3
KIRISH
O‘zbekistonda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash
Milliy dasturini hayotga
tadbiq qilishning uchinchi bosqichi sifat bosqichi deb e’lon qilingan. O‘quvchilar
bilish faolligini oshirish ta’lim jarayonining sifatini yaxshilashni anglatadi. Kadrlar
tayyorlash milliy dasturining bosh maqsadlaridan biri ham ana shu masaladir.
Mustaqillikning o‘tgan yillariga bir nazar solsak, Respublikamiz xalq ta’limi
sohasida juda katta ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.
Bu sohada birgina Andijon
viloyati Xalq ta’limi xodimlarining amalga oshirgan ishlari ham tahsinga
sazovordir. Bu esa maktablarda ta’lim-tarbiyaning sifati
oshganligidan dalolat
beradi. Mana bir necha yildirki, maktab o‘quvchilari
Respublikamizda qabul
qilingan Davlat ta’lim standartlari bo‘yicha ta’lim olmoqdalar. Bu me`yoriy
hujjatlarni hayotga tadbiq etish har bir o‘quvchi va o‘qituvchidan ta’lim sifati va
samaradorligini oshirishni talab etadi.
Mavzuning dolzarbligi: O‘quvchilarning
bilish faolligini oshirish
ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini oshirishni ta’minlaydi. Bu jarayon,
ayniqsa
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitishda yanada muhim ahamiyatga ega. Biz
malakaviy bitiruv ishi uchun tanlagan mavzuning dolzarbligi ham ana shu
masalalar bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: