Andijon davlat universiteti a. Zaparov materialalrni kesib ishlash, asboblar va stanoklar
Download 3.35 Mb. Pdf ko'rish
|
MATERIALALRNI KESIB ISHLASH Ўқув қўлланма
Abraziv materiallar tabiiy yoki sun’iy juda qattiq moddalar bo`lib,
ularning donlari kesuvchi asboblardir. Abraziv asbob tayyorlash uchun quyidagi sun’iy abraziv materiallardan foydalaniladi. Elektrokorund-toza gil tuproqni elektr pechlarda suyuqlantirish yo`li bilan olinadi. Elektrokorund quyidagi turlarda bo`ladi: A) Meyoriy elektrokorund (E) 87-97% A12O3 rangi qizg`ish pushti yoki jigarrang. 19 B) Oq elektrokorund (EB). Tarkibida A12O3 dan tashqari 0,4 -2% Fe2O3 va ozroq miqdorda Si03, TiO2 va SaO bo`ladi, rangi oq, oqish kulrang yoki pushti. Suyuqlanish temperaturasi 1950-2050° S. Toblangan va toblanmagan po`latlar, bog`lanuvchan cho`yan va bronzaga ishlov berishda qo`llaniladi. Monokorund tarkibida 0,9% Fe2O3 bo`lib, M xarfi bilan belgilanadi. Kesuvchi asboblarni charhlash va yuqori tozalikda ishlash uchun qo`llaniladi. Kremniy karbid SiC (karborund). Kremniy bilan uglerodni kimyoviy birikmasi bo`lib, toza kvarts qumiga neft koksi yoki antratsint qo`shib 1900 - 2100 °S temperaturada suyuqlantirib olinadi. A) kora kremniy karbid (KCH) tarkibida 97-98% SiC va 0,6-0,7 % Fe2O3 bo`ladi. Alyuminiy, bronza, latun, mis va cho`yanni jilvirlash uchun ishlatiladi. B) Yashil kremniy karbid (KZ) tarkibida 96-98% SiS bo`ladi. Qatgaq qotishmali keskichlarni charxlash va jilvir toshlarni olmossiz qayrashda foydalaniladi. Bor karbid (V 4 S) texnikaviy borat kislotaga neft koksi qo`shib, elektr pechlarda suyuslantirib olinadi. Tarkibida 95% gacha kristall holdagi bor bo`ladi. Qattiqligi olmosning qattiqligiga yaqin, lekin mo`rt b o`ladi. Poroshok tarzida dovodkalash va pritirkalashda so`llaniladi. Abraziv materiallar donadorligi bo`yicha 3 guruxga bo`linadi. Raqamlari 16, 20 bo`lgan mayda donali; nomerlari 25, 32, 40, 50 bo`lgan o`rtacha donali; 63, 80, 100 bo`lgan yirik donali; 125, 160, 200 bo`lgan ancha yirik donali. Raqamlari 3, 4, 5 bo`lgan Mayin; 6, 8, 10, 12 mayda donali jilvir donalar. Raqamlari M5, M7, M10, M14, M20, M28, M40 bo`lgan mikroporoshoklar. Jilvirlash asbobiga zarur shakl berish uchun abraziv moddala r bir-biriga bog`lovchi materiallar bilan biriktiriladi. Bog`lovchi moddaalar 20 sifatida quyidagilardan foydalaniladi. 1. Keramik bog`lovchi(K)-oq rangli o`tga chidamli gil, kvarts, dala shpati, talk va chaqmoq tosh kukunidir. 2. Silikat bog`lovchi (S) - chaq–oqtosh kukuni, suyuq shisha va gildan iborat. 3. Magnezial bog`lovchi (M) – magneziy bilan kaltsiy xlorid aralashmasidan iborat. 4. Vulkanit bog`lovchi (V) - sintetik kauchikka 25 % gacha oltingugurt qo`shib tayyorlanadi. 5. Bakelit bog`lovchi (B) – karbol kislota bilan formalindan su’niy smola –bakelit tarzida tayyorlanadi. Jilvirtoshlar quyidagi ko`rinishda markalanadi: E63 SM2 K5PP 250*60*35 m/sek. Markalanish quyidagilani ifodalaydi; E – elektrokorund ekanligini, 63– donadorligini, SM – o`rtacha yumshoqlikda ekanligini, K–keramik bog`lovchidan foydalanilganligini, 5–struktura nomerini, PP – to`g`ri profilli ekanligini, 250 –toshning tashqi diametrini, 50 – toshning enini, 60 – teshik diametrini (mm da), 35 m/sek –toshni aylanish tezligini ko`rsatadi. Download 3.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling