Andijon davlat universiteti a. Zaparov materialalrni kesib ishlash, asboblar va stanoklar
Download 3.35 Mb. Pdf ko'rish
|
MATERIALALRNI KESIB ISHLASH Ўқув қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Perosimon parma.
- Spiral parma.
Nazorat savollari:
1. Tokarlik vintqirqar stanogi boshqa turdagi tokarlik stanoklaridan nimasi bilan farq qiladi? 2. Tokarlik lobovoy stanoklar yordamida qanday detallarga ishlov beriladi? 3. Tokarlik karusel stanoklar yordamida qanday detallarga ishlov beriladi? 4. Tokarlik stanoklari qanday qismlardan tuzilgan? 5. Ketingi babkaning vazifasini ayting. 6. Fartukning vazifasini ayting. 7. Tokarlik stanoklarida qo’llaniladaigan moslamalarni ayting. 3-§. Parmalovchi va teshik kengaytiruvchi stanoklar. Yaxlit materialda parma deb ataluvchi keskich-asbob yordamida teshik ochish usuliga parmalash deb ataladi. Parmalash kesish qismining konstruksiyasiga ko’ra, perosimon, spiral, markaz ochuvchi va chuqur teshiklarni teshuvchi parmalarga bo’linadi.Quyida bu parmalarning konstruktiv xususiyatlari to’g’risida qisqacha mahlu- 76 motlar keltirilgan 29 . Perosimon parma. Bu xil parma, parma o’qiga kesuvchi tig’lari bir-biriga nisbatan simmetrik holda joylashgan plastinka bo’lib, uning kesuvchi tig’lari orasidagi burchak teng bo’ladi. Ishlanuvchi materialning mexanik xossasiga ko’ra, bu burchak 0—140° oralig’ida olinadi, o’rtacha 2 f qiymati 116° olinadi. Agar kesish qirrasiga perpendikulyar bo’lgan IV—IV kesimiga qarasak, kesish burchagi 5 = 90° bo’ladi, bu esa kesish uchun noqobildir, kesish tig’laryning kesishgan joyida u = 55—60° burchakli, ko’ndalang kesuvchi tig’i 3 hosil bo’ladi. Parmalashda parmaning metalga ishqalanishini kamaytirish uchun orqa burchaga konstruksiyali va tayyorlanishi arzon bo’lishiga qaramay ulardan kamdan kam foydalaniladi, bunga sabab parma diametrining har galgi charxlash tufayli o’zgarishi va ish unumdorligining pastligidir. Spiral parma. Sanoatda ko’proq tarqalgan bo’lib, u umumiy holda asosiy kesish burchaklari hosil qiluvchi ikkita vintsimon (spiral) ariqchasi bo’lgan silindrik qismdan iboratdir. 105- rasmda silindrik quyruqli (shpindel patroniga quyrug’idan qisiladigan va konussimon quyruqli (shpindelga konusli quyrug’i hisobiga o’rnatiladigan) parmaning konstruk-siyalari tasvirlangan. SHuni qayt etish lozimki, odatda silindrik quyriqli parma diametri 0,25—9,4 mm, konus quyruqli parma diametri 6—80 mm oralig’ida bo’ladi. Download 3.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling