Andijon davlat universiteti a. Zaparov materialalrni kesib ishlash, asboblar va stanoklar


Download 3.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/60
Sana18.10.2023
Hajmi3.35 Mb.
#1709131
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   60
Bog'liq
MATERIALALRNI KESIB ISHLASH Ўқув қўлланма

Nazorat savollari 
1. Parmalash yo’li bilan qanday operasiyalarni bajarish mumkin? 
2. Parmalarning qanday turlari mavjud? 
3. Spiral parma qanday qismlar va elementlardan tashkil topgan? 
4. Spiral parmaning geometriyasini tushuntirib bering. 
5. Parmalash stanoklari qanday turlarga bo’linadi? 
6. Vertikal parmalash stanogi qanday qismlardan tashkil topgan? 
7. Radial parmalash stanogi boshqa turdagi stanoklardan nimasi bilan farq 
qiladi? 


83 
8. Teshik kengaytirish stanoklari yordamida qanday ishlar bajariladi? 
9. Parmalash stanoklarida qanday turdagi moslamalardan foydalaniladi? 
10. Parmalashda kesish rejimi elementlari qanday hisoblanadi? 
 
 
4-§. Frezerlash stanoklarida materiallarga ishlov berish
 
Freza deb ataluvchi qo’p qirrali kesuvchi asboblar yordamida mate-riallarni kesib 
ishlash - frezerlash jarayoni yuritiladi. 
Frezerlash usuli tekis va fason yuzalarga ishlov berish shponka pazlarini ochish, 
o’yiqlar o’yish, tayyorlamaparni qirqish jarayon-larini amalga oshirish uchun 
qo’llaniladi. 
Frezerlash jarayoni ikkita murakkab harakatni, ya’ni asosiy harakat (frezaning 
aylanma harakati) va surish harakatlarini (freza yoki tayyorlamaning to’g’ri chiziqyai 
harakati) birgalikda namoyon bo’lishi orqali bajariladi. Frezerlash xomaki, yarimtoza, 
tozalab va yupqa frezerlash turlariga bo’linadi. 
Homaki frezerlash — tayyorlamalarga dastlabki ishlov berish uchun qo’llaniladi. 
Homaki ishlov berilgan yuzalarning tozaliga 2—3 klass oralig’ida, yuzalarning nisbiy 
noaniqligi esa 1 muzunliqda 0,1 — 0,2 mm ga to’g’ri keladi. 
Tozalab frezerlash — oxirgi yoki pardozlash jarayonvdan oldingi jarayon bo’lib, 
6—8 klass yuza tozaligani tahminlaydi. Ishlanilgan yuza razmerlarining noaniqligi 1 
mm uzunliqsa 0,04—0,06 mm oralishda bo’ladi. 
Yupqa frezerlash — detallarga mexanik ishlov berishdagi (yakun-lovchi) oxirgi 
jarayon bo’lib, bu usulda tekislikka nisbatan chet-lanish 1 m uzunliqda 0,02—0,04 
mm, yuza tozaligi esa 6—8 klass oralig’ida bo’ladi. 
Tekis va fason yuzalarni frezerlash, o’yiq va ariqchalarni o’yish uchun o’rta va 
og’ir tipdagi universal va maxsus frezer stanoklaridan foydalaniladi. 
Frezerlashda qirindi hosil bo’lish jarayonida hosil bo’luvchi xodisalar yo’nish 
usulidagi hodisalarga o’xshash bo’ladi. Ammo frezerlash jarayoni ayrim maxsus 
xususiyatlarga egadir, ya’ni: 
Frezerlash jarayoni freza va tayyorlamaning harakatlanish yo’nalishiga qarab 
ikkita turga bo’linadi: 


84 
Qarama-qarshi yo’nalishda frezerlash. Bu jaraen olib tashlanilayotgan 
qatlamning qalinligi noldan boshlanib max qiymatgacha o’zgarishi bilan 
harakatlanadi (28- rasm). Bu usulda freza tayyorlamani stanok stolidan 
ajratishga harakat qiladi, natijada stol va stanok yo’naltiruvchilari orasida 
bo’shliq xosil bo’lib, sistemada titrash vujudga keladi. Demak, ishlov berilgan 
yuzaning yuza tozaligi xam past bo’ladi. 
Bir xil yo’nalishda frezerlash. Bu usulda olib tashlanilayotgan qatlamning 
qalinligi freza tishining tayyorlamaga botirilish jarayonida maksimal qiymatga 
ega bo’lib, tish kesish zonasidan chiqishida nolga teng bo’ladi (29- rasm). 
Bunday kesish jarayoni turg’un sharoitga ega bo’lganligi tufayli ishlov 
berilayotgan yuza tozaligani ortishiga olib keladi
30


Download 3.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling