Andijon davlat universiteti a. Zaparov materialalrni kesib ishlash, asboblar va stanoklar
Download 3.35 Mb. Pdf ko'rish
|
MATERIALALRNI KESIB ISHLASH Ўқув қўлланма
Nazorat uchun savollar
1. Ishlov berilgan yuza sifatini belgilovchi asosiy omillar qaysilar? 2. Yuza gad’ir –budurligi nima va u qanday aniqlanadi? 3. O’rtacha arifmetik chetga chiqish nima? 4. Yuza tozaligi qanday aniqlanadi? 5. Yuza tozaligi nechta klassga bo’linadi? 6. Ishlov berilgan yuza sifatiga keskich geometriyasi qanday ta’sir ko’rsatadi? 7. Ishlov berilgan yuza sifatiga kesish rejimi qanday ta’sir ko’rsatadi? 8. Ishlov berilgan yuza sifatiga MSSlar qanday ta’sir ko’rsatadi? 9. Ishlov berilgan yuza sifati mahsulotni uzoq vaqt benuqson ishlashini qanday ta’minlaydi? 10. Ishlov berilgan yuza sifati qanday asboblar yordamida aniqlaniladi? 66 IKKINCHI BO’LIM STANOKLAR VA KESUVCHI ASBOBLAR 1-bob. METALL KESUVCHI STANOKLARNING ASOSIY TURLARI 1-§. Metall kesuvchi stanoklar haqida umumiy ma’lumotlar. Zagatovkaga talab etilgan shakl berish, uni yo’nilgan yuzalarini talab etilgan darajada aniq va toza qilish maqsadida uni kesib ishlash uchun mo’ljallangan mashina metal kesish stano’gi deyiladi. Tayyor detal olish maqsadida zagatovkani kesib ishlashning texnologik jarayonini amalga oshirish uchun metall kesuvchistano’kida zarur harakatlar hosil qilish, zagatovkani va kesuvchi asbobni o’rnatish hamda mahkamlash uchun tegishli mexanizm va moslamalar bo’lishi kerak. Stanok o’zoro bog’langan va ish harakatlarini (asosiy harakat va surish harakati) hosil qiladigan bir qator mexanizmlardan iborat bo’lishi zarur, bundan tashqari stano’kda kerakli aylanishlar sonini olish, kerakli surish qiymati hosil qilish, zagatovkani siqish va bo’shatish moslamalarini o’rnatish, kesuvchi asbobni zagatovkaga keltirish va zagatovkadan chetlatish mexanzmlari va bir qator boshqa mexanzmlar ham bo’lishi lozim 26 . Stano’klarga nisbatan quyidagi talablar qo’yiladi: 1 .Zagatovkalar kesib ishlangandan keyin detallarga nisbatan qo’yiladigan talablarga javob beradigan o’lchamlarga va tozaligiga ega bo’lish uchun stano’k aniq ishlashi lozim. 2. Zagatovkani kesib ishlash vaqtida sinish ro’y bermasligini, uzellarning detallari tez eyilmasligi va titrashga moyil bo’lmasligi uchun stanokning qismlari va barcha mexanzmlari puxta va bikr bo’lishi kerak. 3. Zagatovkann kesib ishlashda asosiy texnologik vaqti eng kam sarf qilinishi uchun stanok etarli darajada tez yurar bo’lishi zarur. 26 «MetalCuttingTheoryandPractice» DavidA.Stephenson, John S. Agapiou 83-88 pg 67 4. Stano’kga qarab turish va uni rostlash oddiy, oson bo’lishi va ortiqcha vaqt talab qilmasligi lozim. 5. Stano’k konstrukturasida ehtiyot bo’lmay yoki bilmasdan turib ishga tushirishda stano’kning sinishiga barham beradigan saqlagich qurilmalari bo’lishi ham ko’zda tutilishi kerak. 6. Stano’kda operasiya tamom bo’lgandan keyin stano’kni yoki uning ayrim organlarini ishchisiz, avtomatik ravishda to’xtatadigan mexanizmlar ko’zda tutilishi lozim, bunday avtomatik mexanizmlar ishchining bir necha stanokda bir yo’la ishlashiga imkon beradi. 7. Stano’kni boshqarish oson va xavfsiz bo’lishi kerak. Metall kesish stanoklari quyidagi asosiy alomatlariga, texnologik vazifaga, stano’k konstruksiyasining o’ziga xos xususiyatlariga, joylashuviga, avtomatlashtirilganlik darajasiga, yo’nilgan yuzalarning stano’k tahminlay oladigan tozalik va aniqlash darajasiga qarab klassifikasiyalanadi. Texnologik vazifaga va ishlatiladigan asbobga ko’ra stano’klar: frezerlash, protyajkalash, parmalash jilvirlash stano’klari va boshqa stano’klarga bo’linadi. Ixtisoslashtirilganlik darajasiga ko’ra, universal, ixtisoslashtirilgan va maxsus stano’klariga, universal stano’klar shakli va o’lchamlari jihatidan har xil detallar kesib ishlash uchun mo’ljallangan bo’ladi: ixtisoslashtirilgan stano’klar shakli jihatidan o’xshash, ammo o’lchamlari turlicha detallar ishlash uchun mo’ljallanadi (masalan: tish yo’nish stanoklari) maxsus stano’klar bir tip o’lchamli detallar ishlash uchun mo’ljallangan bo’ladi. Avtomatlashtirilganlik darajasiga ko’ra, qo’l bilan boshqariladigan, yarim avtomat, avtomat stano’klar, stano’klarning avtomat liniyalari va boshqalarga bo’linadi. Metall kesish stano’klari aniqlik darajasiga ko’ra, quyidagi klass stano’klari: normal aniqlikdagi stano’klar - N, yuqoriroq aniqlikdagi stano’klar P, yuqori aniqlikdaga stano’klar - V, ayniqsa aniq stano’klar - S, ayniqsa yuqori aniqlikdagi stano’klar - A ga bo’linadi. Og’irligi jihatidan: engil (1 t gacha), o’rta (10 t gacha) va og’ir (10 t dan 68 ortiq) stano’klarga bo’linadi 27 . 1943 yilda ENIMS tomonidan ishlab chiqarilgan klassifikasiyaga ko’ra stano’klar quyidagi tartibda nomerlanadi va markalanadi: Biriichi raqam stano’k kaysi guruxga kirsa, ana shu guruxni bildiradi. Ikkinchi raqam stano’kning tipini ko’rsatadi. Belgilardagi harflar, shuningdek uchinchi va to’rtinchn raqamlar stano’kning ishlatish uchun eng muhim parametrlaridan birini va kesib ishlanadigan detalni harakterlash maqsadida shu stano’k ishlab chiqariladigan zavod tomonidan qo’yiladi. Hozirgi zamonda texnologik jarayonlarni yanada takomillashtirib borilishi munosabati bilan metall kesuvchistano’klarida nisbatan qo’yilidigan talablar yanada kuchaytirilmoqda. Ushbu masalani hal etish borasida stanoksozlik sohasi bir talay ijodiy ishlarni bir necha o’n yilliklar mobaynida amalga oshirdilar. Bular oddiy mexanizasiyalashgan universal stano’klardan boshlab to hozirgi kundagi sonli dastur bilan boshqariladigan bir bir necha operasiyali ishlov berish markazlari ko’rinishida mavjud. Quyida metall kesuvchi stano’klarning eng ko’p tarqalgan vakillari tokarlik avtomat va yarim avtomatlar stano’klarning tuzilishi va texnikaviy ko’rsatgichlarni ko’rib chiqamiz. Zagatovkani kesib ishlash bilan bog’liq bo’lgan barcha harakatlari avtomatlashtirilgan, zagatovkani o’rnatish, mahkamlash va kesib ishlangan detalni chiqarib olish ishlari qo’lda bajariladigan stano’klar yarim avtomatlar deb ataladi. Zagatovka stano’kga o’rnatilgandan keyin ishchi stano’kni yurgizib yuboradi va detal o’lchamlarini tekshirib turadi. Sozlanib bo’lgandan keyin barcha ishlarni ishchining ishtirokisiz o’zi bajaradigan stano’klar avtomat stano’klar deyiladi. Avtomat stano’klarda ishchining vazifasi kesib ishlangan detalning sifatini tekshirib turishdan, stanok sozligini tug’rilashdan (kesuvchi asbobni almashtirish, stano’k ishida sodir bo’ladigan nuqsonlarni bartaraf qilishdan) va stano’kni material (chiviq, 27 «MetalCuttingTheoryandPractice» DavidA.Stephenson, John S. Agapiou 88-99 pg 69 zagatovka) bilan tahminlab turishdan iborat. Tokarlik yarim avtomatlari va avtomatlari bir shpindelli va ko’p shpindelli stanoklariga, shpindellarinipg joylashuviga ko’ra esa gorizontal hamda vertikal stano’klarga bo’linadi. Download 3.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling