Andijon davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti


Mehnat bozori mohiyati va nazariyasi


Download 124.19 Kb.
bet2/12
Sana30.04.2023
Hajmi124.19 Kb.
#1408031
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mehnat iqtisodiyotikurs ishi To\'raboyev

Mehnat bozori mohiyati va nazariyasi.
Mehnat bozori – bozorning boshqa barcha tizimchalari bilan uzviy bog‘langan. Haqiqatan ham, talabga ega boʻlish uchun ishchi kuchi jismoniy, aqliy va kasbiy qobiliyatlarning belgilangan majmuasiga ega boʻlishi kerak. Ishlab chiqarish jarayoniga bu qobiliyatlarni tatbiq eta turib, u oʻz iste’mol sifatlarini yoʻqotmasligi uchun doimo qayta ishlab chiqarilishi lozim. Nafaqat oʻzini qayta ishlab chiqarish, balki mehnat resurslari va butun aholining sifat koʻrsatkichlari ham yaxshilanishini rag‘batlantirib borib, kelajakda qayta ishlab chiqarishga asos solishi kerak. Bundan kelib chiqadiki, mehnat bozorida raqobat xodimning mehnat qobiliyatini takomillashtiruvchi asosiy kuch sifatida mavjud boʻlishi lozim.Boshqa tomondan, «mehnatga qobiliyatlar» egasi doimiy qayta ishlab chiqarishga ehtiyojlarni boshidan kechira turib, buning ustiga har doim yangi, eng yuqori sifat darajasida, shunday ish beruvchini qidiradiki, u bu qobiliyatlardan eng foydali sharoitlarda foydalana olsin. Shu munosabat bilan ishchi kuchiga talabni shakllantiruvchi tizimchada xuddi shunday oʻzgarishlar sodir boʻlishi, ya’ni xaridorlar – mulkdorlar oʻrtasida raqobat paydo boʻlishi kerak. Faqat shunday sharoitlarda bir tomondan, xodimning iqtisodiy faolligiga va boshqa tomondan, ishlab chiqarish vositalari egasining bozordagi iqtisodiy faolligiga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga umid bog‘lash mumkin.3
Mehnat bozorining boshqa muhim nazariy qoidasi – uni oʻz-oʻzini hududiy ifodalash haqidagi tasavvuri. Xodim hatto yollanganda ham, oʻzining “mehnatga qobiliyatlari”ni qayta ishlab chiqarishga ehtiyojini boshidan doimiy kechira borib, bozor bilan aloqasini uzmaydi. Bundan tashqari, xodim eng yaxshi sharoitlarni qidira borib, bir yollovchidan boshqasiga oʻtishga tabiiy intilishi ham mavjuddir. Amaliyotning koʻrsatishicha, ishlab chiqarish kuchlari darajasi qanchalik yuqori boʻlsa, migratsion faollik ham shunchalik jadaldir. Bunda xodimlarning bir qismi mehnat bozorida vaqti-vaqti bilan paydoboʻlib, vaqtincha ishlab chiqarishda ishtirok etmaydi.

Download 124.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling