Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi


Download 0.51 Mb.
bet3/9
Sana02.04.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1319404
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
201- MATASHUVCHILAR SINFI Raxmidinova Shaxnoza

Nougeotia. A — plastinkasimon xromato-forning umumiy ko‘rini-shi; B — xromatoforning yon tomondan ko‘rinishi; V— matashish xillari: narvonsimon (ust), yonbosh (pastda).



    1. Zignemalilar tartibi — Zygnematales

Bu tartibga oddiy ipsimon suvo‘tlar kiradi. Odatda, ular chuchuk suvlarda keng tarqalgan bo‘lib, shoxlanmagan, bir qator silindr shakldagi bir yadro-li hujayralardan iborat. Tallomi porasiz, shilimshiq jild bilan qop-langan. Shilimshiq jildi yumshoq, ko‘-pincha kladoforalar bilan birga «baqa to‘ni» «i hosil qiladi. Hujayra mar-' kazida yirik vakuola joylashgan, si­toplazma hujayra devori atrofiga yopishgan. Xromatoforalari mezotini-lilarnikiga o‘xshash uch xil.
Zignemalilar tartibining eng xa-rakterli vakillaridan biri mujotsiya (Mougeotia, A, B) dir. Hu-jayrasi silindrsimon, bitta plas­tinkasimon va bir necha pirenoidli xromatoforaga ega. Agar xromatoforaga kuchli yorug‘ yo‘naltirilsa, u bir oz vaqtdan keyin o‘z o‘qi bo‘ylab 90° ga bu-ralib, 30 min davomida saklanadi, na-tijada plastinkasimon xromatofor tayoqcha shaklida ko‘rinadi (rasm, B). Sitoplazma markazida yirik yadro joylashgan.
Zignema (Zygnema, rasm, A) ning har bir hujayra sitoplazmasida ikkitadan yirik yulduzeimon shaklda, markazida bittadan yirik pirenoidga ega bo‘lgan xromatofori joylashgan. Har bir xromatofor bir-biri bilan endo­

Zygnema. A — hujayra tuzilishi; B — matashish; V — zigotaning o‘sishi. plazmatik to‘r bilan bog‘langan bo‘lib, ular orasida aniq ko‘-rinadigan yadro va yadrochasi joylashadi.


Spirogira (Spirogyra, rasm, A) ning ipsimon tallomi och yashil rangda bo‘lib, shilimshiq jild bilan qoplangan. Iplari yirik silindrik hujayralardan tashkil topgan. Hujay-rasi kletchatkali po‘stga ega, unga protoplazma yopishgan. Si­toplazma chetida lentasimon spiral shaklda o‘ralgan bir necha pirenoidli xromatoforalari bor. Xromatoforalarning soni va aylanmasi spirogiraning turiga qarab har xil bo‘ladi. Bu belgilari uning sistematikasida katta ahamiyatga ega. Pire^ noidlar xromatoforaning o‘rta qismidagi chiziqlar bo‘ylab joylashadi. Hujayra markazida hujayra shirasiga ega bo‘l-gan yirik vokuola bor. Uning markaziy qismida yadrochali kat­ta yadro bo‘ladi, bu yadro protoplazmadan chiqqan iplarga osil-gan holda turadi. Spirogira tallomining hamma hujayralari bo‘linish qobiliyatiga ega. Hujayraning bo‘linishi hisobiga ipi cho‘ziladi.




Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling