Andijon davlat universiteti a. Zaparov materialalrni kesib ishlash, asboblar va stanoklar
Jilvirlash stanoklarining turlari
Download 3.35 Mb. Pdf ko'rish
|
MATERIALALRNI KESIB ISHLASH Ўқув қўлланма
Jilvirlash stanoklarining turlari
Jilvirlash stanoklari bajaradigan ish turiga qarab quyvdagi turlarda bo’ladi: a) sirtqi yumaloq yuzalarini jilvirlovchi stanoklar; b) ichki silindrlik yuzalarni jilvirlovchi stanoklar; v) rusumzsiz jilvirlash stanoklari; g) yassi yuzalarni jilvirlovchi stanoklar; d) charxlovchi stanoklar. Sirtqi yuzalarni jilvirlovchi stanoklar universal, universal bo’lmagan, o’yuvchi va maxsus stanoklarga bo’linadi. Quyida biz jilvirlash stanoklarning ayrimlarini tuzilishi vaishlash prinsipi bilan tanishib chiqamiz (39-rasm). 3151- rusumli silindrik yuzalarni jilvirlash stanogi — bu stanok rusumzlarda silindrik sirtqi yuzalarga, to’rets yuzalarga ishlov berishlarda qo’llaniladi. Stanokning texnik xarakteristikasi: jilvirlash yuzasining eng katga diametri -200 mm; rusumzlar orasidagi eng katta masofa - 780 mm; 39-rasm. 3151- rusumli silindrik yuzalarni jilvirlash stanogi. Jilvirlash babkasining ko’ndalang maksimal surilish katgaligi — 200 mm. Jilvir toshning bir minutdagi aylanish soni — 1050 ayl/ min. Zagotovka shpindelning tezliklar soni — 3; tayyorlama shpindelning aylanishlar 106 sonining pastki va ustki qiymatlari 75—300; sganok stolining bo’ylama yo’nalishdagi maksimal va minimal surilish tezliklari 0,1—10 m/min. Jilvirlash babkasining stolini radial yo’nalishlardagi surilish qiymatlari 0,01—0,03 mm. Asosiy elektrodvigatelning quvvati N-7 kVt. Stanokning umumiy ko’rinishi quyidagi 39-rasmda ko’rsatilgan. Ishlov berilayotgan detalь aylanuvchan plitaga o’rnatilgan qo’zg’almas odsingi va orqa babkalarga markazlar bilan o’rnatiladi. CHarx tosh esa jilvirlovchi babkani shpindeliga o’rnatiladi va o’zgarmas tezlikda aylanma harakat qiladi. Bu stanokda tayyorlamaga uch xil usul bilan ishlov berish mumkin: Bo’ylama surish usuli — bu usul ishlov berilayotgan detal bir marotaba to’la aylangandan keyin, toshning o’qi bo’ylab charx toshi enining 0,25—0,7 kattaligida ilgarilama harakat uzatiladi. Stanok stoli harakatining oxirida jilvirlash babkasi ko’ndalangaga suriladi. Bu usul yuqori ishlov berish anikligini ta’minlaydi. CHarx toshini tayyorlamaga botirib jilvirlash usuli. Bu usulda charx toshining eni tayyorlamaning jilvirlanayotgan yuzasidan katta bo’lishi kerak. Bu usul yuqori unumdor bo’lib, silindrik, konussimon va fason yuzalarga ishlov berishda qo’llaniladi. Katta chuqurliqsa jilvirlash — bu usulda charx toshi konussimon o’r qismli bo’lib, birdaniga hamma quyim qalinligiga olishga sozlanadi. Download 3.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling