Yozuvli masshtab. Chiziq uzunligini joyda metrda karta, planlarda esa santimetrda o‘lchashi tufayli, masshtablarni og‘zaki shaklda masalan, «Bir santimetrga 50 metr» deb ifodalash mumkin, u 1:5000 sonli masshtabga muvofiq bo‘ladi.
Chiziqli masshtab. Kichraytirish uzunlik birligi bilan ifodalansa, bunday masshtabga chiziqli masshtab deyiladi. Chiziqli masshtab oddiy va ko‘ndalang chiziqli masshtablarga bo‘linadi.
Oddiy chiziqli masshtabda kichrayish bir to‘g‘ri chiziq kesmalari orqali grafik ravishda ifodalanadi. Chiziqli masshtab hisoblashsiz karta va planlarda masofalarni o‘lchash ѐki tuzishga imkon beradi.
Karta va planlarni tuzish va ular bilan ishlash aniqligini oshirish uchun ko‘ndalang masshtab nomogrammasidan foydalaniladi. Ko‘ndalang masshtab geometriya qoidalariga asoslangan formula bo‘yicha yasalib, bunda chiziq uzunliklari aniq topiladi. Chiziqli masshtablarni tuzish va ular bilan ishlash tartibi3.1 paragrafda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |