Andijon davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti
Download 124.19 Kb.
|
Mehnat iqtisodiyotikurs ishi To\'raboyev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mundarija Kirish……………………………………………………………………………..3 Asosiy qisim Mehnat bozori mohiyati va nazariyasi…………………………………………5
- O’zbekistonda yoshlar mehnat bozori shakilanishi va rivojlamishi…………11 O’zbekistonda yoshlar mehnat bozorini qaralayotgan e’tibor va istiqbollari.22
- Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi”
- Ishga marhamat”
- 30 ming yigit-qizga
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI IJTIMOIY IQTISODIYOT FAKULTETI “IQTISODIYOT” KAFEDRASI MEHNAT IQTISODIYOTI fanidan KURS ISHI Mavzu: Yoshlar mehnat bozorining shakllanishi va uning rivojlanish xususiyatlari Bajardi: 2-kurs “Inson resurslarini boshqarish” yo’nalishi talabasi To’raboyev Islomjon Ilhomjon o’g’li (F.I.SH) Kurs ishi rahbari: Abitqoriyev Azizillo Muhammadraximovich (lavozimi, ilmiy unvoni,F.I.SH) (imzosi) Ro’yxatga olindi№___ ‹‹__››________2023y. Komissiya a’zolari: ________________________________________ _________ (lavozimi,ilmiy unvoni, F.I.SH.) (imzosi) ________________________________________ _________ (lavozimi,ilmiy unvoni, F.I.SH.) (imzosi) ________________________________________ _________ (lavozimi,ilmiy unvoni, F.I.SH.) (imzosi) Reyting balli:_______ Andijon – 2023 Mundarija Kirish……………………………………………………………………………..3 Asosiy qisim Mehnat bozori mohiyati va nazariyasi…………………………………………5 O’zbekistonda yoshlar mehnat bozori shakilanishi va rivojlamishi…………11 O’zbekistonda yoshlar mehnat bozorini qaralayotgan e’tibor va istiqbollari.22 Xulosa………………………………………………………………………….…36 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………38 Kirish O’zbekistonda qilinayotgan islohatlar davrida yoshlar mehnat bozorini shaklantirish va rivojlantirish bugungi kundagi asosiy masala. Shu jumladan prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning yoshlarga qaratayotga e’tibori ham juda yahshi darajada . Yangi O’zbekistonni barpo etishda yoshlar asosiy tayanch hisoblanadi. Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu – ilm-fan, taʼlim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorugʻ istiqboli, birinchi navbatda, taʼlim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bogʻliq.1 Buyuk yunon olimi Aristotelning “Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi”, degan soʻzlari bor. Yoshlar mehnat bozorisiz o’zi, mehnat bozorini tasavvur e’tib bo’lmaydi. Mamlakatimiz mehnat bozorini asosiy qismini ham yoshlar tashkil qiladi. Joriy yilda 500 ming nafar yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish zarurligi ta’kidlandi. Tuman va shaharlarda an’anaviy yoki masofaviy o‘quv kurslarini ko‘paytirish, ishsiz yoshlarni ushbu tizim orqali kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitib, bandligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi. “Ishga marhamat” monomarkazlari hamda kasb-hunar kollejlarini asbob-uskuna bilan ta’minlash, kasb standartlarini ishlab chiqish va o‘qituvchilar malakasini oshirish vazifalari belgilandi. “Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida o‘g‘il-qizlarni tadbirkorlarga biriktirib, ularda biznes ko‘nikmalarini shakllantirish, imtiyozli kreditlar ajratib, o‘z faoliyatini boshlashga ko‘maklashish zarurligi aytildi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga joylarda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-sonli qaroriga muvofiq, diplomi yo‘q, lekin amaliy ko‘nikmasi bo‘lgan ishsiz yoshlarni, malakani baholash markazlarida o‘qitib, sertifikat berish tizimi joriy etildi.2 Shundan kelib chiqib, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga “Ishga marhamat” monomarkazlarida, shuningdek, qator oliy ta’lim muassasalari va yirik sanot tarmoqlarida malakani baholash markazlari tashkil etish vazifasi qo‘yildi. Bu orqali joriy yilning o‘zida 30 ming yigit-qizga malaka sertifikati berib, ularning bandligini ta’minlash mumkinligi aytildi. Kurs ishi davomida mehnat bozori nazariyalari, yoshlar mehnat bozorimi shaklanishi va rivojlanish hamda kelajakdagi istiqbollarini ko’rib chiqamiz. Hozirgi vaqtda oʻtish davri iqtisodiyotining oldida turgan dolzarbmuammolardan biri – mehnat bozorini samarali shakllantirish va rivojlantirishdir. Buning uchun, hammadan avval ijtimoiy va iqtisodiy tizimlar rivojlanishining obyektiv qonunlaridan savodli foydalanish zarur. Ma’lumki, taraqqiyot sohibi boʻlib xizmat qilgan inson jami- yatning asosiy ishlab chiqarish kuchi hisoblanadi. U bir vaqtning oʻzida moddiy boyliklar va xizmatlarning ishlab chiqaruvchisi va iste’mol qiluvchisi boʻlganligi tufayligina «Ishlab chiqarish - iste’mol» tizimida muvozanatga erishiladi. Faqat inson ehtiyojini juda muhim deb bilgan va uning samarali takror ishlab chiqarilishini ta’minlagan jamiyatgina eng yuqori taraqqiyotga erishadi. Jamiyatning boshqa barcha vositalari: mulkchilik shakllari, ishlab chiqarish va ilmiy salohiyat, moliya, narxlar va h.k.lar ushbu asosiy maqsadga boʻysunishi kerak. Bu degani, bugungi bozorga qarab, iqtisodiy tizim harakatini toʻg‘ri moʻljalga olish, oʻtish davrini tezlatish yoxud sekinlashtirishdir. Download 124.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling