Andijon davlat universiteti a. Zaparov materialalrni kesib ishlash, asboblar va stanoklar
Download 3.35 Mb. Pdf ko'rish
|
MATERIALALRNI KESIB ISHLASH Ўқув қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Homaki frezerlash
Nazorat savollari
1. Parmalash yo’li bilan qanday operasiyalarni bajarish mumkin? 2. Parmalarning qanday turlari mavjud? 3. Spiral parma qanday qismlar va elementlardan tashkil topgan? 4. Spiral parmaning geometriyasini tushuntirib bering. 5. Parmalash stanoklari qanday turlarga bo’linadi? 6. Vertikal parmalash stanogi qanday qismlardan tashkil topgan? 7. Radial parmalash stanogi boshqa turdagi stanoklardan nimasi bilan farq qiladi? 83 8. Teshik kengaytirish stanoklari yordamida qanday ishlar bajariladi? 9. Parmalash stanoklarida qanday turdagi moslamalardan foydalaniladi? 10. Parmalashda kesish rejimi elementlari qanday hisoblanadi? 4-§. Frezerlash stanoklarida materiallarga ishlov berish. Freza deb ataluvchi qo’p qirrali kesuvchi asboblar yordamida mate-riallarni kesib ishlash - frezerlash jarayoni yuritiladi. Frezerlash usuli tekis va fason yuzalarga ishlov berish shponka pazlarini ochish, o’yiqlar o’yish, tayyorlamaparni qirqish jarayon-larini amalga oshirish uchun qo’llaniladi. Frezerlash jarayoni ikkita murakkab harakatni, ya’ni asosiy harakat (frezaning aylanma harakati) va surish harakatlarini (freza yoki tayyorlamaning to’g’ri chiziqyai harakati) birgalikda namoyon bo’lishi orqali bajariladi. Frezerlash xomaki, yarimtoza, tozalab va yupqa frezerlash turlariga bo’linadi. Homaki frezerlash — tayyorlamalarga dastlabki ishlov berish uchun qo’llaniladi. Homaki ishlov berilgan yuzalarning tozaliga 2—3 klass oralig’ida, yuzalarning nisbiy noaniqligi esa 1 muzunliqda 0,1 — 0,2 mm ga to’g’ri keladi. Tozalab frezerlash — oxirgi yoki pardozlash jarayonvdan oldingi jarayon bo’lib, 6—8 klass yuza tozaligani tahminlaydi. Ishlanilgan yuza razmerlarining noaniqligi 1 mm uzunliqsa 0,04—0,06 mm oralishda bo’ladi. Yupqa frezerlash — detallarga mexanik ishlov berishdagi (yakun-lovchi) oxirgi jarayon bo’lib, bu usulda tekislikka nisbatan chet-lanish 1 m uzunliqda 0,02—0,04 mm, yuza tozaligi esa 6—8 klass oralig’ida bo’ladi. Tekis va fason yuzalarni frezerlash, o’yiq va ariqchalarni o’yish uchun o’rta va og’ir tipdagi universal va maxsus frezer stanoklaridan foydalaniladi. Frezerlashda qirindi hosil bo’lish jarayonida hosil bo’luvchi xodisalar yo’nish usulidagi hodisalarga o’xshash bo’ladi. Ammo frezerlash jarayoni ayrim maxsus xususiyatlarga egadir, ya’ni: Frezerlash jarayoni freza va tayyorlamaning harakatlanish yo’nalishiga qarab ikkita turga bo’linadi: 84 Qarama-qarshi yo’nalishda frezerlash. Bu jaraen olib tashlanilayotgan qatlamning qalinligi noldan boshlanib max qiymatgacha o’zgarishi bilan harakatlanadi (28- rasm). Bu usulda freza tayyorlamani stanok stolidan ajratishga harakat qiladi, natijada stol va stanok yo’naltiruvchilari orasida bo’shliq xosil bo’lib, sistemada titrash vujudga keladi. Demak, ishlov berilgan yuzaning yuza tozaligi xam past bo’ladi. Bir xil yo’nalishda frezerlash. Bu usulda olib tashlanilayotgan qatlamning qalinligi freza tishining tayyorlamaga botirilish jarayonida maksimal qiymatga ega bo’lib, tish kesish zonasidan chiqishida nolga teng bo’ladi (29- rasm). Bunday kesish jarayoni turg’un sharoitga ega bo’lganligi tufayli ishlov berilayotgan yuza tozaligani ortishiga olib keladi 30 . Download 3.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling