Andijon davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti


Download 124.19 Kb.
bet7/12
Sana30.04.2023
Hajmi124.19 Kb.
#1408031
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mehnat iqtisodiyotikurs ishi To\'raboyev

Birinchidan, iqtisodiyotning rasmiy sektorida ish topa olmagan inson resurslarini ish bilan va natijada daromad olishlarini ta’minlab, ishsizlikni kamaytiradi (nochor qolganlar uchun haqiqiy ijtimoiy himoya vositasi), qashshoqlikni oldini oladi hamda o‘z daromadlarini rasmiy sektorda sarflab, ichki talabni oshishi va YaIMning o‘sishiga turtki bo‘ladi.
Ikkinchidan, norasmiylik ko‘p hollarda biznes boshlashning bir usuli sifatida rasmiy sektorga o‘tishga qadam hisoblanadi.
Norasmiy mehnat bilan bandlik butun dunyoda keng tus olgan hodisa bo‘lib, uning ko‘lamini kamaytirish davlatning bu sohada tizimli kompleks siyosat olib borishini talab qiladi. Xalqaro mehnat tashkilotining hisobotiga ko‘ra, dunyoda 10 ta ishchidan 6 ta (ish bilan bandlarning 61%) va 5 ta korxonadan 4 tasi yashirin iqtisodiyotda norasmiy faoliyat yuritadi.
Norasmiy mehnat bilan bandlikning shakllanishini iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va madaniy omillarga ega bo‘lgan hamda pirovard maqsadi iqtisodiy foyda olishga qaratilgan va aksariyat hollarda majburiy ko‘rinishdagi iqtisodiy faoliyat hisoblanadi. Mamlakatimizda yoshlarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan bir qancha me’yoriy hujjatlar qabul qilingan, lekin ular mehnat bozorida yoshlarning ishsizlik holatiga yetarli ta’sir o‘tkaza olmadi. Eski usullar vositasida bandlikning bugungi og‘ir holatini bartaraf qilish imkoniyati cheklangan. Bunday holatda innovatsion yondashuv hayot talabiga aylanmoqda.

“2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning 4.1-bandida mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini to‘liq amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish vazifasi belgilangan.10
Yana bir muhim hujjat – Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 29-avgustda “2020-2021-yillarda iqtisodiy o‘sishni tiklash va iqtisodiyot tarmoq­lari hamda sohalarida tizimli tarkibiy islohotlarni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Ushbu qaror asosida aholi bandligi darajasini oshirishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi uchun 11,4 trln so‘m mablag‘ ajratildi. Bu mablag‘ hajmi Covid-19 pandemiyasi holatini boshdan kechirayotgan O‘zbekiston uchun aytarli darajada jiddiy investitsiya hisoblanadi.
Mamlakatimizda har yili 200 ming­dan 400 ming nafargacha yoshlar ish o‘rinlariga muhtoj bo‘lar edi, bu yil Covid-19 pandemiyasi tufayli bu raqam 2 million nafarni tashkil etmoqda. Oxirgi yigirma yil davomida jahonda yoshlar ishsizligi ko‘rsatkichi katta yoshlilar ishsizligi ko‘rsatkichidan uch barobar ko‘p bo‘lgani holda saqlanib kelayotgan edi, ba’zi hududlarda bu ko‘rsatkich besh barobarni tashkil etadi. Jahon iqtisodiyotida oxirgi yillardagi ro‘y bergan ma’lum sabablarga (raqamlashtirish texnologiyalarining keng qo‘llanishi, pandemiyalar, ro‘y berishi tezlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozlari, mintaqaviy urushlar ta’siri, qochqinlar muammosi va b.) ko‘ra bandlik masalasi butun dunyoda yechimini kutayotgan eng dolzarb muammo sifatida e’tirof etil­moqda.
Shu sababli respublikamizda ijtimoiy kam himoyalangan yoshlar bandligi darajasini oshirish maqsadida “INNOVATSION BANDLIK LABORATORIYASI” MChJ tomonidan sun’iy intellekt vositasida faoliyat olib boruvchi innovatsion dasturiy-algoritmli platforma yaratilishi taklifi ishlab chiqildi. 11
Sun’iy intellekt har bir yosh bilan individual, ijodiy, uzluksiz qayta aloqa o‘rnatish, bolaning tug‘ilganidan to voyaga yetguniga qadar rivojlanishi jarayonlarini muntazam kuzatib borish, unga (ota-onasiga, tarbiyachi va o‘qituv­chilarga) professional psixologik-pedagogik-tashkiliy tavsiyalar berib borish va natijada to‘g‘ri kasb tanlash, uni egallash va hayotiy moddiy ta’minot manbayiga ega bo‘lish, munosib hayot kechirish imkoniyatini yaratadi.
Loyihaning amalga oshirilishi natijasida:
birinchidan, O‘zbekistonda ilk marta bandlik sohasida sun’iy intellekt vositasida faoliyat yurituvchi innovatsion dasturiy-algoritmli platforma yaratiladi, bu bilan O‘zbekiston mehnat bozoriga obyektiv va aktual ma’lumotlar asosida real ta’sir ko‘rsatish imkoniyati kengaytiriladi;
ikkinchidan, yoshlar bandligini ta’minlashda qo‘llanilayotgan ilmiy tushunchalarga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi, soha uchun Xalqaro Mehnat Tashkiloti (ILO – International Labor Organization) tavsiyalarida aks ettirilgan tegishli uslubiy yondashuvlar takomillashadi;
uchinchidan, axborot texnologiyalari asosida yoshlarning qiziqishi, layoqati, imkoniyatlari, tanlovi to‘g‘risida muttasil yangilanib turuvchi ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi – mehnat bozorini prognozlash imkoniyati oshadi;
to‘rtinchidan, real mehnat bozori holati to‘g‘risida mustaqil, erkin nodavlat hamda davlat manbalaridan axborotlarni to‘plash, saqlash, tahlil etish, manfaatdor tomonlar(kasb tanlovchilar, ish beruvchilar, mehnat sohasi mutasaddilari)ga talab etilgan vaqtda qulay ko‘rinishda ma’lumotlarni taqdim etib borishning innovatsion tizimi shakllanadi, mehnat bozori liberallashuvi imkoniyatlari kengayadi.
Loyihani bajarishga jalb etilgan mutaxassislarning asosiy qismi uzoq yillar davomida professional ta’lim va bandlik tizimida yoshlarga kasbiy ta’lim berish va ularni ish joylari bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lib, ular mazkur yo‘nalishda qator respublika va xalqaro ilmiy loyihalarda rahbar va ijrochi sifatida ishtirok etganlar. Loyiha kelajakda nafaqat yoshlarni, balki katta yoshdagi aholi vakillarini ham qamrab olishni ko‘zda tutadi. Ushbu ko‘zlangan reja amalga oshishi natijasida aholining barcha qatlamlarini ularning xarakteri, sog‘lig‘idagi cheklovlarni ino­batga olgan holda qiziqishi, qobiliyati, kasbi, imkoniyati, layoqati haqida aniq axborotga tayanib, sun’iy intellekt tomonidan yashayotgan tumanida, bo‘lmasa qo‘shni tuman yoki viloyatda, respublika miqyosida, hatto chet ellarda qanday ish o‘rinlari bilan ta’minlash imkoniyatlarini hisoblab beradi. Ushbu axborotlar aso­sida ishlab chiqilgan tavsiyalar bir necha variantda foydalanuvchiga taqdim etib boriladi.
Eng asosiysi, bandlikni ta’minlash muammosi bilan fuqaroning voyaga yetganidagina shug‘ullanilmay, balki tug‘ilgan davridan boshlab, uning ota-onasini tarbiyalash, ularga tegishli bilimlarni yetkazib berish, ota-onalar taqdim etilgan bilimlardan qanday foydalanishayotgani (yoki foydalanishmayotgani, bee’tibor bo‘layotgani) monitoringini yuritish, maktabgacha ta’lim muassasa­lari, maktab, professio­nal ta’lim olish davrida ushbu yosh fuqarolarga berila­yotgan ta’lim-tarbiyaning berilishi sifati, vaqti, samarasini nazorat qilish imkoni yaratiladi. Yoshlarga ular­ning har bir yoshi kesimida berilishi majbur bo‘lgan holda berilmayotgan ta’lim-tarbiya haqida ularning ota-onasi, tegishli muassasa rahbarlari, hokimiyat va mas’ul tashkilotlar kechikmasdan, avtomatik ravishda xabardor qilinadi. O‘z navbatida, bu tashkilotlarning qay biri qanday reaksiya ko‘rsatayotganligi ham monitoring qilinadi. Yuqorida qayd etib o‘tilgan jarayonlar “Innovatsion bandlik laboratoriyasi”ning olim-mutaxassislari tomonidan kuzatilib, tegishli ma’lumotlar, tavsiyalar barcha darajadagi tashkilotlarga hamda ommaviy axborot vositalariga taqdim etiladi. Bu esa “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da belgilangan “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarasi, sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan aholi hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish; xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini joriy etish; jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamo­naviy shakllarini rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish vazifalari ijrosini ta’minlashda innovatsion yechim bo‘lib xizmat qiladi.


Download 124.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling