Andijon davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti


Download 124.19 Kb.
bet3/12
Sana30.04.2023
Hajmi124.19 Kb.
#1408031
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mehnat iqtisodiyotikurs ishi To\'raboyev

Mehnat bozori – mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band boʻlgan va band boʻlmagan qismlari va ish beruvchilar oʻrtasidagi munosabatlarni hamda ularning shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi shartnomalar asosida “mehnatga qobiliyatlarini” xarid qilish – sotishni amalga oshiruvchi hamda ishchi kuchiga talab va taklif oʻrtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, koʻp aspektli, oʻsuvchi va ochiq, ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir.
Ilmiy va oʻquv adabiyotlarida mehnat bozorining oʻnlab ta’riflari keltiriladi. Masalan, yangi sinfiy maktabni yaratuvchilar D. Gilder, A. Laffer, M. Feddstayn,
R. Xollar mehnat bozorini ichki bir xil boʻlmagan va g‘oyat oʻsuvchi hamda bozor qonunlariga boʻysunuvchi tizim sifatida qaraydilar. Narx- navo mexanizmi uning asosiy regulatori boʻlib xizmat qiladi. Mehnat narxi va ish haqi darajasi ishchi kuchiga talab va taklifga ta’sir qiladi, ular oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soladi, kerakli mutanosiblik va muvozanatni saqlaydi. Tabiiy bozor mexanizmlariga koʻra, ishchi kuchi narx-navo, bozor konyunkturasiga tez va epchillik bilan javob beradi, uning haqiqiy ehtiyojiga muvofiq koʻpayadi yoki kamayadi. Jadal mehnat bozori sharoitlarida ishsizlik – mehnatga layoqatli aholining band boʻlmagan qismi davra aylanishi vazifasini bajaruvchi tabiiy hodisa. Keynsman maktabining asoschisi J. Keyns oʻz konsepsiyasini «Bandlik, foiz va pullarning umumiy nazariyasi» nomli kitobida bayon qilgan. U mehnat bozorini sustkash, statistik tizim sifatida koʻrib chiqadi, ishchi kuchi narxi (ish haqi)ni yetarli darajada qat’iy, deb qayd etadi. Majburiy ishsizlikning mavjudligi majmuaviy samarali talab yetishmasligi bilan asoslangan, uni budjet va kredit-pul tartibiga solishning samarali (ekspansiyanistik) choralari yo‘q kilishi mumkin. Talabning yetishmasligi mehnatga pul toʻlashning uning pasayishi tomoniga egiluvchan emasligi oqibatida vujudga keladi, buning natijasida talab pasayganda ishlab chiqarish hajmi va bandlik qisqaradi, ish haqining nominal stavkalari oʻzgarishsiz qoladi. Davlat bozorni tartibga solib boruvchi vazifasini oʻtaydi, u majmuaviy talabni oshirib yoki pasaytirib, ushbu tengsizlikni yoʻq qilishi mumkin. Ishchi kuchiga jami talab investitsiya va ishlab chiqarish hajmlari bilan tartibga solinadi. Prof. V.A. Pavlenkov ta’kidlaydiki, bozor iqtisodiyotida mehnat bozori yollanib ishlashga qodir kishilarning barchasini: ham yollanma mehnat bilan band boʻlganlar va band boʻlmaganlarni qamrab oladi . A.A. Nikiforova esa boshqa umumiy ta’rifni taklif etadi «Mehnat bozori rivojlanishining darajasi va bozorda ishtirok etuvchi kuchlar: tadbirkorlar, mehnatkashlar va davlat oʻrtasida ma’lum davrda erishilgan manfaatlar balansini aks ettiruvchi ijtimoiy munosabatlar tizimi sifatida vujudga kelgan»
Keyingi yillarda mehnat bozori haqida aniqroq tushunchalar paydo boʻldi. Ba’zi tadqiqotchilar mehnat bozorini ish haqi va daromadlarning erkin harakati orqali mehnatga talabni va ishchi kuchi taklifini oʻzini oʻzi tartibga soluvchi mexanizm sifatida talqin qiladilar. Boshqa iqtisodchilar tushuntiradilarki, mehnat bozori ish beruvchilar va yollanib ishlashni xohlovchilarning bevosita kelishuvi orqali talab va taklifni qanoatlantirish uchun sharoitlar yaratadi va ishchi kuchining xarid qilish-sotish jarayonlarini bevosita tartibga solmaydi. I.S.Maslovaning ta’rifi boʻyicha, «Mehnat bozori – oʻsuvchi tizim, unda mulkchilik subyektlari ishchi joylari va ishchi kuchi takliflari, xodimga va «yollanma ishga talab hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantirib, ishlab chiqarish omillari (mehnat vositatari va ishchi kuchi)ga oʻzaro ta’sir etadi». Mehnat bozori mavjud, ammo «kesik, shakli oʻzgartirilgan koʻrinishda, buning ustiga har narsani oʻz ichiga oladigan xarakterga
ega boʻlmay, balki mehnat munosabatlarining faqat bir qismini qamrab oladi» Q. Abdurahmonovning ta’rifiga koʻra, «Mehnat resurslarini taqsimlaydigan va ish bilan bandlik borasida qarorlar qabul qiladigan bozor – mehnat bozori deb ataladi».4
Bozor iqtisodiyoti davrida mehnat bozorini «mehnatga qobiliyatli» ishchi kuchini xarid qilish-sotishni amalga oshiruvchi tizim sifatida
koʻrib chiqish oʻrinli. Shuning uchun u ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti va ijtimoiy mehnat sohasining ochiq, murakkab, koʻp aspektli va oʻsuvchi tizimchasi boʻlib, ishchi kuchiga talab va taklifning hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantiruvchidir. Mazkur bozor ishchi kuchiga talab va aholining taklifini tartibga solishda bevosita ishtirok etadi va oqilona bandlikning shakllanishi hamda ishsizlikni kamaytirishga koʻmaklashadi. Mehnat bozori tarkibiy qismining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi: ishchi kuchiga talab va uning taklifi, qiymati, bahosi va yollashdagi raqobat (1-rasmga qarang). Talab iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish – ijtimoiy infratuzilmasi va boshqa sohalarning mehnat bozoriga buyurtma bergan, ish haqi fondi, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklardan daromadlar va boshqa hayotiy vositalar bilan ta’minlangan ishchi kuchi ehtiyojining hajmi va tarkibini aks ettiradi. Taklif yollanma sharti bilan ishga ega boʻlishdan manfaatdor ishchi kuchining miqdor va sifat (soni, jinsi, yoshi, ma’lumoti, kasbi, malakasi, millati, ishlab chiqishi, daromadi va boshqalar boʻyicha) tarkibini ifodalaydi.
Mehnat bozoridagi ishchi kuchining taklifi murakkab demografik choʻzilishga ega. Avvalambor, aholining umumiy sonidan yollanib ishlashga qodir, ya’ni mehnat salohiyatiga ega boʻlib, uning egasi – xodim mehnat bozorida uni taklif qilishdan, tadbirkor esa uni oʻz korxonasida belgilangan vaqt davomida foydalanish uchun yollanishidan manfaatdor qismini ajratish kerak.
Aholining umumiy sonidan ikkita yirik guruhni ajratish mumkin:

Download 124.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling