Andijon davlat univyersiteti


 Havoning fizik va boshqa ayrim xossalarining ekologik ahamiyati


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/114
Sana13.10.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1701349
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   114
Bog'liq
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA

6.5. Havoning fizik va boshqa ayrim xossalarining ekologik ahamiyati 
Avvalo atmosferadagi elektr razryadlari haqida eslatib o’tishga to’g’ri keladi. 
Momaqaldiroq vaqtida elektr razryadlari havo azotining biologik doiraga 
qo’shilishiga imkon beradi. Elektr o’simliklarga ma’lum darajada bevosita ta’sir 
ko’rsatadi, lekin bu masala hali yetarlicha o’rganilmagan. Havoning zichligi va 
barometr bosimi eng avvalo iqlim omillarining o’zgarishini belgilaydi va shu bilan 
o’simliklarga va o’simliklar to’plamiga ta’sir ko’rsatadi. Atmosferadagi suv 
bug’lari havoning tiniqligini pasaytirish va shu bilan yorug’likning hamda azotning 
sifatini o’zgartirish xususiyatiga ega. Havo tarkibida bo’ladigan chang ham 
ma’lum darajada ahamiyatga ega. Shaharlar va sanoat hududlari havosida chang 
ayniqsa ko’p bo’ladi. Dasht mintaqalarida ko’pincha chang bo’ronlari, ya’ni “qora” 
bo’ronlar bo’lib turadi, bunda havo quruq vaqtda shamol haydalma qatlamning 
ko’p qismini uchirib ketadigan darajada kuchli esadi. Qo’pincha janubiy-sharqiy 
xududlarda ko’tariladigan chang to’zon o’simliklarga ayniqsa halokatli ta’sir 
ko’rsatadi. Bunda chamasi, yuqori temperaturada havo haddan tashqari qurib 
ketishiga imkon beradigan juda mayda soz tuproq changi ishtirok etadi, bu esa 
ko’pincha o’simliklar bilan ekinlarni nobud qiladi. 


118 
Nihoyat, shamol va havoning harakatini ko’rib chiqamiz. Shamol 
ekologik jihatdan juda katta ahamiyatga ega. Shunga ko’ra bu haqda batafsil 
to’xtalib o’tamiz. O’simliklarga shamolning bevosita ta’siri transpiratsiyaning 
kuchayishiga, o’simliklar turli darajada mexanik zararlanishiga yoki shox-
shabbasining shakli o’zgarishiga olib keladi. Bundan tashqari, shamol gullar 
changi, urug’i, meva va boshqalarning ko’chib yurishiga imkon beradi Shamolning 
bilvosita ta’siri ko’proq kuzatiladi; bunda havoning issiq va sovuq massalari, bulut, 
tumanning ko’chib yurishi o’z navbatida mazkur xududning suv, issiqlik va 
yorug’lik rejimini o’zgartiradi, temperatura o’zgarishiga sabab bo’ladi va hokazo. 
Shamolning tezligi, odatda, anemometr bilan o’lchanadi; tezlik esa vaqt sayin 
o’zgarib turadi. Shamol tezligining yig’indi qiymati ma’lum bir davr uchun 
ma’lum darajadagi inshakltsiya (axborot) berishi mumkin. Joyning relьefi, shakli 
va o’simliklar to’plami, joyning dengiz va okean qirg’og’iga nisbatan holatiga 
qarab shamolning tezligi ortib boradi. Daraxt shox-shabbasi orasidagi shamolning 
tezligi shamol esadigan tomonda hamma vaqt maksimal darajada, shamolga teskari 
tomonda doim past bo’ladi. Tuproq yuzasida esa u hatto o’t qoplami past bo’lgan 
holda ham ancha pasayib ketadi. O’rmonda (ayniqsa u turli balandlikdagi 
daraxtlardan iborat bo’lsa) shamolning tezligi 80% gacha pasayishi mumkin. 
Modomiki, o’t qoplami yer yuzasidagi shamolning tezligini keskin. pasaytirar 
ekan, bu bilan shamol eroziyasining oldini oladi va shamol uchirib ketishi mumkin 
bo’lgan tuproh zarrachalarini saqlab qoladi. Qirg’oqlardagi qumlarda va cho’llarda 
o’simliklar qoplami dona va barxanlar hosil bo’lishining oldini oladi. Ihota 
daraxtzorlar barpo etish xuddi ana shularga asoslangan. Ihota daraxtzorlar barpo 
etish bilan transpiratsiya va bug’lanishni kamaytirishga yerishnsh mumkin, shunga 
ko’ra, tuproq namidan to’liq foydalanish, qishloq xo’jalik o’simliklarini 
shamolning bevosita ta’siridan, tuproqni uchirib ketishdan va eroziyadan muhofaza 
qilish mumkin bo’ladi. Barpo etilgan ihota o’rmonzorlar esa joylarda 40% gacha 
issiqlikni saqlab qolish, bundan tashqari, qor to’plash va uni bir tekis hamda to’g’ri 
taqsimlash imkonini beradi. Lekin ihota maqsadida o’tkazilgan daraxtlarning 
bo’yicha nisbatan ikki barobardan ham ortiq namoyon bo’ladigan ildiz 


119 
konkurentsiyasini hisobga olish kerak bo’ladi. Daraxtlarning butalar bilan aralash 
ekilgan uzun qatorlarining maksimum darajadagi samaradorligi uncha yuqori 
bo’lmaydi. 
Shamolning o’simliklarga ko’rsatadigan ta’sir kuchi juda katta bo’ladi, ular 
quyidagilarda ifodalanadi. 
Qurish. Shamol bo’lmagan vaqtda bug’latish suv bug’larining barg 
og’izchalaridan oddiy diffuziya yo’li bilan ajralishidan iborat bo’ladi. Lekin havo 
harakatga kelsa, u vaqtda konvektsiya tufayli bu jarayon ancha kuchayadi. Garchi 
havoning to’yinish defitsiti nolga teng bo’lganda ham, ya’ni havo juda nam 
bo’lganda ham shamol bug’lanishni kuchaytiradi. Lekin bunda bug’lanish 
intensivligi shamolning tezligiga proportsional ravishda ortib bormaydi. SHamol 
barglar yuzasida to’planadigan nam havoni uchirib yuborish bilan transpiratsiya 
jarayonini kuchaytiradi, shunga ko’ra, mayda barglarda bu jarayon ayniqsa yaxshi 
boradi. Bundan tashqari, shamolda barglar buraladi, egiladi, ana Shunda 
hujayralararo bo’shliqlar siqilib, natijada og’izchalar orqali suv bug’lari ajralishi 
kuchayadi. Kutikula qoplami barglarni qurib qolishdan ancha yaxshi muhofaza 
qiladi. Kuchli shamol vaqtida barg og’izchalari yopilib oladi va faqat kutikula 
orqali transpiratsiya davom etadi. SHamol sovuq vaqtda, ya’ni tuproq ham sovuq 
bo’lgan vaqtda o’simliklarni ayniqsa kuchli quritib qo’yadi. Havo issiq vaqtda 
tuproqda foydali nam kam bo’lganda esadigan issiq quruq shamol garmsel ham 
o’simliklarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bu holda trakspiratsiya keskin ravishda 
kuchayadi, lekin o’simliklar ildizi kerakli miqdordagi suvni yetkazib bera olmaydi, 
natijada ular so’lib qoladi. 
Dasht xududiniig janubi-sharqiy qismida garmsel tez-tez esib turadi. Agar 
boshoqdosh g’alla ekinlari gullashining oxirida va doni yetila boshlashi davrida 
(sut pishiqlik davrida) garmsel shamol essa, boshoqlar sust rivojlanadi, doni siyrak 
va puch bo’lib qoladi. Bunday hodisa havo quruq kelgan vaqtlarda hatto suv bilan 
yaxshi ta’minlangan, masalan, sholida ham ro’y berishi mumkin. Bu holda 
transpiratsiya suvning o’tkazuvchi tizim bo’ylab oqishini haddan tashqari 
tezlashtirib yuboradi. Baland bo’yli o’simliklar shamolning quritadigan darajadagi 


120 
ta’siridan ayniqsa kuchli zararlanadi, shunga ko’ra, yaxshi sharoitda baland bo’lib 
o’sadigan o’simliklar shamolning ta’sirida past bo’yli bo’lib o’sadi. Baland 
tog’larda o’sadigan yostiqsimon o’simliklar kuchli esadigan shamollarga yaxshi 
moslashgan bo’ladi. Ba’zan shamol yostiqsimon bo’lmagan o’simliklarda ham 
yostiqchalar hosil bo’lishiga olib keladi. Bunday holda novdalarning uchki qismi 
qurib qoladi, yon tomondan ko’plab qo’shimcha novdalar o’sib chiqadi, shox-
shabba qalinlashadi. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling