Andijon davlat universiteti a. Zaparov materialalrni kesib ishlash, asboblar va stanoklar


Download 3.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/60
Sana18.10.2023
Hajmi3.35 Mb.
#1709131
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   60
Bog'liq
MATERIALALRNI KESIB ISHLASH Ўқув қўлланма

Olidingi burchagi — u ishlanishi kerak bo’lgan material turiga qarab tanlanadi. 
Protyajkalash (sidirish) stanoklarining vazifasi va turlari 
Protyajkalash stanoklari har xil profilli ichki va sirtqi tozalarga aniq ishlov berish 
uchun mo’ljallangan. Protyajkalash stanoklari quyidagi alomatlariga ko’ra turlarga 
bo’linadi: 
a) vazifasiga ko’ra — ichki va sirtqi protyajkalash stanoklari; 
b) universallik darajasiga ko’ra — umumiy ishlar uchun mo’ljallangan 
stanoklar va maxsus stanoklar; 
v) ish harakatining yo’nalishi va xarakteriga ko’ra — gorizontal, vertikal
stanoklar, protyajka yoki tayyorlama to’g’ri chiziq bo’ylab konveyer 
xarakatlanadigan, doiraviy harakatlanadigan, tayyorlama va protyajkaning bir 
vaqtda sodir bo’ladigan har xil harakatlari kombinasiyalashgan uzluksiz 
ishlaydigan stanoklar; 
g) karetkalari yoki pozisiyalarining soni jihatidan — bir karetkali, ikki 
karetkali 
yoki 
bir 
necha 
karetkali 
stanoklar; 
bir pozisiyali (odatdagi) va ko’p pozisiyali (buriluvchi stollari bo’lgan) 
stanoklar. 
Eng ko’p tarqalgan stanoklar ichki protyajkalash uchun mo’ljallangan 
gorizontal-protyajkalash, stanoklari, sirtqi va ichki protyajkalash uchun 


98 
mo’ljallangan vertikal-protyajkalash stanoklari hamda uzluksiz protyajkalash
uchun mo’ljallangan gorizontal-protyajkalash stanoklaridir. 
Protyajkalash stanoklarida bosh harakat yo kesuvchi asbobning (protyajkaning) 
yoki kesuvchi asbob qo’zg’almas bo’lib, tayyorlamaning harakatidir. Protyajkalash 
stanoklarida surish mexanizmi bo’lmaydi, chunki protyajka tishlarining bir-biriga 
nnsbatan sekin-asta ko’tarilib borishi surish o’rniga o’tadi. Protyajkalash stanoklarini 
xarakterlovchi asosiy parametrlar quyidagilardir: 
a) protyajkalashning (sidirishning) eng katta tortish kuchi, bu kuch o’rtacha 
stanoklarda 290—390 kN (30000 - 40000 kgk) ga, yirik stanoklarda esa 1170 kN 
(120000 kgk) ga etishi mumkin; 
b) protyajka yo’lining maksimal uzunligi; o’rtacha stanoklarda bu
uzunlik 350 — 2300 mm chegarasida bo’ladi. 
Odatda, protyajkalash stanoklari yarim avtomatik siklda ishlaydi.
Protyajkalash stanoklarining yuritmasi, odatda, gidravlik bo’ladi, ammo o’zgarmas 
tok zlektrik dvigatelidan ishlaydigan elektromexanikaviy yuritmali tezkor 
protyajkalash stanoklari ham ishlab chiqariladi. 

Download 3.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling