milli voltmetr qayd etgan termoelektr yurituvchi kuchlar qiymatlari, kesish haroratiga proporsional bo’ladi. Usachev termoparasining ikkinchi varianti(yarim su’niy termopara) quyidagicha: diametri 1 mmbo’lgan teshik 0,3 mm ketingi yoki oldingi yuzadan masofada 0,4 mm gacha toraytiriladi. Teshikning tor qismiga teshikning keng qismidan shisha truba bilan izolyasiyalangan konstant sim kiritilib qisib ko’yiladi. Simning bir uchi keskich qirrasining oldingi yoki keyingi yuzasiga mahkamlanadi, ikinchi uchi esa keskich o’rtasiga kavsharlanadi. Metallarni kesishda issiqlik xodisalarini tekshirish uchun tabiiy termopara keng qo’llaniladi. Kontaktda bo’lgan keskich va detal bir-birlari bilan termoparani hosil etishadi. Keskichni buyum va qirindi bilan kontakt maydoni termoparaning issiq kavsharlangan joyi hisoblanadi. Tabiiy termopara, keskichning buyum va qirrindi bilan, kontakt zonasida harorat miqdorini o’rtalashtirilgan qiymatlarini beradi. Bunda o’rtalashtirish darajasi nomalumligicha qoladi 13 . 13-rasm. Usachev termoparasi. Tovlanish tuslari bo’yicha kirrindi haroratini aniqlash xech qanday moslamalarni talab qilmaydi. Qizigan qirrindida yupqa oksid qatlam hosil bo’ladi. Ularning tuslari qizish haroratiga bog’liq bo’ladi. 12-jadvalda uglerodli po’latlar 13 «MetalCuttingTheoryandPractice» DavidA.Stephenson, John S. Agapiou 453 pg 47 uchun tovlanish tuslari va ularga muvofiq bo’lgan haroratlar keltirilgan. 12-jadval. Tovlanish tuslari Harorat S Sarg’imtir 200 Och sariq 220 To’q sariq 240 Purpur 270 To’q ko’k 290 Och ko’k 320 Ko’qish kulrang 350 Oq kulrang 400 Optik pirometr qirindining o’rtacha haroratini (560-600 O S dan yuqori) aniqlash uchun qo’llaniladi. O’lchash qorong’i binoda o’tkazilishi kerak. Pirometr yordamida aniqlangan qirindining o’rtacha harorati kalorimetr usulida aniqlangan haroratga nisbatan 6-7% miqdorida yuqori bo’ladi. Struktura usulida kesish jarayonida hosil bo’ladigan issiqlik natijasida asbob sirtqi qatlami mikrostrukturasini va qatlamining o’zgarishiga asoslangan. Qatlamning mikroqattiqligi hamda mikrotuzilishini o’lchash va taqqoslash yo’li bilan uning qizish harorati aniqlanishi mumkin 14 . Download 3.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling