Andijon davlat universiteti a. Zaparov materialalrni kesib ishlash, asboblar va stanoklar
Spiral parma quyidagi qismlardan iborat
Download 3.35 Mb. Pdf ko'rish
|
MATERIALALRNI KESIB ISHLASH Ўқув қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyruq qismi
- Bo’yin qismi
Spiral parma quyidagi qismlardan iborat:
Ishchi qismi — parmaning bu qismida ikkita vintsimon ariqcha o’yilgan bo’lib, parmaning kesuvchi va yo’naltiruvchi qismlarni o’z ichiga oladi. Kesuvchi qism — parmaning konus qilib o’tkirlangan va kesuvchi qirralar bilan tahminlangan qismidan iboratdir. Silindrik qismi — bu qismi kesish jarayonida parmani yo’naltirish uchun xizmat qiladi. Quyruq qismi — bu qismi parmani stanok shpindeliga yoki patronga o’rnatish 29 «MetalCuttingTheoryandPractice» DavidA.Stephenson, John S. Agapiou 31-37 pg 77 va shpindeldan parmaga burovchi momentni etkazish uchun xizmat qiladi. Bo’yin qismi — parma quyrug’ini ish qismi bilan bog’laydi. Panja qismi — (konuseimon quyrukli parmalarda bo’ladi). U kzismi shpivdelteshigidan parmani pona bilan urib chikerishga mo’ljallangan. Povodok qismi (silindrik quyruqli parmalarda bo’ladi) — bu qism parmaning patronda buralib ketishiga yo’l bermaydi. Spiral parmaning elementlari: a) oldingi yuza, bu yuza vintsimon ariqchadan iborat bo’lib, qirindi chiqishi uchun xizmat qiladi; b) asosiy kesuvchi qirralar, parmada bunday qirralar ikkita, ular oldingi va orqa yuzalarning o’zaro kesishuvidan hosil bo’ladi; v) orqa yuza — kesish yuzasiga qaragan yuza; g) ko’ndalang qirra, bu qirra ikkala orqa yuzalarining o’zaro kesishuvi natijasida hosil bo’ladi; d) lentalar — parmaning silindrik yuzasvdagi vintsimon ensiz ikkita yo’l, bu yo’llar kesish jarayonida parmani yo’naltiradi va markazlab turadi. Lentalarning eni 0,2 — 2,6 mm, balandligi 0,1 —1,2 mm bo’ladi, bu kattaliklar parmaning diametriga qarab o’zgarishi mumkin. Parmaning uchidagi burchagi 2 sr — ikkita asosiy kesuvchi qirra orasida hosil bo’lgan burchak Parma uchidagi burchagining qiymati parmalanadigan materialningxossasiga ko’ra belgilanadi. 78 23-rasm. Spiral parmaning elementlari. Parmalash stanoklari silindrik, konus, berk va ochiqteshik-larni parmalash, zenkerlash va razvertkalash ishlarini bajarish uchun qo’llaniladi. Parmalash stanoklari shpindelning joylanishi va shpindel soniga qarab quyidagi turlarga bo’linadi: Bir shpindelli vertikal parmalash stanoklari: a) stolga o’rnatiluvchi parmalash stanoklari —kichik diametrli teshiklarni o’yish uchun ishlatiladi va uskunasozlik korxonalarida keng qo’llaniladi; b) kalonkali vertikal-parmalash stanoklari — bu stanoklar ishlab chiqarishda keng tarqalgan bo’lib, uncha katta bo’lmagan detallarda teshiklar teshshi uchun ishlatiladi. Bu stanoklarning asosiy kamchiligi ishlanilayotgan detalning parma markaziga to’g’rilash uchun detalni parmaga nisbatan surishga to’rri keladi. Radial parmalash stanogi, asosan, katta o’lchamli detallarda teshik teshish uchun ishlatiladi. Bu stanoklarga kesuvchi asbobni teshik markaziga moslash, qo’zg’almas qilib o’rnatilgan detalga nisbatan stanok shpindelini surish orqali amalga oshiriladi. Ko’p shpindelli parmalash stanoklari, bu stanoklarda ishlab chiqarish unumdorligi boshqa stanoklarga nisbatan ancha yuqoridir. Download 3.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling