2. PLAN VA KARTALARNING MASSHTABLARI.
Plan, karta va profil joyda o‘lchangan gorizontal, vertikal uzunliklarni bir necha marta kichraytirib kog‘ozga tushirish orqali chiziladi. Uzunlikni kichraytirib ѐki kattalashtirib ifodalashga masshtab deyiladi.
Planning masshtabi deb plandagi l kesma uzunligining joydagi uzunligiga muvofiq S gorizontal qo‘yilishiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi, ya’ni
1 l
, (2.1)
M S
bu yerda M - masshtab maxraji.
Planning masshtabi uning barcha nuqtalarida doimiy bo‘ladi. Kartaning masshtabi esa, har bir nuqtada o‘z xususiy qiymatga ega bo‘lib, u berilgan nuqtaning kenglik va uzoqligiga bog‘liqdir. Shuning uchun uning qat’iy sonli tavsifi bor. Xususiy masshtab - kartadagi cheksiz kichik kesma uzunligi l ni ellipsoid sirtidagi cheksiz kichik kesma uzunligi l ning nisbati hisoblanadi. Lekin, kartada amaliy o‘lchashlarni bajarishda (2.1) formula orqali aniqlanadigan bosh masshtabi qo‘llanadi. Shunda, M maxraj ellipsoid o‘lchamini kartada o‘rtacha necha marta kichraytib tasvirlanishini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |