Andijon davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana23.12.2022
Hajmi1.05 Mb.
#1049231
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
talim jarayonida oquvchi faoliyatini boshqarishning psixologik muammolari

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


73 
3.2.Olingan natijalarning metodik taxlili
O‘quvchilarning bilish qobiliyatlarini o‘stirishda didiatik o‘yinlarning roli 
katta. Ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda didaktik o‘yinlar alohida ahamiyat kasb 
etadi. Shuning uchun ham maktab islohotlarining asosiy yo‘nalishlarida 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga berilayotgan bilimlarni o‘quvchilarning yosh 
xususiyatlariga muvofiq o‘yin tariqasida uyushtirilishi muhim a\amiyatga ega 
ekanligini qayd etadi. 
Darhaqiqat, o‘yin va maktab yoshidagi bolalarga o‘smirlarga ta’lim-tarbiya 
berishning tardision va sinalgan metodiga kiradi. Bu metodning qimmati 
shundaki,o‘yin faoliyatidagi ta’lim beruvchi va tarbiyalanuvchi funksiyalar o‘zaro 
uzviy bog‘langan bo‘ladi.
O‘quvchilar faqat matematikadan programma materiallarini o‘zlashtiribgina 
qolmay, atrof muhitni, voqea va jarayonlarni kuzatishga, solishtirishga, fikrlashga 
o‘z xulosalarini asoslashga matematik til bilan so‘zlashishga o‘rganishlari kerak. 
O‘quvchilarda zarur bo‘lgan iqtidor va matematik malakalarning 
shakllanishini o‘yindan boshlash maqsadga muvofiqdir. Didaktik o‘yinlar darsga 
ishni indivtduallashtirish, har bir o‘quvchining kuchiga mos topshiriq berish, uning 
qobiliyatlarini maksimal o‘stirish imkoniyatini beradi. O‘yin o‘quvchilarda 
ma’suliyat, kollevivizm hissini tarbiyalaydi.
O‘qituvchi programma mazmuniga muvofiq, o‘yin jarayonini tashkil qilishda 
o‘quvchilar faoliyatlarini aniq qilib planlashtirish, ularni qo‘yilgan maqsadga 
erishishiga yo‘naltirishi, topshiriq belgilangandan so‘ng uning qoidalarini ko‘rsatib 
berishi kerak. O‘qituvchi darsga tayyorlanishi jarayonida oldindan zarur didaktik 
materiallarni tayyorlab qo‘yishi, o‘yin vaqti, uni uyushtirishni nazorat qilishi
yakunlar va baholash kabi barcha tadbirlarni belgilab olishi kerak.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari avvalo didaktik o‘yinlardan o‘zlari xabardor 
bo‘lishlari va ulardan muvafaqqiyatli foydalanish yo‘llarini bilishlari lozim. 
Biz Asaka shahriga qarashli 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga bir necha savollar bilan murojaat qilib ularning 


74 
didaktik o‘yinlardan foydalanish darajalarini o‘rganishga qaror qildik. Jami 50 ta 
o‘qituvchiga anketa savollari bilan murojaat qildik. Anketadagi savollar 
quyidagicha bo‘lgan. 
1. O‘quvchilarni bilimga qiziqtirishga didaktik o‘yinlarni ahamiyatini 
ayting? 
2. Qanday didaktik o‘yinlarni bilasiz? 
3. Qaysi sinflarda didaktik o‘yinlardan foydalanasiz? 
4.Qaysi predmetlarni o‘qitishda ko‘proq didaktik o‘yinlardan foydalanasiz? 
5. Ta’limning qaysi bosqichlarida didaktik o‘yinlardan foydalanasiz? 
6. Didaktik o‘yinlarni tanlashda o‘quvchilar yordami bo‘la oladimi? 
7. O‘yin bilan o‘qish bir-biriga bog‘liqmi? Bog‘liq bo‘lsa misollar ayting? 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling