Andijon davlat universiteti a. Zaparov materialalrni kesib ishlash, asboblar va stanoklar
K62 stanoganing texnik xarakteristikasi
Download 3.35 Mb. Pdf ko'rish
|
MATERIALALRNI KESIB ISHLASH Ўқув қўлланма
1K62 stanoganing texnik xarakteristikasi
Stanokda ishlov berish mumkin bo’lgan tayyorlamaning 400 eng katga diametri, mm Kesib ishlanadigan chiviqning eng katga diametri, mm 36 Markazlar orasidagi tayyorlama o’rnatish mumkin 640, 930, 133 bo’lgan eng katta masofa, mm Markazlar orasidagi masofa, mm 700, 1000,1400 SHpindelteshiginingdiametri, mm 38 SHpindelteshigidagi konuslik Morze № 5 SHpindelning minimal va maksimal aylanish soni, 2,5—2000 ayl/min SHpindeltezliklari soni 23 Bu markali stanogining asosiy qismlari quyidagilardan ibo-ratdir: stanina, tumbalar, oldingi va orqa babkalar, surish quti-si, tezliklar qutisi, stanok supporti, fartugi. STANINA — tokarlik stanogining qamma uzel va mexanizmlarini o’rnatish uchun xizmat qiladi. Stanina ikkita bo’ylama devor 1 va 5 dan iborat bo’lib, yuqori bikrlik tahminlash uchun qo-birg’a 3 bilan bog’langan bo’ladi. Sta-nina cho’yanda monolit qilib quyilib, uning asosiy qismini yo’naltiruv-chilari 2 va 4 tashkil etadi. Stanina-ning yo’naltiruvchilari bo’ylab stanok karetasi va orqa babka harakatlanadi. Staninaning yo’naltiruvchilari o’zaro sharallel va to’g’ri chiziqli bo’lib, xo-maki ishlov 73 berilgandan keyin jil-virlanadi va shaberlanadi. OLDINGI BABKA - sganinaning chap tomoniga mustahkam o’rnatilib, uning korpusiga tezliklar qutisi joylaniladi. Korpusning oldingi tomoniga tezliklar qutisining boshqarish organlari joylaniladi. Oldingi babka ishlov berilishi kerak detalni o’rnatish va unga aylanma harakat berish uchun xizmat qiladi. Ishlanilayotgan detal, shpindelga borib kiritilgan patronga mahkamlanadi. Oldingi babkaning asosiy qismi shpindeldan iborat bo’lib, uning ichi g’ovak qilib tayyorlaniladi. Bu esa shpindel ichidan o’tkazilgan chiviqli materiallarni ishlash imkoniyatini beradi. ORQA BABKA (21-rasm.) — staninaning o’ng tomoniga o’rnatilib ishlov berilayotgan tayyorlamani markazlar yordamida tutib turish uchun xizmat qiladi. 21-rasm. Orqa babka. SURISH QUTISI — surish kattaligini sozlash vaharakatni shpindeldan yuritish vinti yoki yuritish valiga etkazib berish uchun xizmat qiladi. SUPPORT — keskichni keskich tutqichiga o’rnatish va uni bo’ylama, ko’ndalang yoki burchak traektoriyada harakatlantirish maqsadida ishlatiladi. Keskichning bo’ylama harakatdan silindrsimon yuzalarni, ko’ndalang harakati — kesib tushirish, to’rets yuzalarni ishlashda va burchakli harakatidan esa konus yuzalarni yo’nishda qo’llaniladi. Bo’ylama harakat pastki bo’ylama salazkani (1) stanina (2) yo’naltiruvchi bo’yicha surilishi tufayli amalga oshiriladi. Supportning pastki yo’naltiruvchilari ko’ndalang salazkani (3) tayyorlamaning aylanish o’qigatik harakatlanishini tahminlaydi. Bu harakat vint 3 va maxovik 5 orqali (qo’l bilan) yoki harakatni yo’naltirish vintidan fartuk tishli uzatmalari va tishli g’ildirak 4 ishtirokida avtomatik ravishda amalga oshirilishi mumkin. Ko’ndalang salazkaning (2) ustki qismiga vertikal o’q atrofida burash orqali kerakli burchakka sozlash mumkin bo’lgan aylanuvchi plita 74 (10) joylashtirilgan. Bu plitaning ustki qismiga yuqorigi salazkalarning (9) yo’naltiruvchilari o’rnatilib unga keskich tutqichi mahkamlaniladi. YUqorigy salazka vint (7) orqali o’rnatilgan maxovik (6) yordamida qo’l bilan suriladi. FARTUK — (22 rasm) stanokning bu qismi yurgizish valining yoki yurgazish vintining aylanma harakatiki supportning to’g’ri chiziq-li harakatiga aylantiruvchi mexanizmi joylashtirish uchun xizmat qiladi. Fartukning old qismiga support harakatini boshqarish maxovikchalari va dastalari o’rnatilgan. Shesternyalar orqali shesternya (14) ga 22-rasm. Fartuk. uzatiladi. Agar dasta (15) vositasida shesternya (16) tishli g’ildiraklar (14) va (17) bilan tishlashtirilsa, shesternya (16) ko’ndalang salazkalarning vinti (19) ga qo’zralmas qilib o’tkazilgani uchun salazkalarni ilgarilanma harakatga keltiradi. Salazkalarni dastaki ravishda ko’ndalangiga surish dasta (19) vositasida, bo’ilama surish esa dasta (20) vositasida (21, 7, 8) shesternyalar va reyka (9) orqali amalga oshiriladi. YUrgizish vintidan bo’ylama surish harakati fartukda o’ng tomonga joylashgan ajraluvchi gayka qulflash yo’li bilan uzatiladi. Ajraluvchi gayka pallalari fartuk chiqig’idagi kapdum shaklli pazda sirpana oladi. Gayka pallalaridan har biriningtarmog’i diskning spiral kesigiga kirib turadi, disk burilganda esa pallalar bir- biriga yaqinlashadi yoki bir-biridan qochadi. Disk dasta vositasida buriladi. Gayka odatda bronza (BrOSS 6—6—3)dan yoki ruxning SAM 9—1,5 markali qotishmasidan tayyorlanadi. YURGIZISH (SURISH) VINTI - yurgizish vintidan, odatda, supportni bir tekisda va yuqori aniqlikda surish zarur bo’lgan hollarda, masalan, rezba qirqishda foydalaniladi. YUrgizish vintlari kam eyiluvchan va juda aniq qadamining nominal o’lchami-dan farqi + 12 mikron atrofida bo’lishi kerak. YUrgizish vintlari tayyorlash 75 texnologiyasi murakkab bo’lib, ko’p mehnat talab etadi va tozalab ishlash oldidan takror to’g’rilashni (masalan, 1K62 stanogi-ning yurgizish vinti 6 marta to’g’rilanadi), rezba qirqishni o’z ichiga oladi; rezba bir necha amadda qirqiladi, bunda ishlov berish jarayonida qizish oqibatida kelib chiqadigan xatoliklarni tuzatuvchi korreksion qurilmalardan foydalaniladi. YUrgizish vintlari o’z og’irligi tahsirida egilmasligi uchun ularni maxsus stellajlarda tik vaziyatda osilgan holda saqlash tavsiya etiladi. Yurgazish vinti yoki reyka shesternya tasodifiy zo’riqish vaqgida ishdan chiqishining oldini olish uchun yurgizish vinti va yurgizish valining chap uchlariga maxsus saqlagich qurilmalar o’rnatiladi. Elektr dvigatelidan aylanma harakat shpindelga oldingi babka ichida joylashgan tezliklar qutisi orqali, yurgizish vali yurgizish vintiga surishlar qutisi orqali uzatiladi; harakat tezliklar qutisidan shpindelga tasma orqali uzatiladi. SHkiv shpindel bilan faqat shponka orqali bog’langan, shkivning o’zi esa oldingi babka devoriga o’rnatilgan podshipniklarda aylanadi, bunda tasmaning taranglanishi shpindelni deformatsiyalamaydi. SHuning uchun ham bu shpindel yuklanmagan shpindel deyiladi. Bundan tashqari, tasmali uzatma yuqori tezliklarda shesternyali uzatmalarga qaraganda shovqinsiz va bir tekis ishlaydi. Download 3.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling