Andijon davlat universiteti a. Zaparov materialalrni kesib ishlash, asboblar va stanoklar
Download 3.35 Mb. Pdf ko'rish
|
MATERIALALRNI KESIB ISHLASH Ўқув қўлланма
Nazorat uchun savollar
1. Ishlov berilgan yuza sifatini belgilovchi asosiy omillar qaysilar? 2. Yuza gad’ir –budurligi nima va u qanday aniqlanadi? 3. O’rtacha arifmetik chetga chiqish nima? 4. Yuza tozaligi qanday aniqlanadi? 5. Yuza tozaligi nechta klassga bo’linadi? 5-§. Materiallarning kesib ishlanuvchanligi. Materiallarni kesuvchi asbob bilan yo’nila olish xususiyatiga kesib ishlanuvchanlik deyiladi. Materiallarning kesib ishlanuvchanligi kesish tezligi, kesuvchi asbobning turg’unligi, kesib ishlashga sarflanadigan kuvvat, kesish kuchi, ishlov berish aniqligi, yuza tozaligi bilan harakterlanadi. SHuning uchun material tanlashda konstruktiv harakterdagi xususiyatlarni emas, balki kesib ishlanuvchanlikni ham hisobga olish kerak 22 . Plastik materialyaarning kesib ishlanuvchanlik darajasi fizik mexaniqaviy xossalariga qarab turlicha bo’ladi. Plastik massalarning asosiy tarkibiy qismi yuqori molekulyar organik moddalar - sunhiy va sintetik yoki tabiiy smolalardan iborat bo’ladi. Plastik massalarii kesib ishlanuvchanlik darajasiga qarab ikki turga bo’lish mumkni. 1. Issiqlik va bosim tahsiri ostida kimyoviy jihatdan o’zgarishi mumkin bo’lgan plastik massalar. Odatda ularni issiqlik ka 1 chidamliligi past bo’ladn va temparatura tahsiri ostida o’z puxtaligini yo’qotadi. 2. Termobardosh plastik massalar. Bunday plastik massalar issiqlik va bosim ostida kimyoviy jihatdan o’zgarmaydi. Ular jumlasiga kremniy - organiq plasstmassalarni kiritish mumkin. Umuman olganda barcha plastik massalarni issiqlik o’tkazuvchanligi past 22 «MetalCuttingTheoryandPractice» DavidA.Stephenson, John S. Agapiou 623 pg 61 bo’ladi, shuning uchun ularni kesish jarayonida hosil bo’ladigan issiqlik kesish zonasida kesuvchi asbobda to’planadi. Qizigan plastmassalar plastik bo’lib qoladi, bu esa kesishni qiyinlashtiradi ya’ni kesuvchi asbobga yopishib koladi. Ba’zi plastik massalar tarkibiga kiruvchi moddalarda abraziv xossalari bo’ladi, bu hol kesuvchi asbobning nnteesiv ravishda eyilishiga olib keladi. To’kima, yog’och va ip gazlama to’ldirgichli plastnk massalar katta tezliklar bilan kesib ishlanadi, bunda kesim yuzi kichik qilib olinadi. Suv shimuvchi plastik massalar /getinaks, tekstolit, kordovoloknit/ sovutish suyuqligisiz kesib ishlanadi. Yog’och ham xuddi metallar kabi kesib ishlanadi. YOg’och mexaniq xossalari jihatidan quyidagi jinslarga bo’linadi: qattiq, urtacha qattikdikdagi va yumshoq, tolalarining yo’nalishi jihatidan yog’och materiallari bo’ylama, ko’ndalang to’retsli materiallarga bo’linadi. YOgochning qattiqligi past, u yuqori temparaturaga bardosh beraolmaydi, har xil yunalishda tolalarining xossalari har xil bo’ladi, yog’ochni kesib ishlash ancha oson. Materiallarni kesib ishlanuvchanligini aniqlash usullari. Materiallerning kesib ishlanuvchanligini baholash uchun kesish tezligining kesuvchi asbob turgunligiga bogliqligini aniqlashning bir nscha usuli bor. Meterialning kesib ishlanuvchanligini haraktrlovchi eng aniq natijalarni kesish tezligining kesuvchi asbob turgunligi, kesish chuqurligi va surish qiymatlariga bog’lanishini ifodolovchi munosabatlardan olish mumkin: Materiallarni kesib ishlanuchanligini aniqlashning bunday usuli eng aniq natijalar beradi, ammo bu usul tadkikot uchun ko’p vaqt, sinaladigan ko’p mikdor material va kesuvchi asbob talab etadi, shu sababli sinov davrini kiskartirish uchun uncha aniq bulmasada tez bajariladigan usullardan foydalaniladi. Bu usullar jumlasiga teskari to’rets yo’nish, temparaturaviy va radioaktiv izotoplar usullarini kiritish mumkin. To’rets yo’nish usuli. Bu usulning moxiyati shundan iboratki, sinaladigan materiallarning to’retsi markazidan boshlab chetiga tomon ya’ni tobora ortib boradigan kesish tezligi bnlan yo’niladi, bunda aylanishlar soni uzgarmas bo’ladi. 62 Yo’nish diskning to’retsi buylab keskich o’tmaslashguncha davom ettiriladi. SHu sababli aylanishlar soni kesuvchi asbob bir utish davomida utmaslanadigan kilib tanlanshi. Sinaladigan disk namunaning diametri kamida 300 mm, teshikning diametri esa 30 mm kilib olinadi. Ortib boruvchi kesish tezligi bilan utkazilgan sinovlardan keyin natijalar quyidagi bog’lanish tarzida ifodalanadi. Bunda barcha holatlar uchun kesuvchi asboblarning turgunligi /T/ bir xil deb karaladi. Ana shu ifoda matsrialning kesib ishlanuvchanligini harakterlaydi. Temperaturaviy usul. Bu usulning moxiyati shundan iboratki, kesish temparaturasi kesish rejimlari - kesish tezligi, kesish chuqurligi va surish kiimatlariga karab aniqlanadi. Olingan natijalar asosida bog’lanish keltirilib chiqariladi. Kesish temperaturasi uzgarmas bulsa, kesishning barcha rejimlarida kesuvchi asbobning turgunligi bir xil deb hisoblanadi 23 . Radioaktiv izotoplar usulida - radioaktiv nurlantirilgan keskichning eyilish intevsivligi chiqayotgan qirindi orqali Geyger schetchigi yordamida aniqlanib eyilganlik darajasi aniqlanadi va keskichning turgunligi aniqlangandan so’ng yuqoridagi bog’lanish keltirib chiqariladi. Download 3.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling