Masshtab aniqligi. Masshtab bo‘yicha planda ko‘rsatish mumkin bo‘lgan joydagi eng kichik chiziq uzunligi masshtab aniqligi deyiladi. Planda lupasiz sog‘lom ko‘z bilan 0,1 mm kesmani ajratish mumkin. Shunga ko‘ra, plandagi 0,1 mm garafik aniqlik deb hisoblanadi va joyda bunga to‘g‘ri keladigan uzunlik masshtab aniqligi deb ataladi. Masshtab aniqligini quyidagi formula bo‘yicha ifodalash mumkin
t 0,1 M , (2.2) bu yerda M – plan masshtabining maxrajdagi soni.
Masalan, 1: 2000 masshtabning aniqligi t 0,1 2000 200 m 0,20 m ;
1:5000 masshtabda esa t 0,1 5000 0,50 m . Ko‘ndalang masshtabda masshtab aniqligi eng kichik bo‘lagining yarmiga teng, ya’ni xy t (2.3)
2
Masalan, 1:2000 masshtabda a 40 m , xy 0,40 , t 0,20 m ; 1: 5000
masshtabda esa a 100 m, xy 1 m, t 0,50 m bo‘ladi. (2.3) formula bo‘yicha hisoblangan turli sonli masshtablar aniqligi 2- jadvalda keltirilgan.
2 – jadval
Sonli masshtablar
|
Masshtab aniqligi, m
|
Sonli masshtablar
|
Masshtab aniqligi, m
|
1:500
1:1000
1:2000
1:5000
|
0,05
0,1
0,2
0,5
|
1:10000
1:25000
1:50 000
1:100 000
|
1,0
2,5
5,0
10,0
|
Masshtab aniqligi bo‘yicha kichraytirish darajasi M ni va plan masshtabini topish mumkin. Masalan, t 0,5 m bo‘lganda (2.3) formula
t 0,5
bo‘yicha 5000 bo‘ladi; shunga ko‘ra, plan masshtabi 1:5000
0,1 0,1mm bo‘ladi. Bundan tashqari, masshtab aniqligi ѐrdmida karta masshtabi bo‘yicha kartada tasvirlash mumkin bo‘lgan joy konturi va predmetlar o‘lchamini aniqlash, joydagi ob’ektlarni o‘ziga o‘xshatib planga tushirish uchun qanday masshtabni tanlab olishni ham bilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |