Andijon davlat universiteti a. Zaparov materialalrni kesib ishlash, asboblar va stanoklar
Download 3.35 Mb. Pdf ko'rish
|
MATERIALALRNI KESIB ISHLASH Ўқув қўлланма
Nazorat uchun savollar
1. Kesib ishlanuvchanlikka ta’rif bering. 2. Yog’och materiallarning kesib ishlashni o’ziga xos xususiyatlarini ayting. 3. Yog’och materiallarni ko’ndalang, parallel va tangensial yo’nalishda kesib ishlashni tushuntiring. 4. Qotishmalar tarkibidagi kimyoviy elementlarning material kesib ishlanuvchanligiga tahsiri qanday? 5. Kesib ishlanuvchanlikni aniqlash usullarini tushuntiring. 6. Kesishga qarshilik ko’rsatuvchi solishtirma kuch to’g’risida ma’lumot bering. 6-§. Kesib ishlangan yuza sifati. Yo’nilgan yuzaning tozaligi Yo’nalgan yuzaning tozaligi detallarniig mashina va mexanizmlarda ishlash 23 «MetalCuttingTheoryandPractice» DavidA.Stephenson, John S. Agapiou 623-627 pg 63 muddatiii oshirishda katta ahamiyatga ega. YUza sifatini oshiradigan shartlardan biri g’adir-budirlikdir. G’adir-budirlik /mikrogeometriya/ deganda detallarning yo’nilgan yuzalaridagi nihoyatda kichik kadamli taroqchalar tarzidagi notekislik tushunilishi kerak. Detal yuzasining yordamchi harakat yo’nalishida joylashgan notekisliklar profillari ko’ndalang g’adir-budirliklar deb ataladi va keskich uchining profilini aks ettiruvchi chikiklar va botiqlar shaklida bo’ladi 24 . Detal yuzasida asosiy harakat yo’nalishida joilashgan notekisliklar bo’ylama g’adir-budirliklar deb ataladi. Amalda ko’ndalang g’adir-budirliklarni o’lchash byalan kifoyalaniladi. GOST 2789-59 da yuzainng gadir-budirligiga qarab tozalik sinflari belgilangan, unga ko’ra, yuza tozaligini belgilovchi quyidagi belgi va terminlar joriy qilingan. Notekislnklar qadami: ikki harakterli chiqiq yoki botiqliqlar orasidagi masofa. Baza uzunligi l yuza tozaligini aniqlash uchun tanlab olingan masofa. Profilning o’rta chizig’i – mm gsometrik profil shaklida bo’lgan va g’adir- budirlikning son qiymatlarini aniqlash uchun baza vazifasini o’taydigan chizik. Baza uzunligi chegarasida profilning o’rta chizig’i uni shunday bo’ladiki, profilning ana shu chizig’idan ikkala tomonidagi maydonchalar bir-biriga teng bo’ladi. 18-rasm. Baza uzunligi. Profilning o’rtacha arifmetik chetga chikishi Ra-o’lchangan profil nuqtalarining shu profil o’rta chizig’igacha bo’lgan y1, u2, u3 ... un oraliqlarning 24 «MetalCuttingTheoryandPractice» DavidA.Stephenson, John S. Agapiou 575-576 pg 64 o’rtacha qiymati. O’rta chiziqqacha bo’lgan oralik algebraik ishorasi hisobga olinmagan holda qo’shiladi. Notekisliklar balandligi Rz - baza uzunligi chegarasida chiqiklarning beshta eng yuqori nuqtasi bilan botiqlarning beshta eng past nuqtasi orasida o’rta chiziqqa parallel bo’lgan chizig’idan o’lchangan o’rtacha masofa 25 . 19-rasm. Notekisliklar balandligi. YUzaning g’adir-budirdigi GOST 2789-59 ga ko’ra Ra va Rz lar makdorlari bilan aniqlanadi. GOST 2789-59 da yuza tozaliganing 14 ta sinfi belgilangan. Amalda yuza tozaliklarini etalonga solishtirish yoki Ra va Rz miqdorlarini profilograf, prifilometr hamda qo’sh interferension mikroskopilar yordamida o’lchash bilan aniqlanadi. Tozalik sinflari o’z navbatida yana uchtadan razryadga bo’linib ikki sinf oralig’idagi qiymatlarni teng bo’laklarga ajratiladi va shu qiymat asosida sinfning razryadi belgilanasi. 25 «MetalCuttingTheoryandPractice» DavidA.Stephenson, John S. Agapiou 578-580 pg |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling