Andijon davlat universiteti a. Zaparov materialalrni kesib ishlash, asboblar va stanoklar


Download 3.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/60
Sana18.10.2023
Hajmi3.35 Mb.
#1709131
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   60
Bog'liq
MATERIALALRNI KESIB ISHLASH Ўқув қўлланма

Gazlar bilan sovitish. 
Qiyin ishlov beriluvchi materiallarni kesishda kesuvchi asboblarni sovitish 
uchun gazlar, qisman qisilgan xavo azot va karbonat angdriddan foydalaniladi.
Qisilgan xavo – 25-50
0
S gacha sovitishda qo’llaniladi. Xavo bosimi 0,2 
mm/m ( 2 atm ) ni tashqil etadi. Jixozlarning katta murakkablikka ega ekanligi
sababli qisilgan xavoni xozirgi paytda qo’llash maqsadga muvofiq emas.
Karbonat angidriddan quyidagi materiallarga ishlov berishda qo’llaniladi: 
nikelo, volofrom, nobalot, xrom va boshqalar. Bularni boshqa sovitish usulida 
kesib ishlash mumkin emas.
Kesish muhitini sovitishda tarqalib ketgan gazlarni qo’llash asosiy rolo 
o’ynaydi. Azot va karbonat angidrid gazlar kesish muhitida kislorodni siqib 
16
«MetalCuttingTheoryandPractice» DavidA.Stephenson, John S. Agapiou 788-789 pg 


53 
chiqaradi va detal-kesuvchi asbob yuzalarini oksidlanishini oldini oladi.
Karbrnat angidridni qo’llashda sex xonalarini shamollatish uchun qo’shimcha 
choralarni ko’rish lozim
17
.
Nazorat savollari: 
1. Nima uchun kesish jarayonida issiqlik ajraladi? 
2. Hosil bo’lgan issiqlik ning qancha qism keskichga va qancha qismi ishlov 
berilayotgan materialga o’tadi? 
3. Ajralib chiqayotgan issiqlik kesish jarayoniga qanday ta’sir ko’rsatadi? 
4. Issiqlik qanday usullar yordamida aniqlanadi? 
5. Moylash sovutish suyuqliklari qanday maqsadda qo’llaniladi? 
6. MSSlari ish zonasiga qanday usullarda yuboriladi? 
7. Mo’rt materiallarni kesib ishlashda qanday turdagi sovutgichlardan 
foydalaniladi? 
3-§. Materiallarning kesishga qarshiligi. Yo’nish, parmalash, frezerlashda 
kesish kuchini aniqlash metodlari. 
 
Barcha materiallar kesish jarayonida kesuvchi asbobning botishiga va 
zagatovkaning yo’nilayotgan yuzasidan qirindining ajralishiga qarshilik ko’rsatadi. 
Binobarin kesuvchi asbobga kesish vaqtida materiallarning kesishga ko’rsatadigan 
qarshiligini enga oladigan kuch tahsir etdirish zarur. 
Kesish jarayonida keskich materiallarning kesishga ko’rsatadigan qarshilik 
kuchlarni engadi bu qarshilik kuchlari: 
1. Metallarning kesib olinayotgan
qatlamlarining elastik va plastik 
diformasiyalanishiga ko’rsatadigan 
qarshilik kuchlaridan. 
2. Qirindi elementlarining
zagatovka sirtidan ajralishga 
ko’rsatadngan karshilik kuchidan. 
3. Qirindining keskich oldnngi
yuzasiga keskich keyingi 
yuzalarining 
kesish 
yuzasiga 
17
«MetalCuttingTheoryandPractice» DavidA.Stephenson, John S. Agapiou 797-798 pg 
16-rasm. Bo’ylama (

) va ko’ndalang (b) va 
ishlov berishda kesish kuchlari 


54 
ishkalanishi natijasida hosil bo’ladigan kuchlardan iborat
18

Keskichga tahsir etuvchi barcha kuchlarning teng tasir etuvchisi R ni uchta tashkil 
etuvchi kuchlarga ajratish mumkin. 
1. Kesish kuchi /tangensial kuch/ Rz bu kuch keskichga yuqoridan 
stanokning asosiy harakat yo’nalishida kesish yuzasiga urinma bo’ylab tahsir 
etadi. 
2. Surish kuchi /o’q bo’ylab yo’nalgan kuch/ Rx bu kuch yo’nilayotgan 
zagatovka o’ki bo’ylab, surish yo’nalishiga teskari yo’nalishda tahsir etadi. 
3. Radial kuch Ru, bu kuch zagatovka radiusi bo’ylab yo’nalgan bo’lib 
keskichni zagatovkadan itaradi. 
Kesish kuchi Rz asosiy kuch bo’lib, uz qiymat jihatidan tashkil etuvchi 
barcha kuchlarning eng kattasidir. Aylantiruvchi moment va kesish kuvvati ana shu 
kuch asosida hisoblab topiladi. 
Keskichga tahsir etuvchi barcha kuchlarning teng tahsir etuvchisi quyidagi 
formuladan paralelogragm koidasiga asosan hisoblab topiladi. 
Rz, Rx va Ru kuchlar orasidagi taqribiy nisbat tajriba yo’li bilan topilgan. 
Burchaklari 

-45°, 

q15°, 

q0 bo’lgan o’tuvchi o’tkir keskich bilan yo’nishda: 
Binobarin teng ta’sir etuvchi kuchning qiymati quyidagicha: 
Kesish sharoiti, kesuvchi asbob geometriyasining o’zgarishi va keskich 
eyilish qiymatining o’zgarishi bilan tashkil etuvchi kuchlar orasidagi nisbat uzgarib 
turadi. SHu sababdan amalda Rz - kesish kuchini o’lchash bilan kifoyalanadi. 
Kesish kuchi Rz mikdorini quyidagicha eksperimental formula yordamida hisoblab 
topiladi; 
18
«MetalCuttingTheoryandPractice» DavidA.Stephenson, John S. Agapiou 665 pg 


55 
Bu erda R, - kesish kuchi, nyuton /n/ va kG hisobida, Sr - kesish sharoiti va 
materiallarga bog’liq koeffisient, S- surish, t - kesish chuqurligi, V - kesish tezligi, 
x,u,p - Daraja ko’rsatkichlar. k -yo’nishning konkret sharoitini hisobga oluvchi 
umumiy tuzatish koeffmisenti, 
Bu erda umumiy tuzatish koeffisieti: yo’nalayotgan material 
mexaniqaviy xossalarni, keskich oligi burchagini, plandagi asosiy burchakni, 
keskich uchi yumoloqlanish radiusi qiymatini, kesish tezligini, keskich yoyilganlik 
darajasini va sovutish – moylash suyuqliklaridan foydalanishni hisobga oluvchi 
koeffisientlar ko’paytmasidan iborat bo’ladi. Kesish kuchi Rz ning miqdorini 
yo’nilayotgan materialning mexaniqaviy xossalari, kesish reji elementpari, kesish 
sharoiti, kesuvchi asbob geometrik parametrlar, sovutish - moylash suyuqlnklari va 
boshqa bir qator faktorlar tahsir ko’satadi
19

Bu faktorlarning tahsir etish ko’rsatkichlari tegishli jadvallarda /k/ ning qiymatlari 
sifatida berilgan. 
Kesish jarayoniga sarflanadigan quvvat kesish kuchi Rz miqdoriga qarab 
aniqlanadi. Bunda surish kuchi Rx kesishga sarflanadigan quvvatning 1-2 foizini 
tashkil etadi.
17-rasm. Kuchning kattaligiga
19
«MetalCuttingTheoryandPractice» DavidA.Stephenson, John S. Agapiou 502-507 pg 


56 
ta’sir etuvchi faktorlar 
Bu kuchning ish bajarmasligi hisobga olinadi. Binobarin kesishga 
sarflanadigan effektiv quvvat:
Bu erda kesish kuchi Rz - kg , 

- m/minlarda. Stanok yuritmasidagi elektr 
dvigatelning sarflayotgan quvvati 

- stanokning f.i.k. o’rtacha 0,9 atrofida. 
Kesish kuchi RZ yo’nilayotgan zagatovkada aylantiruvchi moment hosil 
qiladi. Aylantiruvchi moment: 
Bu erda D - yo’nilayotgan zagatovkaning diametri, mm. Keskich kesish kuchi R7 
tahsiri ostida eshladi, keskichning chiqish uzunligi qancha katta bo’lsa, eguvchi 
moment shuncha katta bo’ladi: 
Bu erda l -keskichning chiqish uzunligi. 
Amalda kesish kuchi R
Z
ning qiymatinn maxsus dinamometr yordamida 
o’lchanadi, Kesish kuchini o’lchovchi dinamometr tokarlik-stanogining keskich 
mahkamlagichi o’rniga o’rnatilib bevosita kesish jarayonidagi keskichga tahsir 
etuvchi kesish kuchi mikdorini aniqlaydi. 

Download 3.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling