Harakatning instinktiv shakli. Harakatning instinktiv shakli ana shunday muhitga moslashuvining alohida shakllaridandir. Biz ayrim organizmlarning (xususan hashoratlarning, qushlarning) xatti-harakatlarini, qiliqlarini kuzatadigan bo'lsak, ularning harakatlari go'yoki ongli harakatdek bo'lib ko'rinadi. Evolyutsion taraqqiyot davomida murakkab taraqqiy etgan hayvonlarda, ya'ni umurtqa suyakli va sut emizuvchi hayvonlarda harakatning individual shakllari yuzaga keldi. Har bir organizm o'zicha individual hayot kechiradi va tashqi olamda ma'lum muddat davomida yashaydi.
Hayvonlar harakatning individual shakllarini o'zlarining individual hayotlari mobaynida egallab boradilar.
Harakatning individual shakllari huddi harakatning instinktiv shakllari kabi hayvonlarning doimo o'zgarib turuvchi tashqi muhitga moslashuvini ta'minlovchi mexanizmlardandir.
Evalyutsion taraqqiyotning yuksak bosqichidagi ayrim hayvonlarda harakatning intellektual shakli paydo bo'ldi.
Bu yuksak taraqiyotga erishgan maymunlar, itlar va delfinlardagi odam ongiga o'xshash farosat bilan bog'liq bo’lgan xatti-harakat shakllaridir.
Harakatning intellektual shakli, ya'ni farosat bilan bog'liq bo’lgan harakat turlari ham hayvonlarning tashqi olamga muvofiqlashuvidan iboratdir.
Yuksak tarqqiyotga erishgan hayvonlarning intellektual harakatlari huddi instinktiv va individual harakat shakllari kabi tashqi muhitga moslashish usullaridan biri bo'lib bu harakatlar ham ongli bo'lmaydi
I.P.Pavlovning fikricha: "...maymunning goh uni, goh buni qo'liga olib qilayotgan barcha ish-harakatlari, ish-harakatda namoyon bo’lgan tafakkurdir.
Bu qisman avval hosil qilingan, hozir ko'z o'ngingizda hosil bo'layotgan, bir-biriga qo'shilayotgan assotsiatsiyalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |