1) yollanib ishlashga qodir mehnatga layoqatli va undan yuqori yoshdagi aholi;
2) yollanib ishlashga qodir boʻlmagan mehnatga layoqatli yoshdan kichik va kattaroq aholi.
Birinchi guruh quyidagi guruhchalarga boʻlinadi:
a) iqtisodiyot sektorlarida yollanish boʻyicha band boʻlganlar;
b) yollanish boʻyicha band boʻlmaganlar;
d) ish qidirib erkin harakat qiluvchi shaxslar.
Ikkinchi guruh ham guruhchalarga boʻlinadi:
a) mehnatga qobiliyatli yoshdan kichik aholi, ya’ni 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar;
b) mehnatga qobiliyatli yoshdan keksarok aholi, ya’ni yoshi va nogironligi tufayli ishlamayotgan nafaqaxoʻrlarning asosiy qismi.
Shuni ta’kidlash joizki, «Mehnat bozori» tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va uning tarkibiy qismlarining tizimli tadqiqoti mazkur bozorning asosiy vazifalarini ham aniqlashga imkon beradi:
– ishchi kuchiga talab va taklifning hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantirish;
– bozor uslubida xoʻjalik yuritishning iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy mexanizmlari yordamida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish;
– mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga bevosita ta’sir koʻrsatish;
– ishsizlarni ish topishga yoki bozor va ularning malakasi va raqobat qobiliyatini oshirishga koʻmaklashish;
– ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mehnat taqsimotini oʻzgartirish;
– insonning ham ishlab chiqaruvchi, ham iste’molchi sifatidagi manfaatlari mos kelishini ta’minlovchi yuqori unumdor mehnatga qiziqishini tartibga solish;
– taqsimot munosabatlariga bilvosita ta’sir qilish.5
Shunday qishb, mehnat bozorining asosiy vazifalari, hususiyatlari va tarkibiy qismlari mazmunini chuqur oʻrganish uning ratsional shakllanishi va rivojlanishi yo‘lini ravshanroq koʻrishga va ish kuchiga talab va taklif oʻrtasida nisbatning oʻziga xos xususiyatlarini topishga imkon beradi.
Respublikamizda mehnat bozori oʻziga xos xususiyatlarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |