Andijon davlat universiteti a. Zaparov materialalrni kesib ishlash, asboblar va stanoklar
Download 3.35 Mb. Pdf ko'rish
|
MATERIALALRNI KESIB ISHLASH Ўқув қўлланма
Tezkesar po’latlar tarkibida 19% gacha volfram, 4 - 5 % gacha xrom va 2-
9 3% gacha vanadiy bo’ladi. Eng ko’p ishlatiladigan tezkesar po’latlarning, ya’ni R18 va R9 markali po’latlarning kimyoviy tarkibi quyida keltirilgan. 4-jadval. Po’lat markasi Kimyoviy tarkibi, % hisobida S W V Cr R18 0,70 – 0,80 15,5 – 19,0 1,0 – 1,4 3,8 – 4,4 R19 0,85 – 0,95 8,5 – 10,0 2,0 – 2,6 3,8 – 4,4 R18 va R9 markali po’latlar o’zining qattiqligi, eyilishga chidamliligi va kesish xususiyatlari yuqori bo’lganligi uchun kesish tezligini uglerodli asbobsozlik po’latlarga nisbatan 2-3 barobar oshirishga imkon beradi. Tezkesar po’lat toblanib, so’ngra bo’shatilgandan keyin uning qattiqligi Rokvell bo’yicha 62-65 HRC ga etadi. 5-jadval. Tezkesar po’lat meyoriy issiqbardosh R9, R12, R18, R6M5 R-volpfram; M-molibden; raqamlar metalning foiz hisobidagi miqdorini ko’rsatadi YUqori issiqlik ka chidamli R9K5, R9K10, R18F2, R14F4, R12F3, R9F5, R10F5K5, R18F2K5, R9M4K8F2 R8M3K6S, R9M4K8, R12F4R5, R12M3F2K8, R6M5K5, 10R8M3, 10R6M5 K – kobalpt 10 raqamli po’latda 1% ga yaqin uglerod borligini ko’rsatadi. Kukunli R9P, R18P, R6M5P, R6M5K5P P – kukun material Kamvolpframli TV4 R18 markali po’lat kichik kesish tezligida yuqori va doimiy eyilish chidamliliga ega. Bundan tashqari R18 yaxshi jilvirlanadi, shuning uchun 10 murakkab shakldagi kesuvchi asboblarni (sidirgichlar, tish kesuvchi dolbyaklar va frezalar, shakldor keskichlar va boshqalar) tayyorlash uchun qullanilishi mumkin. R18 va R9 markali po’latlar, qattiqligi 250-260 HRC gacha va chegaraviy mustahkamligi v 850-900 MN/m gacha bo’lgan po’latlarga va cho’yanlarga ishlov berish uchun hamma ko’rinishdagi kesuvchi asboblarni tayyorlash uchun qo’llaniladi. Tezkesar po’latning kesuvchi va texnologik xususiyatlarini, kobalt (So), molibden (Mo) bilan qo’shimcha legirlab hamda vanadiy miqdorini orttirish bilan yaxshilash mumkin. Kobalt bilan legirlangan po’lat (R18F2K5, R9K5, R9K10, R10FK5) yuqori issiqbardoshlikga ega bo’ladi va issiqga chidamli austenit po’latlarga va yuqori mustahkamlikdagi yaxshilangan po’latlarga ishlov berish uchun tavsiya etiladi. Po’lat tarkibida vanadiyning ortirishi bilan ( R18F2, R14F4, R9F5) yuqori mustahkamlikdagi ( v ≥950-1000 MN/m 2 ) asbobsozlik po’latlari bilan yaxshilangan po’latlarga toza ishlov berish mumkin. Molibden bilan legirlangan po’lat (1,0- 1,5% Mo) katta kesish tezligida qiyin ishlov beriladigan qotishmalarni uzlukli ishlov berish jarayonida qo’llash uchun tavsiya etiladi. Asbobsozlik po’latlarining xususiyatlarini yaxshilash uchun kesuvchi asbobning turg’unligini 1,5 - 2 marta oshirish maqsadida termokimyoviy usul qo’llaniladi 2 . Download 3.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling