Andijon davlat universiteti a. Zaparov materialalrni kesib ishlash, asboblar va stanoklar
Download 3.35 Mb. Pdf ko'rish
|
MATERIALALRNI KESIB ISHLASH Ўқув қўлланма
Randalashda kesish rejimlari
Quyidagi rasmda ko’ndalang randalash stanogi chizmasi keltirilgan. Randalashda kesish rejimlari yo’nish usulidagidek aniqlanadi, ya’ni avvalo, quyim miqdori asosida kesish chuqurligi belgilanadi. Surish katgaligi S ning qiymati ishlanilayotgant yuzaga qo’yilgan texnik talabga binoan tanlanadi. Kesish chuqurligi t va surish kataligi s aniqlangandan keyin kesish tezligi hisoblanadi. Hisoblangan tezlikka asoslanib, bir minutdagi juft harakat soni hisoblanib, haqiqiy kesish tezligi aniqlanadi. K–bir minutdagi juft harakatlar soni L–stolning (polzunning) yurish yo’li, mm m–ishchi harakatning salt harakatga nisbati m o’r -0,75 29-rasm. 734 rusumli ko’ndalang randalash stanogi umumiy ko’rinishi. Ishlatilishiga qarab randalovchi keskichlar yo’nib o’tuvchi, podrezka qiluvchi, kesib tushiruvchi va fason keskichlarga bo’linadi. 90 Randalovchi va o’yuvchi stanoklarning turlari va ishlatilishi Randalovchi guruxga kiruvchi stanoklar quyidagi turlarga bo’linadi: ko’ndalang-randalovchi, bo’ylama-randalash va yo’nuvchi stanoklari. 737 rusumli ko’ndalang randalash stanogining tuzilishi Bu stanokda gorizontal, vertikal va burchak ostida joylashgan tekisliklar kesib ishlanadi. Kesish jarayoni keskichning ilgarilama-qaytma harakatlanishi tufayli amalga oshiriladi. Keskichning qirindi ajralishi bilan bog’liq bo’lgan ilgarilama harakati asosiy harakat bo’lib, teskari tomonga yo’nalgan harakati saltyurish deb yuritiladi. Zagotovka stolga o’rnatilib ko’ndalang yoki vertikal yo’nalishda uzlukli harakat qiladi. Bu harakatga surish harakati deyiladi. Stolning surilishi polzunning salt yurish vaqgida bajariladi. 737 rusumli stanokning umumiy ko’rinishi quyidagi 30-rasmda keltirilgan: A — tayanch ustuni, B— ko’ndalang yo’naltiruvchi; V— stol G— support; O — kesish harakatining qurilmasini gidropaneli, E — stanina; J— polzun, 3— stanina asosi; I— surish qurilmasining gidrosilindri; K— surish mexanizmi; I— supporning qo’l bilan surish dastagi; 2 — stolning surish yo’nalishini o’zgartirish dastagi, 3 — surish qiymatini o’zgartirish maxovigi. 4— poluznning yurish yo’lining uzunligini chegaralovchi tayanchlar. 30-rasm 737 rusumli ko’ndalang randalash stanogining tuzilishi. 5 — polzunning yurish tezligini o’zgartirish dastagi. 6— boshqarish qismi. 737 rusumli stanokning kinematik chizmasi quyidagi rasmda keltirilgan (30- 91 rasm): Stanok poluzunning harakat tezligi va surish kattaligi uzluksiz ravishda gidrosisgema orqali amalga oshiriladi. Bu sistema ikkita ratasion nasos YA, va YA,, beshta sozlaniluvchi zolotniklardan iborat; YA’ni 3 3 — boshqarish zolotnigi, 3 2 — reverslash zolotnigi, 3 5 — surish zolotnigi, Z^ — harakat yo’nalishini o’zgartirish zolotnigi, 3 4 — tormozlash zolotnigi. 3, — polzunning yurish tezligini (kesish tezligini) o’zgartirish uchun xizmat qiladi. Dastak R yordamida tezlik zolotnigiga uchta holat berish mumkin. Birinchi xolatda u o’ng tomonga suriladi va yog’ magistralga bitta nasos N 2 (ish unumdorligi 50 l. min) orqali yuboriladi. Nasos 1 dan kelayotgan yor esa kran Pl orqali bakka quyiladi. Bu holda polzunning tezligi minimal bo’lib, Zm/min atrofida bo’ladi. Zolotnikning ikkinchi holatida, ya’ni u o’rta holatda bo’lganida magistralga yog’ YA, — nasos orqali yuborilib, kesish tezligining ortishiga olib keladi. Zolotnikning uchinchi xolatida esa polzunning harakat tezligi eng katta qiymatga (υ= 37 m/min) ega bo’ladi. Zolotnik 3, ning birinchi holatida nasos N g dan kelayotgan yog’ kran K 1 orqali zolotnik 3 3 va 3 4 larning silindrining o’ng tomoniga kirib, ularni chap tomonga sura boshlaydi. YOg’ning asosiy qismi drossel D 1 zolotnik 3 2 va 3 4 larning o’ng tomonidagi ariqcha orqali ishchi silindrga o’ta boshlaydi va polzunni chap tomonga suradi. Ishchi silindrning chap qismidagi yog’ zolotnik 3 4 , 3 2 larning chapidagi ariqchalar va 3 3 orqali bakka quyiladi. Polzun ishchi harakatining oxirida uning o’ng tomoniga o’rnatilgan tayanch dastak R ni burib, zolotnik 3 3 ni o’ngga siljitadi. Natijada magastraldagi yog’ zolotnik 3 2 ning silindrik chap tomoniga kira boshlaydi va uni o’ngga suradi. Bu xolda nasos N 2 - dan kelayotgan yok drossel D 1 , 3 2 va 3 4 larning chap tomonidagi o’yiqlar orqali o’tib, polzunni o’ng tomonga siljitadi. Ishchi silindrining o’ng qismidagi yog esa zolotnik 3 4 va 3 2 , 3 3 lar orqali bakka quyiladi. Zolotnik 3 1 ni birinchi va ikkinchi holatlarida zolotniklar 3 2 , 3 3 , 3, ning ishlashi .oqoridagidek takrorlanadi. 92 Polzunning harakati kran K 1 ni 90° ga burish orqali to’xtatiladi. Bu xolda nasoslardan kelayotgan yog’ bakka qaytarib quyiladi. Bu stanokda stolning yurishi quyidagicha amalga oshiriladi: YOg’ magistraldan zolotnik 3 2 ning o’ng tomondagi ariqcha orqali zolotnik 3 5 ning silindrini chap qismiga kiradi va zolotnikni o’ng tomonga suradi. Bu xodsa yog’ nasos YA, dan 3 5 ning o’ng tomonidagi ariqcha orqali surish harakati silindrning ustki qismiga kirib porshenni pastga qarab sura boshlaydi. Porshen esa shtokining uch qismidagi reyka tishli g’ildirak 28 ni bura boshlaydi. Lekin bu g’iddirak salt harakat qiladi. CHunki bu g’ildirakka aylanib o’tuvchi mufta joylashtirilgan. Porshen orqa tomonga surilganda, reyka g’ildirakni teskari yo’nalishda bura boshlaydi. Natijada g’ildirak 28 mufta bilan ilashib, val 1 ni harakatga keltiradi. Harakat val I dan reverslash mexanizmining g’ildiragi 30 orqali yuritish vinti III yoki Vga uzatiladi. Natijada stanok stoli gorizontal yoki vertikal yo’nalishda harakatlana boshlaydi. Polzunning saltyurish jarayonida surish porshenini yuqoriga harakatlantirish uchun yog’ nasos N 1 dan zolotnik 3 2 orqali, zolotnik 3 5 ning silindirini o’ng qismiga yo’naltiradi. Bu xolda zolotnik 3 5 chapga suriladi va yog’, nasos N 1 dan surish silindirining pastki qisimga kirib, porshenni yuqoriga sura boshlaydi. Stolni gorizontal va vertikal yo’nalishda yuqori tezlik bilan harakatlantirish quvvati N=1 kvt bo’lgan elekgrodvigatel orqali amalga oshiriladi. Download 3.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling