114
II-bob. MATERIALLARGA FIZIK - KIMYOVIY USULLAR BILAN
ISHLOV BERISH
1-§. Materiallarga fizik - kimyoviy usullar bilan
ishlov berishning mohiyati va kerakli uskunalar.
Mashinasozlikda yangi o’ta mustaxkam materiallarning joriy qilinishi va ulardan
xozirgi mavjud mexanik usulda ishlov berib bo’lmaydigan shakllardagi detallarni olish
bilan bog’liq bo’lgan texnologik muammolar tabora ko’payib bormoqsa. O’ta
mustahkam materiallarni kesib ishlash masalasi bilan bir vaqtda o’ta mo’rt materiallarga
ishlov berish ham xal qilishni taqozo qiluvchi masa-lalardan biridir. Masalan germaniy,
kremniy asosida olingan yarim o’tkazuvchan xossali materiallar, metallmas materiallar
(olmos, kvars va h.k.) ga ishlov berish va h.k.
YUqorida qayd etilgan muammolarni quyida ko’rsatilgan
usullardan foydalanib
xal etish mumkin. Hozirgi kunda materiallarga ishlov berishda elektrik, elektromexanik,
elektroximik, kimyoviy jarayonlar, nur energiyalaridan foydalanish mumkin.
Bu metodlarning hamma turiga oid bo’lgan
umumiy xossa, ya’ni
detalning
muayyan zonasidagi o’lchamlarini va shaklini o’zgartirish
xossasining mavjudligi bu
usullardan xuddi parmalash, frezerlash jarayonlari kabi detal va
tayyorlamalarga ishlov
berishda qo’llash imkoniyatini beradi.
Quyida biz yuqorida qayd etilgan usullarning ayrim turlarining qo’llanilishi va
ishlash tartibi bilan tanishib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: