Andijon davlat universiteti a. Zaparov materialalrni kesib ishlash, asboblar va stanoklar


Spiral parma quyidagi qismlardan iborat


Download 3.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/60
Sana18.10.2023
Hajmi3.35 Mb.
#1709131
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   60
Bog'liq
MATERIALALRNI KESIB ISHLASH Ўқув қўлланма

Spiral parma quyidagi qismlardan iborat: 
Ishchi qismi — parmaning bu qismida ikkita vintsimon ariqcha o’yilgan bo’lib, 
parmaning kesuvchi va yo’naltiruvchi qismlarni o’z ichiga oladi. 
Kesuvchi qism — parmaning konus qilib o’tkirlangan va kesuvchi qirralar bilan 
tahminlangan qismidan iboratdir. 
Silindrik qismi — bu qismi kesish jarayonida parmani yo’naltirish uchun 
xizmat qiladi. 
Quyruq qismi — bu qismi parmani stanok shpindeliga yoki patronga o’rnatish 
29
«MetalCuttingTheoryandPractice» DavidA.Stephenson, John S. Agapiou 31-37 pg 


77 
va shpindeldan parmaga burovchi momentni etkazish uchun xizmat qiladi. 
Bo’yin qismi — parma quyrug’ini ish qismi bilan bog’laydi. 
Panja qismi — (konuseimon quyrukli parmalarda bo’ladi). U kzismi shpivdelteshigidan 
parmani pona bilan urib chikerishga mo’ljallangan. 
Povodok qismi (silindrik quyruqli parmalarda bo’ladi) — bu qism parmaning 
patronda buralib ketishiga yo’l bermaydi. 
Spiral parmaning elementlari: 
a) oldingi yuza, bu yuza vintsimon ariqchadan iborat bo’lib, qirindi chiqishi uchun 
xizmat qiladi; 
b) asosiy kesuvchi qirralar, parmada bunday qirralar ikkita, ular oldingi va orqa 
yuzalarning o’zaro kesishuvidan hosil bo’ladi; 
v) orqa yuza — kesish yuzasiga qaragan yuza;
g) ko’ndalang qirra, bu qirra ikkala orqa yuzalarining o’zaro kesishuvi natijasida 
hosil bo’ladi; 
d) lentalar — parmaning silindrik yuzasvdagi vintsimon ensiz ikkita yo’l, bu yo’llar 
kesish jarayonida parmani yo’naltiradi va markazlab turadi. Lentalarning eni 0,2 — 
2,6 mm, balandligi 0,1 —1,2 mm bo’ladi, bu kattaliklar parmaning diametriga qarab 
o’zgarishi mumkin. 
Parmaning uchidagi burchagi 2 sr — ikkita asosiy kesuvchi qirra orasida hosil 
bo’lgan burchak Parma uchidagi burchagining qiymati parmalanadigan 
materialningxossasiga ko’ra belgilanadi.


78 
 
23-rasm. Spiral parmaning elementlari. 
Parmalash stanoklari silindrik, konus, berk va ochiqteshik-larni parmalash
zenkerlash va razvertkalash ishlarini bajarish uchun qo’llaniladi. Parmalash stanoklari 
shpindelning joylanishi va shpindel soniga qarab quyidagi turlarga bo’linadi: 
Bir shpindelli vertikal parmalash stanoklari: 
a) 
stolga o’rnatiluvchi parmalash stanoklari —kichik diametrli teshiklarni o’yish 
uchun ishlatiladi va uskunasozlik korxonalarida keng qo’llaniladi; 
b) 
kalonkali vertikal-parmalash stanoklari — bu stanoklar ishlab chiqarishda 
keng tarqalgan bo’lib, uncha katta bo’lmagan detallarda teshiklar teshshi uchun 
ishlatiladi. Bu stanoklarning asosiy kamchiligi ishlanilayotgan detalning parma markaziga 
to’g’rilash uchun detalni parmaga nisbatan surishga to’rri keladi. 
Radial parmalash stanogi, asosan, katta o’lchamli detallarda teshik teshish 
uchun ishlatiladi. 
Bu stanoklarga kesuvchi asbobni teshik markaziga moslash, qo’zg’almas 
qilib o’rnatilgan detalga nisbatan stanok shpindelini surish orqali amalga oshiriladi. 
Ko’p shpindelli parmalash stanoklari, bu stanoklarda ishlab chiqarish unumdorligi 
boshqa stanoklarga nisbatan ancha yuqoridir. 

Download 3.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling