Andijon davlat universiteti a. Zaparov materialalrni kesib ishlash, asboblar va stanoklar
Download 3.35 Mb. Pdf ko'rish
|
MATERIALALRNI KESIB ISHLASH Ўқув қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki va sirtqi silindrik yuzalarni jilvirlash usullari
Jilvirlash asboblari strukturasi
Jilvirlash asbobining strukturasi deganda obraziv donalar, bog’lovchi va g’ovaklarning nisbati tushiniladi. Struktura turlarini 4 guruhi mavjud bo’lib, ular 20 ta raqamdan iborat. 13-jadval. № nomi Zich O’rtacha Ochiq Juda ochiq Struk.№ 0….3 4….8 9….12 13….20 Donador, %da 62….56 54….46 44….38 56….22 Jilvirlash toshlarining formasi (shakli) PP (ploskiy pryamoy)-to’g’ri profilli yassi. Sirtqi, ichki doiraviy va markazsiz jilvirlash, yassi jilvirlash uchun ishlatiladi. PV (ploskiy s vo’tochkoy)-o’yiqli yassi. Doiraviy va yassi jilvirlash uchun 103 ishlatiladi. PVD (Ploskoy s 2-x storonniy vitochkoy)-ikki yoqlama o’yiqli yassi.Doiraviy va yassi jilvirlash uchun ishlatiladi. K- (krugliy) -charx toshi. Kosilkalar pichoqlarini tashqi doiraviy charhlash uchun ishlatiladi. D-disksimon kruglar. Pazlar ochish va kesib tashlash uchun ishlatiladi. CHS-silindrik halqalar. YAssi jilvirlash, asboblarni charhlash uchun ishlatiladi. CHK-konussimon halqalar-kesuvchi asboblarni charhlash va qayrash uchun ishlatiladi. Ichki va sirtqi silindrik yuzalarni jilvirlash usullari Bu metod asosan silindrik yuzalarni rusumsiz stanoklarda bo’ylama va ko’ndalang surish asosida jilvirlashdan iboratdir. 37-rasm. Rusumsiz stanoklarda bo’ylama va ko’ndalang surish asosida jilvirlash. 1. Bo’ylama surish yo’li bilan jilvirlash (37-rasm, a) jarayoni jilvir toshini ikkita yo’nalishda, ya’ni o’qi atrofida aylanma (υ k ) va ishlov berilayotgan detalning o’qiga tik yo’nalishda (surish harakati — S) harakatlanishi amalga oshirilishi mumkin. Bu usulda ishlanilayotgan tayyorlama ham ikkita yo’nalishda harakatlanadi, ya’ni o’qi atrofida aylanma (υ s ) va o’qi bo’ylab ilgarilama (ko’ndalang surish S pr harakat qiladi. 2. Ko’ndalang surish usuli bilan jilvirlash (37-rasm, b). Buusulda tayyorlama va charx toshi aylanma harakat qiladi. Ko’ndalang yo’nalishda surish harakatini (S p ) tayyorlamaning aylanish o’qiga tik yo’nalishda charx toshi bajaradi. 3.Ichki silindrik yuzalarni jilvirlash usuli asosan teshiklarni jilvirlashda qo’llaniladi (37-a rasm). Bu usudda charx toshi bilan tayyorlama qarama-qarshi 104 tomonga harakatlanadi. CHarx toshi aylanma harakatdan tashqari tayyorlamani o’qi bo’ylab ilgarilama qaytma harakat ham qiladi. CHarx toshini kerakli kesish chuqurligiga (t) surish esa ikkilamchi yurishning oxirida amalga oshiriladi. Og’ir va katta tayyorlamalardagi teshiklarni jilvirlashda shpindel plantor harakatlanuvchi stanoklardan foydalaniladi (37 b-rasm). Bu holda tayyorlama qo’zg’almas qilib o’rnatilgan bo’lib, charx toshi bir vaqtda o’z o’qi atrofida (υ k ) va jilvirlanayotgan teshikning yuzasi bo’ylab aylanma harakat (υ s ) qiladi. Bu harakatlardan tashqari charx toshi bo’ylama va ko’ndalang yo’nalishlarda surilish imkoniyatiga ham ega. 4.Yassi yuzalarni jilvirlash. YAssi yuzalarni charx toshining yon yoki to’rets yuzasi bilan jilvirlash mumkin. Yassi yuzalarni jilvirlash usullari quyidagi rasmda ko’rsatilgan (38-rasm). Bu usullarningbajarilish jarayoni ishlash prinsipi jihatida bo’ylama randalash usuli bilan kesib ishlashga o’xshaydi. Masalan: charx toshining yon yuzasi bilan jilvirlashda charx toshi i 2 tezlik bilan aylanadi, tayyorlama esa i 3 tezliqda ilgarilama-qaytma harakat qiladi. Agarda toshning eni ishlov berilayotgan yuza enidan kichik bo’lsa charx toshi ko’ndalangiga surish S harakatini ham bajaradi. 5.Lentali jilvirlash. Bu usul materiya asosli jshiirlash lentalari yordamida amalga oshiriladi. Quyidagi rasmda bu usulning turli metodlari ko’rsatilgan. Jilvirlashda kesish chuqurligini oshishi tufayli ish unum-dorligani ortgarish mumkin. Bu jarayonni charx toshini formasini o’zgartirish tufayli amalga oshirish mumkin. 38-rasm. Yassi yuzalarni jilvirlash usullari. 105 Jilvirlashda ish unumdorligini charx toshi va tayyorlamaning aylanma tezligini orttirish yo’li bilan amalga oshirish mumkin. Bunday sharoitlarda, yani υ = 50m/s. bo’lganda yuqori mexanik xossalar maxsus bog’lovchi bilan biriktirilgan charx toshlaridan foyda-laniladi. Download 3.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling