bo’lgan rangdor metallarii kattaroq kesish tezliklari bilan ishlash mumkin.
Keskich materiali
Har xil asbobsozlik materiallarining sifatlarini bir-biriga taqqoslash, uchun
biror markadagi qattiq qotishma etalon qilib olinadi.
Po’latlarni yo’nishda T15K6 markali: qattiq . qotishma uchun, cho’yanlarni
yo’nishda esa VK6 markali qattiq qotishma uchun kesish tezligini birlik deb
qabul qilsak, boshqa asbobsozlik materiallari uchun kesish tezligini shu
materiallarning sifatiga qarab, katta yoki kichik birliklardagi K koeffisient
tarzida ifodalashimiz mumkin. Bu koeffisientning qiymatlari jadvallarda
beriladi.
Kesish chuqurligi va surish qiymati
Kesik kesimining kesish chuqurligi yoki surish qiymati hisobiga ortishi
bilan kesish kuchlari Px, Py, Pz ortadi, bu esa kesish jarayonida chiqadigan
issiqlik umumiy miqdorining ortishiga sabab bo’ladi. Kesik enining kesish
chuqurligi hisobiga ortishi bilap keskich asosiy kesuvchi qirrasining kesish
yuzasiga urinish sirti ortadi. Bu xol issiqlik niig keskich kesuvchi qirrasidan
tanasiga o’tkazilishini oshiradi.
Kesik qalinligining yoki surshi qiymatining oshirilishi bilan kesish
kuchlari ortadi va kesish zonasidan issiqlik ning keskich tanasiga o’tkazilishi bir oz
yaxshilanadi. SHunday qilib, bularning hammasi kesuvchi asbob turg’unligining
pasayishiga va uning tez eyilishiga olib keladi, binobarin, kesish tezligini
pasaytirish zarurati tug’iladi. Surish qiymatining va kesish chuqurligining kesish
tezligiga ta’siri quyidagi formula bilan ifodalanadi:
bu erda Cv — ishlov berish sharoitiga (yo’niladigan metall, keskich materiali,
kesuvchi asbob geometriyasi, sovitish suyuqligining ishlatilish-ishlatilmasligiga
bog’liq koeffisient; t -kesish chuqurligi, mm; s - surish, mm/ayl;
y
x
s
t
C
59
Do'stlaringiz bilan baham: |