Andijon davlat universiteti Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakultetida Jalaquduq tumani iib mas’ul xodimlari ishtirokida “Tarkibida Giyohvandlik


Download 18.25 Kb.
bet3/3
Sana18.11.2023
Hajmi18.25 Kb.
#1784798
1   2   3
SO‘ZGA CHIQDI:

  1. D.Ismoilov (TIIB JQB katta tezkor vakili kapitan) - Mazkur giyohvandlik vositalaridan jabr ko‘ruvchilarning aksariyatini yoshlar tashkil etayotganligi yanada achinarli holdir. BMT va boshqa xalqaro miqyosdagi nufuzli tashkilotlar chiqargan bir qator normativ hujjatlarda giyohvand vositalar bilan bog‘liq cheklovlarning davlat miqyosida amalga oshirilishi e‘tirof etilgan va bu talablar O‘zbekiston qonunchiligida ham o‘z aksini topgan. Umuman olganda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha huquqiy islohotlarning bosh maqsadi inson va uning manfaatlarini har tomonlama ta‘minlashga qaratilganidadir. Giyohvandlik yoki bangilikning boshlanishi va kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak. Giyohvand moddalarga moyillik, unga o‘rganib qolishlikda shaxsning holatlari ahamiyatlikdir. Masalan, tajanglik, asabiy holatlari, o‘zini nazorat qila olmasligi, irodasizligi, o‘z talabini qondira olmaslik, ba‘zi hayotiy qiyinchiliklarga bardosh bera olmaslik. Yosh avlodni kelgusidagi jismoniy va ma‘naviy shakllanishi, asosan oiladagi muhit, ota-onasining kimligi, oilada qanday o‘rin egallashiga bog‘liq.

  2. B.Alimov (TTIIB JXX XPB VY va YBIG) - “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi, “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi, “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi, “Surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilinishi kelajagi sog‘lom yut qurish uchun qo‘yilgan eng dadil qadamdir. So‘nggi yillardagi statistiik ma’lumotlarga ko‘ra, giyohvandlik qurbonlari:

  3. J.Hudoyqulov (Profilaktika katta inspektori) - Insoniyat tarraqiyotning yangi-yangi cho‘qqilarini zabt etmoqda. Biroq jahonda xalqlar, millatlar kelajagiga tahdid tug‘diruvchi bir qancha omillar hamon saqlanib kolmoqda. Ana shunday xatarlardan biri giyohvandlik balosidir. Global muammoga aylangan ushbu illatga qarshi kurashishda davlatlararo hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra dunyoda 500 milliondan ortiq odam giyohvandlik dardiga yo‘liqqan. Uning aksariyat qismini 30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etmoqda. Buning oqibatida har yili 200 mingdan ortiq kishi hayotdan ko‘z yumadi. Shu bilan birga, jahonda sodir etilayotgan jinoyatlarning 57 foizi giyohvandlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Shu boisdan, giyohvandlikka qarshi qurashni kuchaytirish maqsadida BMT tomonidan “Narkotik moddalar to‘g‘risida”gi, “Psixotrop moddalar” hamda “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi qurash tug‘risida”gi konvensiyalar qabul qilinib, 1987 yil 7 dekabrdagi 47G‘112-sonli rezolyusiyasiga ko‘ra “26 iyun – Xalqaro narkotik moddalarini suiste’mol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni” deb e’lon qilingan.

  4. Sh.Yuldashev (TIIB JXX XPB boshlig’i kapitan) - Dunyo bozorida tarqaladigan qora dorining asosiy qismi Afg‘onistonda yetishtirilib, uni noqonuniy yo‘l bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari orqali G‘arbga yetkazishga bo‘lgan Urinish yildan-yilga kuchayib bormoqda. Shuning uchun yurtimizda narkotik moddalarni iste’mol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash masalasiga davlat va millatning ertasini hal etuvchi ommilardan biri sifatida qarab kelinmoqda. Ushbu illatga qarshi kurashish maqsadida bir qator qonunlar va xalqaro shartnomalar qabul qilindi.

QAROR QILADI:

  1. So‘zga chiqqan tuman IIB xodimlari, tuman hokimiyati vakillarining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. IIB xodimlari va tuman xokimiyati vakillari bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar namunai deb topilsin.


Axborot texnologiyalari va kompyuter
injiniringi fakulteti dekani: A.A.Medatov
Download 18.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling