Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va botanika kafedrasi


Download 0.51 Mb.
bet6/9
Sana02.04.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1319404
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
201- MATASHUVCHILAR SINFI Raxmidinova Shaxnoza

Staurastrum. hujayra Hujayrada ikkitadan pirenoidli ning ust (A) va yon (B) tomondan plastinkasimon xromatofori joilashgan.



Staurastrum (Staurastrum, rasm. A, B) ning hujayrasi xilma-xil shaklda, po‘sti esa naqshsimon bo‘rtmalar bilan krplangan. Bu bo‘rtmalar ust tomondan uch-besh burchakli, xro­matofori hujayra shakliga o‘xshash, uning markazida bitta pirenoid joylashgan.
Mikrasterias (Micrasterias) ning hujayrasi yassi, juda chuqur «belbog‘» bilan kesilgan. Har qaysi yarim hujayra ikki­tadan yonbosh va bittadan markaziy parr'aklardan iborat. yon-bosh parraklar chuqur va o‘ymali (rasm).
Euastrum (Euastrum) ning hujayrasi cho‘ziqroq, botiq joy­lashgan «belbog‘i» hujayraniig yarim parraklari keng qayril-gan bo‘lib, undan bir necha uymali parrakchalar hosil bo‘ladi (rasm).
Desmidiumlilar vakillari vegetativ va jinsiy yo‘llar bilan ko‘payadi. Vegetativ ko‘payishi hujayraning «belbog‘» qismidav ko‘ndalang bo‘linishi bilan sodir bo‘ladi. yosh indi-vidlar ona hujayradan yarimtadan hujayra oladi, ularning yetilmagan tomoni o‘sib, o‘z simmetriyasini tiklaydi (rasm, Bs G).
Jinsiy ko‘payishi kon’yugatsiya yo‘li bilan boradi. Kon’yu­gatsiya vaqtida ikkita hujayra bir-biriga yaqinlashib, shilimshiq bilan o‘raladi. Klosteriumda kopulyatsion kanal hosil bo‘ladi va uning ichida kopulyatsiya qiladigan hujayraning protoplasti qo‘shiladi (rasm, G). Desmidiumlilar tar­tibining ba’zi vakillarida kopulyatsiya qiladigan hujayraning yarmi ajralib ketadi. Ularning protoplasti qo‘shilib, zigota hosil qiladi. Boshqa turlarida, masalan, Closterium lineatum da kopulyatsiya qiladigan hujayraning protoplasti bo‘linib, ikkitadan gametalar hosil bo‘ladi. Bu gametalarning bir-biri bilan qo‘shilishidan «ikkilamchi» zigota taraqqiy etadi.

Des­midium swartzii. A — ipi; B — hujayrashshg ust tomonidan ko‘ri-nishi; V — mata­shish. Desmidium cylindricum. A — ipi; B—hujayraning ust tomonidan ko‘rinishi.
Hujayrasi ipsimon desmi-diumlilarning vakillariga desmidium (Desmidium) va gioloteka (Hyalotheca) misol bo‘la oladi. Ularning hujay-rasi bo‘linganidan keyin, aj-ralib ketmasdan, bir-biri bi­lan qo‘shiladi. Hujayrasi ik­kita simmetriyadan iborat bo‘-lib, shilimshiq jild bilan o‘raladi. Desmidium turlari har xil shaklda tuzilgan. Masalan, D. cylindricum ning hujayrasi mikroskopda ust qismidan qaralsa, u oval shaklda ko‘rinadi. Respublikamizning turli suv havzalarida tarqalgan D. swar-tzii ning ipi to‘q yashil rangda bo‘lib, uchburchak shaklda ko‘rinadi. Gialotika (Hyalotheca) ning ipi silindrsimon shaklda bo‘lib, ust tomonidan qaralganda, yumaloq shaklda ko‘rinadi. Ipi qalin jild bilan o‘ralgan. Ularning jinsiy ko‘payishi kon’yugatsiya. Ko‘pchilik vakillarida kopulyatsion ip ko‘payishdan oldin alohida hujayralarga bo‘linadi, B). Faqat D. swartzii turida kopulyatsiya vaqtida kanal hosil bo‘ladi.
Desmidiumlilar tartibining vakillari tarkibida temir tuzlari ko‘p, ammo kalsiy tuzi kam bo‘lgan suvlarda tarqal-gan. Ayniqsa, balchiqlarda ko‘proq uchraydi.
Matashuvchisimonlar sinfining ko‘zga tashlangan eng xarak-terli belgilaridan biri, xivchinli stadiyalarning yo‘qligi va jinsiy ko‘payishning o‘ziga xos shaklda kechishidadir. Ana shu belgilarga asoslanib eski adabiyotlarda matashuvchil'ar diatom suvo‘tlarga qo‘shib Zygophyta deb nomlangan. Keyingi yillarda, xivchinli stadiyalarning yo‘qligi boshqa yashil suvo‘t-larda ham aniqlangan. Bundan tashqari, kon’yugatsiya vaqtida protoplastida harakatchan vakuolalarning paydo bo‘lishi, as­similyatsiya mahsuloti — kraxmal yashil suvo‘tlarga xos belgi ekanligini e’tiborga olib, matashuvchisimonlarni yashil suv-o‘tlar bo‘limiga qo‘shib o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
Matashuvchisimonlar sinfining eng sodda tuzilganlari me-zotiniumlilar tartibi bo‘lib, zigotaning o‘sishidan to‘rtta hayotchan gaploid yadro yetishadi. Ularning o‘sishidan to‘rtta in­divid taraqqiy etadi.
Evolyutsiya jarayonida mezotiniumlilardan desmidiumli­lar va zignemalilar kelib chiqqan. Qeyinchalik desmidiumli-larning hujayrasi murakkablashib borgan, zignemalilarning hujayrasi esa ipsimon bo‘lib, oddiy tuzilishda saqlangan. Har ikkala tartib vakillarida jinsiy jarayon natijasida hosil bo‘ladigan zigotaning diploid xromosomali yadrosi re-duksion bo‘linganidan keyin, desmidiumlilarda ikkita, zigne-malilarda esa bitta yadro hayotchanligini saqlab qolgan.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling