Andijon davlat universiteti a. Zaparov materialalrni kesib ishlash, asboblar va stanoklar


Lazer nuri bilan ishlov berish usuli


Download 3.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/60
Sana18.10.2023
Hajmi3.35 Mb.
#1709131
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Bog'liq
MATERIALALRNI KESIB ISHLASH Ўқув қўлланма

Lazer nuri bilan ishlov berish usuli
Lazer — inglizcha atama bo’lib, “yorug’likni ma’lum maqsad bilan kuchaytirish”, 
degan ma’noni bildiradi. Lazer — kogerent mono-xromatik yorug’lik tarqatuvchi 
uskunadir. Uning oddiy yoruklikdan farqi shundaki, odsiy yorug’lik har xil to’lqin 
uzunlikdagi tartibsiz harakatlanuvchi nurlanishlar aralash-masidan iborat bo’lsa, lazer 
nuri bir xil uzunlikdagi, bir-biriga juda xam parallel bo’lgan ingichka va yorug’ nur 
oqimidan iboratdir. 
46-rasm. Lazer nuri bilan ishlov berish. 


119 
Lazer nuri optik qurilmalar yordamida tayyorlamaning ishlov berilishi kerak bo’lgan 
yuzasiga yubo-riladi. Bu nur energiyasining zichligi 10
13
Vt/sm2 bo’lib, zonada hosil 
bo’layotgan issiqlik ta’sirida har qanday material (uning turi, qattikligidan qat’i nazar) 
erib, parga aylanishi mumkin. Hosil bo’layotgan issiqlik miqsorining ta’sir etish davri 
juda qisqa (0,001-0,0001 s) bo’lganligi uchun ishlov berilayotgan yuzaning atrofidagi 
materialning xossasi o’zgarmaydi
34

Elektrokimyoviy usul. 
Elektrokimyoviy metod bilan 
ishlov 
berish 
jarayoni 
tok 
o’tkazuvchi 
materiallarni 
elektrolitlarda 
emirilishiga 
asoslangandir. 
47-rasm. Elektrokimyoviy usul. 
Bu jarayon anodli-erish jarayoni, deb yuritiladi. Asosan emirilish anod-
tayyorlamaning yuza notekisligi cho’qqilarida sodir bo’ladi. Bunga sabab, bu 
cho’qqilarda tok zichligining katta bo’lishi va yuzadagi pastliklarning emirilish 
jarayonida xosil bo’luvchi mahsulot bilan to’lib qolishidir. Natijada tayyorlamaning 
ishlov berilayotgan yuzasidagi notekisliklar tekislanib, yaltiroq yuza hosil bo’ladi. 
Bu usul bilan ishlov berishda ishlov berilgan yuzada deformatsiyalangan qatlam
mikroyorliqlar, puxtalanish va termik o’zgarish jarayonlari sodir bo’lmaydi. Natijada 
detallarning fizik, mexanik xususiyatlari yaxshilanadi. 
Ayrim materiallarga ishlov berishda, masalan, nikelь qotishmalarini ishlashda 
ularning elektrik, magnit xossalari, zanglashga qarshiligi ortadi. 
Bu usulda materiallarning anodning vaqt birligiga erishish tezligi uning materialiga 
va anoddagi tok zichligiga bog’liq bo’ladi. 
Bu jarayondagi erigan metallning miqsori Faradey qonuniga bo’ysunadi va 
34
Work Theory of the Laser Cutting Machine
http://www.oocities.org/venkatej/mech/tomc/tomc.html
 


120 
quyidagi formula orqali aniqlanadi: 
Q
naz
=A·I·t/n·F 
Bu erda: Q
naz
— metalning erishi tufayli hosil bo’lgan mahsulot, g.
I— tok miqsori, A 
t— vaqt, sek. 
n - valentlik. 
F— Faradey soni (96494 ga teng.) 
A — molekulyar og’irlik. 
Ma’lum qalinliqdagi metall qatlamini olib tashlash uchun kerak bo’lgan tok 
quyidagicha aniqlanadi: 
_ I=δ·S·d·1000 / C·t·η 
S — elektrokimiyoviy ekvivalent, g/a - da. 
d — metalning zichligi, g/sm2. 
S — ishlov berilayotgan yuza maydoni, dm2. 
η — eritilgan materialning haqiqiy miqsorini hisobga oluvchi koeffisient. 
Bu jarayonda qo’llaniladigan elektrolitlar ishlanishi kerak bo’lgan materialning turiga 
qarab tanlanadi. Masalan, alyuminiy va uning AK4, AL4 kabi rusumlari,.xlorli 
natriyning 25% li suvli eritmasida, nikelь, xrom qotishmalarini esa oltingugurt 
natriysining 15% li eritmalarida ishlash tavsiya qilinadi. 
Elektrokimyoviy ishlov berish usuli 7—8 klass yuza tozaliklarini olishni ta’minlaydi. 
Ish unumdorligi esa materialning turidan qat’i nazar, asosan o’tayotgan tok miqsori, 
issiqlik va elektrolitningtozalygigabog’liqbo’ladi. Elektrokimyoviy usul bilan 
tayyorlamalardagi chiqiqlarini olish, teshish, teshiklarni kalibrlash, yuzalarni pardozlash 
mumkin. 
Ayrim hollarda, masalan, murakkab shakldagi yuzalarga ishlov berishda 
elektrokimiyoviy usulning ish unumdorligi mexanik ishlov berish usullariga nisbatan 5—
7 marotaba yuqori bo’ladi. 

Download 3.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling