Andijon davlat universiteti a. Zaparov materialalrni kesib ishlash, asboblar va stanoklar
Download 3.35 Mb. Pdf ko'rish
|
MATERIALALRNI KESIB ISHLASH Ўқув қўлланма
Nazorat uchun savollar.
1. Metall kesish stano’klari qaysi belgilariga ko’ra klassifikasiyalanadi? 2. Ishlov berish aniqligiga ko’ra stano’klar qanday turlarga bo’linadi? 3. Agregat stano’klar deb qanday stano’klarga аytiladi? 2-§. Tokarlik stanoklari. Hozirgi zamon korxonalarida mavjud bo’lgan stanoklar parki-ning 40—50 foizi tokarlik guruhiga kiruvchi stanoklardan iborat bo’lib, materiallarni kesib ishlash jarayonida asosiy o’rinlardan birini tashkil etadi. Tokarlik stanoklarida turlicha ishlarni bajarish mumkin, ya’ni: Silindrik, konussimon va fason yuzalarni yo’nish; Konussimon va silindrik teshiklarni kengaytirish; To’rets yuzalarga ishlov berish; Tashqi va ichki rezbalarni o’yish; Parmalash, zenkerlash, razvertkalash va h.k 28 . Tokarlik stanoklari tuzilishi va bajariladigan ish xarakteriga qarab quyidagi turlarga bo’linadi: 1. Oddiy tokarlik stanoklari — oddiy tokarlik stanoklaridan yuritish vintining mavjudligi va universalligi bilan farq qiladi. 2. Ko’pkeskichli tokarlik stanoklari — bu stanoklarda detallarga bir yo’la bir necha keskich bilan ishlov berish mumkin. Stanok ko’ndalang, yo’nalishda harakatlanuvchi oldingi support va bo’ylama surish harakatini tahminlovchi orqa supportlar bilan tahminlangan. Asosan pog’onali val tipidagi detallarga ishlov berishda qo’llaniladi. 3. Tokarlik-revolver stanoklari patronga mahkamlangan dona tayyorlamadan va 28 «MetalCuttingTheoryandPractice» DavidA.Stephenson, John S. Agapiou 27-30 pg 70 chiviqlardan detallar tayyorlashda ishlatiladi. Stanok kesuvchi asboblarni o’rnatish uchun reyulver kallak bilan jihozlangan. 4. Tokar-karusel va lobovoy stanoklar - asosan katta diametrli kalta tayyorlamalarni ishlashda qo’llaniladi. Karusel stanoklari planshaybasini gorizontal o’qda joylanishi bilan lobovoy stanoklardan farq qiladi. 5. Tokarlik avtomat va yarim avtomat stanoklar - dona yoki chiviqsimon tayyorlamalarni kesib ishlashga moslanilgan bo’ladi. Bunday stanoklarda texnologik jarayon to’la avtomatlashtirilgan bo’ladi. YArim avtomatlarda esa tayyorlamani maxkamlash va detallarni bo’shatib olish qo’lda bajariladi. 6. Maxsus stanoklar — kesib tushiruvchi, o’yuvchi, nusxalovchi va h.k. iborat bo’lib, har bir stanok faqat maxsus biror tokarlik jarayonni bajarishga moslanilgan. Tokarlik—vintqirqish stanogining tuzilishi Quyidagi rasmda 1K62 modeli tokarlik — vintqirqish stanogining asosiy uzellari va boshqarish organlari: stanina va uning tumbalari, oldingi va orqa babkasi, surishlar qutisi, keskich tutqichli support, supportni harakatga keltirish mexanizmi joylashgan fartuk va stanokni boshqarish elementlari tasvirlangan(20-rasm). Stanina va uning tumbalari (21) stanokning barcha uzellarini o’rnatish va maxkamlash uchun baza vazifasini o’taydi. Stanina yuqori sifatli cho’yandan quyiladi. Stanok ishining sifati staninaning bikrligi va eyilishiga chidamliligiga ko’p jihatdan bogliqsir. Staninaning yuqorigi yuzasida gorizontal joylashgan vurtta yo’naltiruvchi (a) bor. Oldingi prizmatik va orqa shassi yo’naltiruvchilarda support karetkasi (b), ichki yo’naltiruvchilarda esa orqa babka (15) harakatlanadi. Stanina yuqorigi qismi konstruksiyasining bunday bo’lishiga sabab shuki, support karetkasi ostidagi yo’naltirgichlar supportning tez-tez surilib turishi natijasida tezroq eyiladi, orqa babka ostidagi yo’naltirgichlar esa deyarli eyilmaydi, bu hol oldingi va orqa babkalar uchlarining bir-biriga to’g’ri kelib turishini tahminlaydi. 71 20-rasm. 1K62 rusumli tokarlik — vintqirqish stanogi. Oldingi babka (2) staninadan qo’zg’almaydigan qilib mahkam-langan, unda shpindel (v) ga har xil aylanish sonlari (tezliklar) beradigan yuritma bor. SHpindel ichi xovol vali bo’lib, uning oldingi uchida markazning quyrug’i, kesuvchi asbob yoki oraliq vtulka o’rnatiladigan konus bor. SHpindelning odsingi sirtiga patron yoki planshayba burash uchun rezba ham qirqilgan. Agar tayyorlama chivikdan iborat bo’lsa, u chiviq shpindel ichidagi teshikdan o’tkaziladi va patronga mahkamlanadi; qisqa tayyorlamalar patronga mahkamlanib yoki markazlarda siqilib yo’niladi. Orqa babka (15) staninaning o’ng tomoniga o’rnatilgan bo’lib, markazlar orasiga siqib yo’niladigan tayyorlamalarni tutib turish uchun xizmat qiladi, undan tayyorlama teshik parmalashda yoki tayyorlamadagi teshikka ishlov berishda kesuvchi asbobni (parma, zenker, razvyortka) o’rnatish va mahkamlash uchun foydalansa ham bo’ladi. Markaz va kesuvchi asboblar orqa babkaning penoli (g)ga o’rnatilgan. Kesib ishlanadigan detal uzunligining ortishi bilan orqa babka staninaning yo’naltiruvchilari bo’ylab siljitilishi va oldingi babkadan tegishli oraliqsa mahkam qo’yshtishi mumkin. Orqa babka korpusi (d)ni plita (e)ga nisbatan ko’ndalangiga siljitish hisobiga konus yuzalarini yo’nish mumkin. Surishlar qutisi (23) surish qiymatini rostlash uchun xizmat qiladi va shpindel (v)dan surishlar mexanizmi orqali surish vali (j) yoki surish vinti (z) ga harakat uzatadi, surish vali yoki surish vinti esa support mexanizmlarini harakatga keltiradi. Keskich tutgichli support (10) keskich tutqich (i) ga o’rnatilgan va mahkamlangan 72 keskichga markazlar o’qiga nisbatan olganda bo’ylama, ko’ndalang yo’nalishlarda, konus sirtlar yo’nishida esa mahlum burchak ostida surish harakati uzatish uchun xizmat qiladi. Karetkaning yo’naltiruvchilarida ko’ndalang yo’nalishda salaskalar (k) qo’l bilan yoki mexanik usulda suriladi. Supportni keskich tutqich bilan birgaliqda ikkala tomonga ham 45° burish mumkin. Keskich tutqichli yuqorigi salastkalar (l) faqat qo’l bilan surilishi mumkin. Fartuk support (20) koretkasi bilan qimirlamaydigan qilib mahkamlangan. Fartukda supportni surish mexanizmi joylashgan, bu mexanizm bilan surish valini (j) aylantiradi. Surish validan bo’ylama va ko’ndalang yo’nishda, shuningdek, spirallar qirqishda foydalaniladi. Bo’ylama yo’nalishda ham surish vinti (z)dan harakatga keltiriladi, supportning bu harakatidan, ko’pincha, rezba qirqish uchun foydalaniladi. Download 3.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling