Anod — mexanik usul
Bu usulda ishlov berish jarayoni bir vaqtda elektromexanik elektrouchqunli eletrolit
(suyuq shishaning suvli eritmasi) ta’siriga asoslangan. Bunda vannadan o’zgarmas tok
o’tayotganda tayyorlama sirti (anod)da erigan metall mahsuloti pardasi hosil bo’lib, u
asbob (katod) bilan mexanik ajratiladi(43-rasm).
Kombinirlangan
jarayonning
qaysi
biri
ustunligiga ko’ra, anod — mexanik usul tozalab
ishlov berish (tok kuchi 5—10 A li past rejimli) yoki
xomaki ishlov berishga (tok kuchi 50—100 A li
yuqori rejimli) bo’linadi.
43-rasm. Anod — mexanik usul.
a) materiallarni anod — mexanik usulda xomaki ishlash. Bu usulda qiyin kesib
ishlanadigan tayyorlamalarni qirqish, qattiq qotishmali keskichlarni charxlash va boshqa
ishlarda foydalaniladi. Bu usulda ishlov beriladigan tayyorlama o’zgarmas tok
manbaining musbat qutbiga, asbob (metall disk) esa manfiy qutbiga ulanadi, binobarin,
tayyorlama anod, asbob esa katod rolini o’taydi.
Asbob odatda po’lat, cho’yan yoki misdan disk tarzida tayyorlanadi. Jarayon
davomida asbob katta tezlikda (15 — 30 m/s) aylanib turadi, bunda tayyorlama bilan
asbob oraligiga sopoldan elektrolit yuborib turiladi. Zanjirdan kuchlanishi 20—30 V,
zichligi katta tok (1 sm2 ga 100 A) o’tkazilganda asbobning tayyorlamaga nisbatan
surilishida elektrodlarning yuzalaridagi notekis erlaridan tok razryadi o’tadi. Natijada bu
mikroskoplik uchastkalar suyuqlanib ajraladi.
Ma’lumki, elektrokimiyoviy jarayon natijasida tayyorlama (anod) sirtida tok
o’tkazmaydigan oksid parda hosil bo’ladi.
Zagotovkaning parda qirib olingan sirtida yangi parda hosil bo’ladi, asbob esa bu
yangi pardani ham qirib, shu yo’sinda jarayon takrorlana boradi.
SHuni qayd etish zarurki, tozalab ishlashda ishlanuvchi buyum aniqligi 2 klassga,
yuza g’adir-buxurligi esa Ka=1,6-08 mkmga oshadi, lekin ish unumi kichik (1—3
mm3/min) bo’ladi.
117
Do'stlaringiz bilan baham: |