Andijon davlat universiteti a. Zaparov materialalrni kesib ishlash, asboblar va stanoklar
Download 3.35 Mb. Pdf ko'rish
|
MATERIALALRNI KESIB ISHLASH Ўқув қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yassi jilvirlash stanoklari
RDB doiraviy jilvirlash stanogi
Hozirgi doiraviy jilvirlash stanoklari RDB sistemalari bilan jihozlanadi. «OUEKVESK» firmasining 600 — SMS rusumli bunday stanogi bunga misol qilib keltirishimiz mumkin. Bu stanok SKS toifasidagi RDB sistemasi bilan jihozlangan. Bu firmada ishlab chiqilgan doiraviy jilvirlash avtomati tayyorlamalar uchun zanjirli magazin va portal bo’ylab siljiydigan ikki qo’lli robot bilan jihozlangan. Robot tayyor detalni stanokdan olib, uni tayyor mahsulot idishiga uzatadi, shuningdek, tayyorlamani stanokka o’rnatadi. Yassi jilvirlash stanoklari Bu stanoklar yassi va tekis fason yuzalarni jilvirlashda qo’llaniladi. Yassi 107 jilvirlash stanoklari charx toshining yon qismi va tub qismi bilan ishlovchilarga bo’linadi. Bu stanoklarning ishlash chizmalari quyidagi rasmda ko’rsatilgan (40- rasm). Jilvir toshining yon tomoni bilan ishlovchi stanoklar ancha yuqori aniqlik (3-klass) olish imkoniyatini beradi. Ammo ish unumdorligi boshqa usullarga nisbatan pastrokdir. Quyidagi 3724 rusumli yassi jilvirlash stanogining tuzilishi, 40-rasm. 3724 rusumli yassi jilvirlash stanogining tuzilishi. ishlash prinsipi va kinematik chizmasi izohlangan. Stanok texnikaviy xarakteristikasi: jilvirlanuvchi yuzaning eng katta razmerlari, mm; uzunliga — 600; kengligi — 400; balandligi — 600 mm. Jilvir toshining razmerlari: mm da. maksimal — 500; minimali 375; tosh kengligi — 10; jilvir to-shining aylanish soni, minutiga — 1430; stolning harakat tezligi, mm/min. — 33; surish katgaligi — 3 mm. Stanokka asosiy harakat (jilvirlash toshining aylanma harakati) alohida elektrodvigateldan uzatiladi. Ishlov berilayotgan tayyorlama stanokning stoliga elektromagnit plita yordamida o’rnatiladi va bo’ylama yo’nalishda ilgarilama-qaytma harakat qiladi. Stanok gidrosistemasining chizmasi quyvdagi rasedda ko’rsatilgan. Suyuqlik ish unumdorligi 50 m/min, bo’lgan shesternyali nasos (N 1 ) yordamida 10—12 kg/sm 2 bosim ostida rezervuar (2), klapan (K 1 ), drossel (D 1 ) orqali reverslash zolotnigi (Z e )ning chap qismidagi o’yiq-ariqcha orqali kuch silindrik (S 1 )ning chap qismiga yuboriladi. Natijada porshenь bilan uzviy bog’langan stol (7), o’ng tomonga harakatlana boshlaydi. Silindrning o’ng qismidagi suyuqlik (yog’) zolotnik (3 2 )ning o’ng tomonidagi o’yiq, boshqarish zolotnigining o’rta kanali trubalar orqali rezervlarga 108 qaytariladi. Stolning o’ng tomonga harakati oxirida unga o’rnatilgan tayanch (R) dastak (U 1 )ni buradi, natijada boshqarish zolotnigi Z r unga, 3 2 esa chap tomonga suryladi. Bu holda suyuqlik nasosdan (12), zolotnikning o’ng tomonidagi o’yiq orqali zolotnik (3 2 ) ning o’ng qismiga kira boshlaydi va uni chapga suradi. Zolotnik (3 2 )ning chapga surilgan holatiga yog’ bosim ostida kuch silindrining o’ng tomoniga kira boshlaydi va uni chapga qarab sura boshlaydi. Drosselь (D 1 ) yordamida reverslash zolotnigi plunjerini harakatlanish tezligini kerakli qiymatda o’zgartirish mumkin. Bu hol stanok stolini asta-sekinlik bilan reverslash imkoniyatini beradi. Stanokni to’xtatish va yurgazish kran (K 1 )orqali amalga oshiriladi. Jilvirlash toshining ko’ndalangiga surish gidroprivod yoki qo’l yordamida amalga oshirilishi mumkin. Gidroprivod yordamida surish harakati quyidagicha amalga oshiriladi. Stolning har bir harakatining oxirida yog’ bosim ostida zolotnik (3 3 )ning plunjerini biror tomoniga kiradi, zolotnikning ikkinchi tomoni esa suyuqlik qaytaruvchi qismi bilan ulanadi. Plunjer bir tomondan ikkinchi tomonga surilish jarayonida ma’lum vaqg davomida ko’ndalang surish silindri (S 6 )ning yuqorigi qismini, yogai rezervuarga qaytaruvchi liniyaga ulanadi. Silindr pastki qismiga esa yor bosim ostida kira boshlaydi. Bu hodda porshenь shtok-reyka orqali yuqoriga qarab harakatlana boshlaydi va maxsus mexanizm yordamida jilvirlash babkasini suradi. Surish kattaligi qiymati maxsus mexanizm tarkibidagi sobachkani buralish burchagini sozlash orqali amalga oshiriladi. Download 3.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling