100
protyajkalash stanogining chizmasi keltirilgan. Zagotovka stol 1 ga o’rnatiladigan
moslamaga mahkamlanadi. Protyajka asboblar plitasi yordamida stanina
3 ning
vertikal yo’naltiruvchilari bo’ylab
siljiydigan karetka 2 ga mahkamlanadi.
Protyajka gidroyuritma yordamida harakatga keltiriladi.
Uzluksiz ishlaydigan protyajkalash
stanoklari. 35 - rasm,
a da sirtqi
protyajkalash uchun mo’ljallangan
uzluksiz
ishlovchi
zanjirli
protyajkalash
stanogining
ishlash
chizmasi ko’rsatilgan.
Bu stanok
seriyalab va ko’plab mahsulot ishlab
chiqarish sharoitida ishlatiladi. Ishlov
beriladigan detallar
35-rasm. Uzluksiz ishlaydigan protyajkalash stanoklari.
cheksiz zanjirga joylashtirilgan maxsusmoslamaga o’rnatiladi. Detallar protyajka
bilan yo’naltiruvchi plita orasidan o’tayotib, tegishli ravishda
ishlanadi va ishlov
berilgakdan keyin siqish moslamalaridan avtomatik ravishda bo’shaydi.
40- rasm,
b da ko’rsatilgan stanok doiraviy silindr sirtining bir qismi bo’lgan
yuzalarni uzluksiz protyajkalash uchun ishlatiladi. Bu erda protyajkalar aylanuvchi
stolning yo markaziy qismiga yoki chekkasiga o’rnatilishi mumkin.
Nazorat savollari:
1. Randalash va o’yish usuli bilan qanday yuzalarga ishlov berish mumkin?
2. Randalashda kesish rejimi elementlarini tushuntirib bering.
3. Randalash va o’yish keskichlarini tuzilishini tushuntiring.
4. Randalash keskichlari tokarlik keskichlaridan nimasi bilan farq qiladi?
5. Ko’ndalang randalash stanogini tuzilish va ish jarayonini tushuntiring.
6. O’yish stanoklarini tuzilish va ish jarayonini tushuntiring.
7. Protyajkalash usuli bilan qanday yuzalarga ishlov berish mumkin?